Reja: Konstruksion materiallar fanining asosiy maqsad va vazifalari


Legirlovchi elementlarning po‘lat xossasi va strukturasiga ta’siri


Download 3.73 Mb.
bet4/47
Sana20.10.2023
Hajmi3.73 Mb.
#1711714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Ma\'ruza

Legirlovchi elementlarning po‘lat xossasi va strukturasiga ta’siri
Ma’lumki xalq xo‘jaligining turli sanoat tarmoqlarida boshqa po‘lat navlari qatori legirlangan po‘latlarni ishlatishga bo‘lgan talab yildan-yilga oshib bormoqda. Shuning uchun odatdagi po‘latlar tarkibiga maxsus qo‘shimchalar – legirlovchi elementlar qo‘shish orqali maxsus xususiyatga ega bo‘lgan po‘latlarni hosil qilish maqsadga muvofiqdir. Fe – Fe2C diagrammasidan legirlovchi elementlarning ta’siriga ko‘ra ular ikki guruxga bo‘linadi, ya’ni: 1) pasaytiruvchi A3 va ko‘taruvchi A4, ya’ni stabilizatsiyalanuvchi austenit; 2) pasaytiruvchi A4, ko‘taruvchi A3, ya’ni stabilizatsiyalanuvchi ferrit.
Birinchi guruh Ni, Mn, Su, S, N va boshqalar, ikkinchisiga esa Sr, W, Mo, V, Si, Al, Ti, NB va boshqalar kiradi. Tabiiyki, ko‘pgina hollarda ferrit aa austenitni stabillizatsiyalash sifatida metallar ishlatiladi.
Ba’zi legirlovchi elementlarning po‘lat xossalariga ko‘rsatadigan ta’sirini qisqacha ko‘rib o‘tamiz.
Xrom - po‘latlarning qattiqligini va mustahkamligini oshiradi, qovushoqligi saqlanadi, korroziyaga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini oshiradi, ammo plastikligini bir oz pasaytiradi.
Nikel - po‘latlarning mustahkamligini, zarbiy qovushoqligini, korroziyabardoshligini, toblanish chuqurligini oshiradi, issiqlikdan kengayish koeffisientining o‘zgarishiga olib keladi. Nikelli po‘lat zich bo‘ladi, chunki nikel yaxshi qaytariluvchi metalldir.
Vol‘fram qo‘shilgan po‘lat juda qattiq bo‘ladi, chunki u uglerod bilan birikib, juda qattiq kimyoviy birikma – vol‘fram-karbid hosil qiladi. Vol‘framli po‘lat qizarguncha qizdirilganda ham o‘z qattiqligiii saqlab qoladi. Vol‘framli po‘lat toblangandan keyin bo‘shatilganda mo‘rtlashmaydi.
Vanadiy - po‘latlarning zichligini oshiradi, donalarini maydalab, qattiqligini va mustahkamligini oshiradi.
Kobal‘t - po‘latlarning zarbiy qovushoqligini, issiqqa bardoshliligini va magnit xossalarini oshiradi.

Download 3.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling