Reja: Kurs ishi (loyihasi) ni tayyorlashda ilmiy rahbar ishtiroki
Download 38.28 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Ma`ruza
Kurs ishlarini yozishda quyidagi tartibga asoslaniladi:
1) kafedra mudirining taqsimoti asosida mavzuni va ilmiy rahbarni aniqlash; 2) ilmiy rahbar bilan uchrashish va mavzu yuzasidan maslahat olish; 3) ilmiy rahbar ko‘rsatmasiga asosan adabiyotlarni o'rganib chiqish va tahlil etish; 4) o‘rganilgan adabiyotlar asosida kurs ishi rejasini tuzish va ilmiy rahbar tasdig‘idan o'tkazish; 5) rejaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o‘rganilish darajasi, obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari, amaliy ahamiyati, ishning tuzilishi ko'rsatib beriladi; reja masalalari ketma-ketlikda bayon etiladi va har bir masaladan so'ng qisqa xulosa benladi; 7) reja masalalarini bayon etayotganda adabiyotlardan foydalanishda belgilangan tartibda snoska keltiriladi; 8) rejadagi barcha masalalar bayon etib bo'lingach, umumiy xulosa qilinadi; 9) agar ilova qilinadigan illyustratsiyalar mavjud bo'lsa, xulosadan so'ng beriladi; 10) kurs ishining umumiy hajmi 30 betni tashkil etishi kerak (kompyuterda yozilgan xolatda), 11) kurs ishining adabiyotlar ro'yxati belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi shart; 12) kurs ishi to'liq tugatilgandan so'ng, kurs ishi topshiruvchi va ilmiy rahbar titul varag'iga lmzolarni qo'yib, kafedraga taqdim etishadi; 13) kurs ishi himoyasi belgilangan tartibda o'tkaziladi va himoya o'tkazilishidan bir hafta oldin e’lon qilinadi; 14) kurs ishi yozilayotgan o'quv fanidan yakuniy nazorat olinguniga qadar topshirilishi kerak. Kurs ishi yozishda talaba asosan qiyosiy tahlil qilish yo'llarini, muammolar ustida ishlashda bir nechta adabiyotlardan foydalanishi va yakuniy xulosalar chiqarishni o'rganishda yordam beradi. Talabalarga kurs ishi berishdan asosiy maqsad quyidagilardir: -muammo mavzu yechimini topishda adabiyotlar va statistik ma’lumotlar ustida ishlashni o’rgatadi; - muammolar ustida har xil tadqiqotlar olib borishni va ularni tahlil qilishni, - muammolar yechimini topishda ilmiy xulosalar va natijalarni chiqarishda katta yordam beradi. Download 38.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling