Reja: Kredit-modul tizimining imkoniyatlari va muammolari


Talaba tanlovi va shaxsiy o‘quv trayektoriyasi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana20.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1215237
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu. Kredit modul tizimiga kirish. Ta’lim elementlarini o‘zlashtirish natijalarini baholash.

Talaba tanlovi va shaxsiy o‘quv trayektoriyasi. 
Kredit-modul tizimida talaba tanlovi uchun ko„plab omillar taqdim etiladi
masalan: 
ta‟lim yo„nalishi tarmog„ini tanlash; 
fanlar katalogidan tanlov fanini tanlash; 
fan mashg„uloti o„qituvchisini tanlash; 
dars kunini tanlash; 
dars soatini tanlash; 
o„quv auditoriyasini (o„quv binosini) tanlash va h.k. 
Talabaning bakalavriat ta‟lim yo„nalishi tarmog„ini tanlashini 2-bosqich 
nihoyasida amalga oshirish tavsiya qilinadi. Chunki, bir yo„nalishdagi talabalar 1-2 
bosqich fanlarini bir xilda o„qishadi. 3-bosqichda ixtisoslik fanlari boshlanishi 
munosabati bilan talabaga yo„nalish tarmog„ini tanlash imkoniyati taqdim etiladi. 
Bunda talabaga yo„nalish tarmog„i haqida, kadrlar iste‟molchilari, yo„nalish 
tarmog„ida dars olib boruvchi professor-o„qituvchilar, olib boriladigan fanlar va 
mashg„ulot turlari, bitiruvchilarning mavjud ish o„rinlari va shu kabi ma‟lumotlar 
taqdim etilishi zarur.
Talabalarning 
tanloviga 
qarab 
mutaxassislik 
kafedralarining 
professor-
o„qituvchilari kontingenti o„zgarib turadi. Keskin o„zgarishlarning oldini olish 
uchun muayyan kafedra professor-o„qituvchilarining malakasini oshirish, ularni 
kasbiy qayta tayyorlash markazlarida ko„p tarmoqlarda dars beradigan qilib 
tayyorlash, o„quv adabiyotlarini yaratishni, bakalavriat ta‟lim yo„nalishiga mos 
doktorantura yo„nalishlarida ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlashni yo„lga 
qo„yish lozim. 
Fanlar katalogidan tanlov fanlarini tanlashni tashkil qilishda fanning o„quv 
dasturlari va sillabuslarini, dars mashg„ulotlarini olib boradigan professor-
o„qituvchilarni oldindan tayyorlab qo„yish maqsadga muvofiq. Tanlov talabaning 
ehtiyojiga qarab tashkil etiladi. Buning natijasida qaysidir fan bo„yicha guruh 
shakllanmasdan qolishi yoki guruh kontingenti rejadagidan oshib ketishi mumkin. 
Bunday holda dekanat va kafedralar ushbu fan yuklamalariga professor-
o„qituvchilarni ishga qabul qilishi lozim bo„ladi. 
Shu o„rinda tanlov fanlarining turlari haqida to„xtalib o„tish joiz. Tanlov 
fanlarining quyidagi turlarini ajratib ko„rsatish mumkin: 


til bo„yicha tanlov fanlari (masalan, o„zbek yoki rus tili fanlari; bu fanlar 
talabalarning o„qish tilidan kelib chiqib tanlanadi); 
yo„nalish ixtisosligining tarmoq fanlari (bu fanlar ikkinchi bosqich yakunida 
taqdim qilinadi va talabaning (qavs ichidagi) qaysi tarmoqni tanlaganiga qarab 
yo„nalish tarmog„iga oid barcha fanlar qabul qilinadi); 
kreditlar teng taqsimlangan modullar (bunda barcha fanlarga bir xil kredit 
belgilangan bo„ladi va talaba ulardan bittasini tanlaydi); 
kreditlar notekis taqsimlangan modullar (masalan, 8-semestrda talaba 16 kreditlik 
malakaviy amaliyotni va 14 kreditlik bitiruv malaka ishini bajaradi yoki umumiy 
hajmi 30 kreditga teng bo„lgan bir nechta ixtisoslik fanlarini o„zlashtiradi); 
talaba taklifi bo„yicha tanlov fani (talaba yo„nalishga tegishli, lekin fanlar 
katalogida ko„zda tutilmagan fanni o„qishni taklif qilishi mumkin; bu tanlov 
bo„yicha o„quv jarayonini amalga oshirish uchun guruhda yetarli kontingent 
shakllangan bo„lishi zarur). 
Fan mashg„uloti o„qituvchisini tanlash semestrning birinchi haftasida, 
o„qituvchining darsiga tashrif buyurish orqali amalga oshiriladi. Bunda fan 
o„qituvchisi talabalarga fanni o„qitish usullarini, o„zining dunyoqarashi va 
qadriyatlarini namoyon qilishi zarur. Bunda nosog„lom muhitning oldini olish 
zarur (masalan, tanlovga ushbu sohani yaxshi bilmaydigan, bu fanni o„qimagan 
boshqa soha mutaxassisi nomzodini qo„yish, iqtidorli o„qituvchiga salbiy ta‟sir 
o„tkazish, talabalarni ochiq tanlovga targ„ib qilish va h.k.). Bu jarayonlar 
talabalarni raqamli shaxsiy kabinetlariga amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. 
Tanlov muhiti sog„lom bo„lishi uchun oldingi semestr yakunida professor-
o„qituvchilarning qanday dars o„tganligi haqida talabalar orasida so„rov 
o„tkazilgan bo„lishi zarur. Bu tadbir pedagoglarning o„z ustida ishlashlariga, 
pedagogik mahoratlarini muntazam oshirib borishlariga turtki bo„ladi. 
Ushbu tanlov natijasiga ko„ra ayrim pedagoglarning o„quv yuklamalari (va 
shtatlari) o„zgaradi. Shuning uchun, bu jarayon talabalarning bilim olishga bo„lgan 
ongli xatti-harakatlari orqali amalga oshirilishi lozim. Aks holda, avvalgi yillar 
tajribalari ko„rsatganidek, ayrim talabalar qattiq qo„l o„qituvchilarni emas, talabaga 
"qayishadigan" bo„sh o„qituvchilarni tanlashlari ehtimoldan holi emas. Demak, eng 
avvalo talabalarda o„qishga qiziqish o„yg„otish, ularning akademik faolligini 
oshirish lozim, aks holda bu tadbirni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan tashkil qilish 
zarur bo„ladi. 
Talabaning dars kunini, soatini va o„quv auditoriyasini tanlashi uning o„ziga 
bog„liq. Bu yerda ishlaydigan talaba, albatta o„ziga bo„sh vaqt yoki kun ajratishga 
harakat qilishadi. Ayrim talabalar turli bahonalar bilan dam olish kunlarini 
cho„zish maqsadida juma yoki dushanba kunini bo„sh qoldirishadi.
O„quv auditoriyasini tanlash, oldingi tajribalarda kuzatilishicha, tarqoq hududlarda 
joylashgan binolar mavjud bo„lsa, talaba o„z yashash hududiga yaqin joydagi 
binoni tanlashi mumkin (albatta guruh kontingentini saqlab qolgan holda). Yoki 
talaba yaxshi jihozlangan auditoriyada o„qishni xohlashi mumkin. 
Bu tadbirlarning barchasi talabani akademik faollikka chorlaydi. Yuqorida 
ta‟kidlanganidek, tanlov talabaning bilim olishga bo„lgan intilishidan kelib chiqishi 


kerak, aks holda talaba o„z o„rtoqlariga bog„lanib qoladi va bu narsa uning 
kelgusida mustaqil faoliyat yurituvchi, raqobatbardosh kadr bo„lib yetishishiga 
to„sqinlik qiladi. 
Shuni ta‟kidlash kerakki, talabaning tanlovi oldindan tuzilgan dars jadvallari va fan 
mashg„ulotlari guruhlari negizida amalga oshiriladi. YA‟ni, qaysi talaba oldinroq 
fanga qayd qilingan bo„lsa tanlov o„sha talabaniki bo„ladi. Bu tadbir talabalarning 
akademik faolligini yanada oshirib yuboradi. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling