Dt «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo`yicha olingan
asosiy vositalar» 1208060
Kt «Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy
vositalarga kapital qo`yilmalar» 1208060
Ijaraga oluvchida joriy ijara hisobi.
Agar uskuna joriy lizing shartnomasi bo`yicha olingan bo`lsa, unda quyidagi holatlar yuz beradi:
ijaraga oluvchi bu asosiy vositani o`z balansiga qabul qila olmaydi. Bunday asosiy vositalar balansdan tashqaridagi hisobvaraqda hisobga olinadi;
uskunadan foydalanganligi uchun ijara haqi to`laydi;
uskunani texnik soz holatda ushlab turish bilan bog`liq xarajatlar ija-raga beruvchi zimmasida qoladi;
uskuna bo`yicha eskirish va mulk solig`i xarajatlari ijaraga beruvchi hi-sobidan amalga oshiriladi:
ijara muddati tugagach uskuna o`z egasiga qaytariladi.
2-misol shartlari asosida uskunani joriy ijara sifatida qabul qilish bilan bog`liq buxgalteriya yozuvlari quyidagilardan iborat bo`ladi:
Uskuna qabul qilinganda uni balansdan tashqari hisobvaraqda aks etti-rilishiga:
Dt «Qisqa muddatli ijara shartnomasiga asosan olingan asosiy vositalar»
Ijaraga olingan uskunalar bo`yicha foiz ko`rinishidagi xarajat hisob-langanda oyma-oy quyidagi buxgalteriya yozuvi rasmiylashtiriladi:
(600000 x 12 % : 100 % = 72000 : 12 oy= 6000 so`m)
Dt «Foiz ko`rinishidagi xarajatlar» 6000
Kt «Тo`lanadigan foizlar» 6000
Oy yakuniga ko`ra hisoblangan foiz summasi uskunani ijaraga bergan korxona hisob raqamiga o`tkazib berilganda:
Dt «Hisoblangan foizlar» 6000
Kt «Pul mablag`lari» 6000
Hisobot davriga kelib (masalan, 1-chorak yakuniga ko`ra) shu davr uchun hisob-langan foiz qo`rinishidagi xarajat uskunani ijaraga olgan korxonaning moliyaviy hisobotiga kiritilganda.
Dt «Yakuniy moliyaviy natija» 18000
Do'stlaringiz bilan baham: |