Reja Korxona moliyaviy strategiyasining mohiyati va amalga oshirish bosqichlari


Moliyaviy strategiya korxonalarning moliyaviy resurslarini kelgusida samarali joylashtirish orqali yuqori foyda olishga qaratilgan bo‘ladi


Download 217 Kb.
bet2/6
Sana07.10.2023
Hajmi217 Kb.
#1695116
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5 -mavzu. Korxonalarda moliyaviy rejalashtirish

Moliyaviy strategiya korxonalarning moliyaviy resurslarini kelgusida samarali joylashtirish orqali yuqori foyda olishga qaratilgan bo‘ladi.
Shunday ekan moliyaviy strategiyani amalga oshirish uchun quyidagilar sabab bo’ladi :

  1. O‘zgaruvchan tashqi muhitning intensivligi (jadalligi).

  2. Korxona faoliyati hayotiylik siklining keyingi bosqichiga o‘tish.

  3. Yangi istiqbollar

Yukorida yani utgan darsimizda aytanimizdek jamiyat miqyosida rejalashtirish - bu boshqarishning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u iqtisodiy tizimning kelgusi holatini, unga erishish yo‘llari, usullari va vositalarini belgilab beruvchi rejalarini ishlab chiqish va amalda qo‘llashdan iboratdir »2.


«Moliyaviy rejalashtirishesa muayyan muddat uchun moliyaviy resurslarning harakati va tegishli moliyaviy munosabatlarning harakatini asoslashdan iborat bo‘lgan jarayondir »3. Shunday ekan moliyaviy rejalashtirish iqtisodiyot sohalarida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini rejalashtirishning assosiy va uzviy qismi hisoblanadi.
Moliyaviy rejalashtirish quyidagi tarzda amalga oshiriladi.
Avval xo‘jalik sub’ektining rivojlanish istiqbollari tahlil etilib, mavjud rivojlanish yo‘nalishini o‘zgartirishga qodir ta’moyillar belgilanadi. So‘ngra xo‘jalik sub’ektining raqobatbardoshligi tahlil etiladi, turli faoliyat sohalaridagi taraqqiyot istiqbollari taqqoslab chiqilib, moliyaviy resurslarni taqsimlashning ustuvor yo‘nalishlari belgilanadi.
Moliyaviy rejalashtirish – bu kelgusi davrda korxona rivojining yetarli moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishi va uning moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha moliyaviy rejalar va rejali (normativ) ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish jarayonidir.


Moliyaviy rejalashtirish - bu korxona taraqqiyotini ta’minlash uchun barcha daromadlarni va pul mablag‘lari sarfi yo‘nalishini rejalashtirishdir shuningdek korxona, uning bo‘linmalari yoki alohida loyiha doirasida moliyaviy resurslar hajmi va ularni taqsimlash o‘rtasida balansliligini ta’minlash hamda korxona miqiyosida moliyaviy resurslar miqdori va uni taqsimlanishi orasidagi muvozanatni ta’minlash jarayonidir.


Moliyaviy rejalashtirishdan maqsad - moliyaviy ko‘rastkichlar miqdorlarini prognozlash asosida moliyaviy resurslar, kapital va zaxiralarning kutiladigan xajmlarini aniqlashdan iboratdir.
Balans metodi – korxonada ko‘proq qo‘llaniladigan metoddir. Bu metod mohiyatan turli balanslar tuzishlishi va ularning balans chiqishiga erishishni o‘z ichiga oladi. Masalan: daromad va xarajatlar balansi, bug‘alteriya balansi, kassa balansi, ishchi kuchi va ish haqi balansi va boshqalar.
Normativ metod korxonaning resurslaridan foydalanish me’yor va me’yoriy ko‘rsatkichlarining butun tizimini rejalashtirishni o‘z ichiga oladi (xom-ashyo va materiallar xarajati normalari; ishlab chiqish va xizmat ko‘rsatish normasi; mashina va uskunalarni foydalanish normativlari; ishlab chiqarish sikli davomiyligi, tovar moddiy qiymatliklar normalari. Agarda korxonada keng va samarali me’yoriy baza bo‘lsa bu metoddan foydalanish mumkin

Download 217 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling