3. Moliyaviy faoliyatni tezkor rejalashtirish tizimi xo‘jalik faoliyatini moliyaviy ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha qisqa muddatli reja vazifalarini kompleks ishlab chiqishdan iborat. Bunday moliya-reja vazifalarining asosiy shakli byudjet hisoblanadi.
Byudjet o‘z-o‘zidan qisqa muddatli davrda tezkor moliyaviy rejani, bir yilgacha bo‘lgan davrda (qoida bo‘yicha, chorak yoki oylik davr doirasida), xo‘jalik faoliyatining aniq shakllarining harakati jarayonida moliyaviy mablag‘larning tushumini va xarajatlarini aks ettiradi.
Byudjet bu muayyan byudjet davri uchun tuzilgan moliyaviy va miqdor ko‘rsatkichlarini o‘zaro aloqadorlikda korxona faoliyatini qamrab oluvchi muvofiqlashtirilgan moliyaviy rejadir.
“Byudjet” so‘zi qadimgi normand tilidan olingan bo‘lib, “bougette” xalta, karmon, charm qop, pul to‘la qop degan ma’nolarni anglatadi
“Byudjet – kelgusidagi iqtisodiy operatsiyalar, xo‘jalik faoliyati va natijalarni moliyaviy va nomoliyaviy ko‘rsatkichlar ifodasida bashorat qiluvchi harakatlar rejasi bo’lib, – korxonaning yahlit yoki alohida bo‘limlari faoliyatini miqdoriy eks etgan rejasi hisoblanadi.
Qisqacha qilib aytganda, byudjet – bu rejalashtirilgan faoliyatni amalga oshirishdan oldin tuziladigan moliyaviy hujjat hisoblanadi”
Demak Korxonalavrda byudjetni amalga oshirish byudjetlashtirish hisoblanib – korxonaning biron bir davrga mo‘ljallangan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini rejalashtirishdan iborat bo’ladi
«Byudjet» atamasi keng ma’noda, davlat miqyosida iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, yalpi ichki mahsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida hukumat ixtiyorida markazlashgan pul fondlarining, korxonalar ixtiyorida esa markazlashmagan pul fondlarining shakllanishi va ulardan oqilona foydalanishrni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |