Reja: Korxonada mexnat unumdorligi


Ishlab chiqarish samaradorligi


Download 22.57 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi22.57 Kb.
#1560240
1   2   3
Bog'liq
soxa iqtisodiyoti F

Ishlab chiqarish samaradorligi — korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega boʻlgan resurslarni qoʻllagan holda eng yuqori ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab boʻlgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini koʻrsatadi. Miqdoriy jihatdan ishlab chiqarish samaradorligini mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilingan mehnat miqdori bilan oʻlchash mumkin, lekin mehnat sarfini aniq oʻlchash ancha qiyin. Shu sababli, ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi; ishlab chiqarish vositalaridan va kapitaldan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichlari bilan aniqlanadi. Korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligining umumlashgan koʻrsatkichi tovar ishlab chiqarish surʼatlarining oʻsishi hisoblanadi, undan tashqari puldagi harajatlar birligiga toʻgʻri keladigan mahsulot hajmi, balans foydaning asosiy va aylanma fondlar yigindisiga nisbati, toʻla tannarx koʻrsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Mehnat unumdorligining oʻsishi surʼatlari, mehnatni tejash va mahsulot hajmi oʻsishida mehnat unumdorligi hissasi kabi koʻrsatkichlardan ham foydalaniladi. Ishlab chiqarish samaradorligi texnik samaradorlik (ishlab chiqarish hajmi), iqtisodiy samaradorlik (mehnat unumdorligi, mehnat resurslari, asosiy fondlar, aylanma resurslar), ijtimoiy samaradorlik (moddiy resurslar, foyda) hisobiga shakllanadi.
Ishlab chiqarish samaradorligini hisoblashdan maqsad samaradorlikka nimalar hisobiga erishilganini aniqlash va yana qanday omillar evaziga uni oshirish mumkinligini belgilashdan iborat.
Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. U xo’jalik yuritishning sifat va miqdor ko’rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi.
Bozor sharoitlarida “samaradorlik” tushunchasi, garchi, daromad olish, xarajatlarni kamaytirish, mehnat samaradorligining o’sishi, fond qaytimi, rentabellik va hokazolar samaradorlik tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyoti talablariga zid kelmasada, baho, foyda, daromad, xarajat kabi tushunchalarga qaraganda kam qo’llanilmoqda. Samarali ishlash degani o’z mohiyatiga ko’ra, mo’ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo’qotishlarni kamaytirish, ishlab chiqarish quvvatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq foydalanish, mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilashni anglatadi.
“Samara”, “samaradorlik”, “ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik” kabi tushunchalarning orasidagi farqni anglab olish zarur.
Samara – bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat), foyda va daromad hajmini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishni kamaytirish yoki umuman, yo’q qilish bilan bog’liq bo’lgan korxona faoliyatining ijobiy natijalaridir. Bu yutuqlar natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida esa iqtisodiy samarani tavsiflaydi.
Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi tushunchadir. U “samara” toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab va kompleks tavsifga ega.
Samaradorlik chora sifatida ko’plab texnik, iqtisodiy, loyiha va xo’jalik qarorlarini avvaldan belgilab beradi. Korxona o’zining xo’jalik, ilmiy-texnik va investision siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi.

Download 22.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling