Reja: Kurs ishining umumiy tavsifi


Download 67.86 Kb.
bet12/13
Sana07.04.2023
Hajmi67.86 Kb.
#1339582
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsusta’lim vazirligi to

I.Bir tarkibli gaplar.
1. Ot markazli yigʻiq kesimlikli ixcham sodda gap.
2. Ot markazli yoyiq kesimlikli ixcham sodda gap.
3. Ot markazli analitik kesimlikli ixcham sodda gap.
4. Feʻl markazli yigʻiq kesimlikli ixcham sodda gap.
5. Feʻl markazli yoyiq kesimlikli ixcham sodda gap.
6. Feʻl markazli analitik kesimlikli ixcham sodda gap.
II.Ikki tarkibli gaplar.
1.Ikki tarkibli egasiz ot markazli yigʻiq kesimlikli ixcham sodda gap.
2.Ikki tarkibli egasiz ot markazli yoyiq kesimlikli ixcham sodda gap.
3.Ikki tarkibli egasiz ot markazli analitik kesimlikli ixcham sodda gap.
4.Ikki tarkibli egasiz feʻl markazli yigʻiq kesimlikli ixcham sodda gap.
5.Ikki tarkibli egasiz feʻl markazli yoyiq kesimlikli ixcham sodda gap.
6.Ikki tarkibli egasiz feʻl markazli analitik kesimlikli ixcham sodda gap.
7.Ikki tarkibli egali ot markazli yigʻiq kesimlikli sodda gap.
8.Ikki tarkibli egali ot markazli yoyiq kesimlikli sodda gap.
9.Ikki tarkibli egali ot markazli analitik kesimlikli sodda gap.
10.Ikki tarkibli egali feʻl markazli yigʻiq kesimlikli sodda gap.
11.Ikki tarkibli egali feʻl markazli yoyiq kesimlikli sodda gap.
12.Ikki tarkibli egali feʻl markazli analitik kesimlikli sodda gap.
[W] asosida kengayish, aslida, [W] vazifasida kelgan soʻzning semantik valentligi asosida kengayishidir. Albatta, soʻzning kengaytiruvchilari va gap boʻlaklari orasidagi munosabatlar mustaqil bir tadqiqot manbayidir. Lekin biz nutqda voqelangan gaplarning qoliplari haqida soʻz yuritar ekanmiz, bu masalaga hech boʻlmasa, bir oz toʻxtalib oʻtishimiz zarur. Nutq tizma tabiatiga ega. Nutqning tizmalik tabiati nutqda yuzaga chiqqan har bir hodisaning ketma-ketligini talab qiladi. Soʻzning kengaytiruvchilari (soʻz semantik valentliklarining aktantlari) ham nutqda birin-ketinlik bilan – kengaytiruvchi (tobe) kengaytiriluvchidan (hokimdan) oldin keladi va albatta, gap qurilishida – voqelangan gap qolipida alohida bir oʻrin olib, gapning voqelangan qurilishiga taʻsir etadi.
Nutqdagi gaplar yuqorida koʻrsatilgan qurilish xususiyatlaridan boshqa yana oʻnlab koʻrsatgichlarga – nutqiy xususiyatlarga va nutqiy maʻnolarga ega boʻlishi mumkin. Ishimizda koʻrsatilgan til bosqichidagi sodda gapning 6 asosiy qurilish qolipi nutqda voqelanishi uchun boshqa xususiyatlargа ham ega boʻlishi kerak.
Bulardan biri–ohang, intonatsiya va u bilan uzviy bogʻliq boʻlgan gapning ifoda maqsadiga koʻra darak, soʻroq, buyruq, undov, his-hayajon, soʻroq-undov (ritorik) va hokazo ma’nolarga ega boʻlishidir. Bundan tashqari, gap nutqda, albatta, maʻlum bir modal maʻnosiga koʻra neytral, gumon, ishonch, taxmin, taajjub kabi ma’nolarga ega boʻlishi mumkin. Gapda ega ifodalanmagan boʻlishi, umuman, boʻlmasligi, majhul, aniq, umumlashgan va noaniq boʻlishi mumkin. Shu kabi maʻnolar gapning tildagi eng kichik qolipiga, umuman, aloqador emas. Shuningdek, oʻzbek tilshunosligida vositali va vositasiz toʻldiruvchining yigirmaga ga yaqin turi, holning qirqdan ortiq xili ajratiladi hamda nutqda bunday toʻldiruvchi yoki holning bittasi bilan kelgan gap hol va toʻldiruvchining ikkinchi turi bilan kelgan gapdan, albatta, farq qiladi. Lekin bu farqlar ham gapning tildagi kichik qolipiga–oʻzbek jamiyati aʻzolari uchun gap ramzi sifatida mavjud boʻlgan umumiy, zaruriy va majburiy boʻlgan birlik [WPm]=SG va uning asosiy qurilish koʻrinishlari, yaʻni:
qoliplariga aloqador boʻlmaydi. Balki, shu qurilish qoliplarining shaxsni tavsiflash, gap markazini hamda kesimlik koʻrsatgichlarini moddiy shaklda ifodalash, modal maʻnolarni berish, gapni ifoda maqsadiga koʻra nutq sharoitiga moslashtirish, gapda ohang tugalligini shakllantirish kabi tom maʻnoda nosintaktik hodisalarning biz yuqorida sanab oʻtgan [WPm]=SG va uning qurilish koʻrinishlarining ustqurmasidir. Bunday gap qurilishiga aloqador boʻlmagan hodisalar nutqdagi muayyan gaplarda nosintaktik hodisalarning gap qurilishidagi aksi – in’ikosi – tajallisi sifatida qaralishi lozim.
Tajallilanuvchi bu ma’nolar nutqdagi gaplar uchun benihoya zarur va ular gapdan tashqarida boʻlishi mumkin emas. Lekin ulardan birortasining ham gap qurilishida ahamiyati yoʻq. Shuning uchun ayni bir xil qurilishdagi gap ifoda maqsadiga koʻra darak ham, soʻroq, buyruq ham, undov ham boʻlishi, modal maʻnosiga koʻra qatʻiy ishonch ham, neytral ham, taxmin ham boʻlishi mumkin. Shunday ekan, lisoniy tahlilda lison va nutq bosqichlarini farqlar ekanmiz, sodda gapning lisoniy qoliplari nutqda voqelanishi uchun qaysi kategoriyalar prizmasidan oʻtishini, bu oʻtish jarayonida qanday maʻno boʻyoqlariga boʻyalib chiqishini va nutqda bevosita kuzatishda berilgan gap qoliplarining mana shu “boʻyoqxona”lardan oʻnlab ranglarga “boʻyalib” chiqqan hosilasi ekanligini unutmasligimiz kerak. Shunday ekan, bu bobda oʻrganilgan masalalar tahlili va tavsifi asosida quyidagi xulosalarga kela olamiz:
– [Pm]ning oʻzbek tilida yuzdan ortiq yuzaga chiqish shakllari mavjud boʻlsa ham, har bir shaklning juz’iy xususiyatlarini e’tiborga olmay, barcha shakllar uchun umumiy boʻlgan tasdiq/inkor, mayl, zamon, shaxs/son ma’nolarining birgalikda ifodalanishga tayanib, [Pm] bir butunlik sifatida olinadi;
– kesimlik kategoriyasi shakllari [Pm] mavqeyida voqelashar ekan, nutqda qanday koʻrinishda ifodalanishidan qat’i nazar, oʻzbek tilida sodda (va umuman) gap lisoniy-sintaktik qurilishini belgilashga xizmat qiladi;
shunday qilib, nutqiy voqelanishda bu sodda gap qoliplari gapning nutqda yashashi uchun zaruriy boʻlgan, lekin mohiyatan nosintaktik boʻlgan kategoriyalarning zarralari bilan bosqichma-bosqich boyitilib, nutqimizda oʻnlab sintaktik, morfologik, leksik, stilistik kategoriyalarning birliklari, zarralari bilan murakkablashtirilgan, bezatilgan shaklda yuzaga chiqadi.



Download 67.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling