Keldim
|
I
|
Keldik
|
II
|
Kelding__II___Keldingiz'>Kelding
|
II
|
Keldingiz
|
III
|
Keldi
|
III
|
Keldilar
|
Koʻrinib turibdiki, oʻzbek tilida kesim oʻz shakli bilan harakat(belgi)ning qaysi shaxs ba songa mansubligini ifodalab turibdi. Bu esa oʻz navbatida ega mavqeyining gap tarkibida pasayishiga, koʻp hollarda yoʻqolishiga olib keladi. Negaki, kesimning morfologik tarkibi ega haqida toʻliq ma’lumot beradi. Shuning uchun gapning lisoniy bosqich, ya’ni zaruriyat, majburiyat, imkoniyat va umumiylik bosqichidagi qolipi tarkibida ega oʻrin ololmaydi. Buni tilshunos olima M.Abuzalova quyidagicha izohlaydi:“Ega gap tarkibida moddiy shaklda ifodalanishi ham mumkin, ifodalanmagan boʻlib, kesim tarkibidan anglashilib turishi ham, shuningdek, gap tarkibida boʻlmasligi va boʻlolmasligi ham mumkin. Ammo eganing gapdagi mavqeyini aniqlovchi, toʻldiruvchi, hol bilan tenglashtirib boʻlmaydi. Kesim markaziy boʻlak boʻlsa, ega birinchi darajali boʻlakdir”. Zero, [WPm]=SG qolipining [Pm] qismida tasdiq-inkor, mayl, zamon va shular bilan birga, shaxs-son ma’nosi borki, gapning egasi keyingi grammatik ma’noni aniqlab, ochib keladi.Aynan shu ma’nosi asosida gaplarda ega tiklanishi yoxud tiklanmasligi mumkin.
Gaplarda ega tiklanishi yoxud tiklanmasligining sababi toʻgʻrisida koʻplab tilshunoslar umumiy qarash ostida birlashadilar: oʻzbek tilshunosligida boshqa turkiy tillarda boʻlgani kabi shaxs-son kategoriyasi mustahkam oʻringa ega boʻlib, u bilan shakllangan kesim, harakat(holat, belgi)ning qaysi shaxs-songa oidligiga ishora qilib turadi, bu esa gap tarkibida ega mavqeyining pasayishiga, koʻp hollarda uning tushib ketishiga olib keladi. Demak, oʻzbek tilida zarurat boʻlmasa, ega tushurib qoldiriladi va kesimning oʻzi gapni tashkil etadi. Qiyoslang:
1.Talabaman.
2.Oʻqidim.
3.Tayyorlanyapmiz.
4.Bormoqchi edingiz.
Oʻzbek tillining yaxlit sintaktik ta’limotini ishlab chiqishda gapning lisoniy sathdagi eng kichik qurilish qolipi, ya’ni [WPm]=SG asos qilib olindi va atroflicha tadqiq etildi. Bunday substansial yondashuv oʻzbek tili grammatik qurilishi talqinini tubdan yangilashga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |