Reja Korxona moliyaviy strategiyasining mohiyati va amalga oshirish bosqichlari


Ishlab chiqarish-iqtisodiy omillar bo‘yicha moliyaviy rejalashtirish


Download 217 Kb.
bet3/6
Sana07.10.2023
Hajmi217 Kb.
#1695116
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5 -mavzu. Korxonalarda moliyaviy rejalashtirish

Ishlab chiqarish-iqtisodiy omillar bo‘yicha moliyaviy rejalashtirish ishlab chiqarish va moliyaviy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar ta’sirini hisoblaydi. Hisob bazaviy ko‘rsatkichlardan aniqlanadi: realizatsiyadan tushum, mahsulot tannarxi. Rejalashtirish yili bu ko‘rsatkichlar qo‘yilgan rejali yechimlarga muvofiq o‘zgarishi mumkin: realizatsiya hajmining o‘sishi yoki kamayishi; mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining pasayishi yoki ko‘payishi; yangi ko‘rinishdagi mahsulot yoki xizmatlarning o‘zlashtirilishi; ishlab chiqarish bahosi va rentabelligi o‘zgarishi; inflyatsiyaning ta’siri. Bu o‘zgarishlarning hisobi rejalashtirishning yetarlicha aniq prognoz tavsifini beradi.
Moliyaviy rejalashtirish tizimi 3 xil bo’ladi
1.Isteqboli rejalashtirish
2.Joriy rejalashtirish
3.Operativ rejalashtirish
Moliyaviy rejalashtirish tizimi va uning natijalaridan korxonada foydalanish shakllari

Foydani rivojlantirish tizimi

Moliyaviy rejalashtirish natijalarini amaliyotga joriy qilish shakllari

Rejalashtirish davri

1. Moliyaviy faoliyatni prognozlash tirish

Moliyaviy faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy moliyaviy strategiya va moliyaviy siyosatni ishlab chiqish

3 yilgacha

2. Moliyaviy faoliyatni joriy rejalashtirish

Moliyaviy faoliyatning alohida jihatlari bo‘yicha joriy moliyaviy rejalashtirishni ishlab chiqish

1 yil

3. Moliyaviy faoliyatni tezkor rejalashtirish



Moliyaviy faoliyatning barcha asosiy masalalari bo‘yicha to‘lov kalendari, byudjetlarning ijrosi va boshqa shakldagi tezkor reja vazifalarini ishlab chiqish

chorak,
oylar

Moliyaviy rejalashtirishning barcha tizimi o‘zaro aloqada bo‘lib, ulardan aniq ketma ketlikda foydalaniladi.
Rejalashtirishning boshlang‘ich (dastlabki) prognozlashtirishning asosiy yo‘nalishlarini, moliyaviy faoliyatning maqsadli parametrlarini, sub’ektni umumiy moliyaviy faoliyatining strategiyasini ishlab chiqish, joriy moliyaviy rejalashtirish parametrlari va belgilangan vazifalari orqali amalga oshirishdan iborat. O‘z navbatida joriy moliyaviy rejalashtirishning asoslarini sub’ekt moliyaviy faoliyatining barcha jihatlari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri tezkor ijro etuvchi byudjetlarni ishlab chiqish va ularga yetkazish lozim.
1. Moliyaviy faoliyatning prognozlashtirish tizimi moliyaviy rejalashtirish tizimida ko‘riladigan sohaning muhim va murakkab tarkibi hisoblanadi va yuqori darajadagi ijroni talab qiladi.
Sub’ektlarda moliyaviy rejalashtirish aniq moliyaviy yo‘nalish (g‘oya) asosida shakllantiriladi.
Sub’ektlarning moliyaviy yo‘nalishi (g‘oyasi) alohida korxonaning moliyaviy faoliyatini amalga oshirishda tashkil qiluvchi tamoyillar tizimini tasvirlaydi, ular ta’sischi va menejerlarning moliyaviy mintaleteti va «missiyasini» aniq tavsiflaydi.
Sub’ektlarning moliyaviy yo‘nalishi (g‘oyasi) bevosita tadbirkorlik moliyaviy faoliyatini prognozlash va shu asosida korxona moliyaviy strategiyasini ishlab chiqishga yo‘naltiriladi.
Sub’ektning moliyaviy strategiyasi o‘zida moliyaviy faoliyatining uzoq muddatli maqsadlari tizimini, uning moliyaviy g‘oyasini aniqlash va samarali natijalarga erishish yo‘llarini aks ettiradi(9-chizmaga qarang).
2. Moliyaviy faoliyatni joriy rivojlantirish tizimi ishlab chiqilgan strategiya va moliyaviy faoliyatning alohida jihatlari bo‘yicha moliyaviy siyosat negizida amalga oshiriladi. Bu rejalashtirish tizimining vazifasi joriy moliyaviy rejaning aniq shakllarini ishlab chiqishdan, korxona rivojlanishi oldida turgan barcha moliyalashtirish manbalarini aniqlash, daromadlar va xarajatlar tarkibini shakllantirish, korxonaning doimiy to‘lovga qobilligini ta’minlash, rejalashtirilgan davr yakuni, uning aktivlari va kapitallari tarkibini oldindan aniqlashdan iborat.
Moliyaviy faoliyatning joriy rejasi joriy moliya yili choraklari bo‘yicha ishlab chiqiladi.
Sub’ektning joriy moliyaviy rejasini ishlab chiqish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • sub’ekt moliyaviy strategiyasi va moliyaviy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha oldida turgan davrda maqsadli strategik me’yorlarni ishlab chiqish;

  • sub’ekt moliviy faoliyatining alohida jihatlari bo‘yicha moliyaviy siyosatni ishlab chiqish;

  • rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish va mahsulot sotish hajmi va korxona operatsion faoliyatining boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlari;


  • Download 217 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling