Rejа: Kulachokli mexanizmlarning turlari, qo’llanish sohalari
Download 467.5 Kb.
|
10-ma'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10. 1. Kulachokli mexanizmni kinematik loyihalash
- Turtkichi o‘tkir uchli aksial kulachokli mexanizmning loyihalash .
Rejа:
1. Kulachokli mexanizmni kinematik loyihalash Kulachokli mexanizmlarning kamchiligi Tayanch so’z va iboralar: mexanizm, mashinalar, richagli, kulachokli, tishli, friktsion, vintli, ponali, gidravlik, pnevmatik,egiluvchu zvenoli: tasmali va zanjirli, eletr mexanizmlar , erkinlik darajasi,sharli sharnir,kinematik juft, zveno, sinf, guruh. 10. 1. Kulachokli mexanizmni kinematik loyihalash Kulachokli mexanizmni loyihalash berilgan harakat qonunining bajarilishini ta’minlay oladigan kulachok profilini tuzishdir.Loyihalash ikki xil bo‘lishi mumkin: Kinematik loyihalash Dinamik loyihalash Kulachokli mexanizmni kinematik loyihalashda, asosan, etaklanuvchi zvenoning harakat qonuni yo‘l, tezlik yoki tezlanish diagrammasi tarzida va kulachokning minimal radiusi, turtkich va kulachok aylanish o‘qi oralig‘i berilgan bo‘ladi. Bu usulda kulachokli mexanizm grafik loyihalanadi va mashinasozlikda texnik hisoblarda keng qo‘llaniladi. Tezyurar va aniqligi yuqori kulachokli mexanizmlar dinamik usulda loyihalanadi. Turtkichi o‘tkir uchli aksial kulachokli mexanizmning loyihalash . Buning uchun etaklanuvchi zvenoning yo‘l diagrammasi va kulachokning eng kichik radiusi berilgan. Kulachokli mexanizm quyidagi tartibda loyihalanadi: Tekislikda kulachokning ixtiyoriy aylanish o‘qi tanlab olinadi va minimal radiusli yordamchi aylana chiziladi. Yordamchi aylana sirtida turtkichningn kulachok bilan oliy kinematik juft tashkil qilib birikkan nuqtasi V ni belgilab olib, shu nuqtada aylanaga urinma o‘tkaziladi, berilgan yo‘l diagrammasi shu urinma ustida chiziladi. Urinma yo‘l diagrammasining abssissalar o‘qi bo‘ylab hisoblanadi. Yo‘l diagrammasiningsh abssissasini va yordamchi aylanani bir xil teng bo‘laklarga bo‘linadi. Diagrammaning abssissalar o‘qida olingan nuqtalaridan ordinatalar o‘qiga parallel chiziqlar o‘tkazib, vaziyatlarga to‘g‘ri keladigan diagramma egri chizig‘ining nuqtalari 1’, 2’, 3’.... ni topib va ularni turtkich o‘qi ( 1’’, 2’’, 3’’....) ga hamda yordamchi aylananing tegishli radius vektorlarining davomiga proeksiyalab, so‘ngra o‘zaro tutashtirilsa, izlanayotgan kulachokning profili hosil bo‘ladi. Download 467.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling