Reja: Lizing tushunchasi va uning iqtisodiy tarkibi
Lizingga beruvchi bo`lib –
Download 30.04 Kb.
|
Lizing, uning turlari va iqtisodiy axamiyati, lizing shartnomasi tuzish tartibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lizingning afzalliklari va kamchiliklari.
Lizingga beruvchi bo`lib – o`z yoki jalb qilingan mablag`lar evaziga mulk so-tib olib, uni lizinga oluvchiga haq evaziga ma`lum vaqtga foydalanish uchun yoki keyinchalik egalik qilish sharti bilan taqdim qiluvchi jismoniy yoki hukuqiy shaxsdir.
Lizinga oluvchi – bu lizing shartnomasi shartlari asosida lizing ob`ek-tini tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun qabul qilib oluvchidir. Lizing munosabatlarining iqtisodiy asosini quyidagi unsurlar tashkil qiladi: lizing ob`ektining oldi-sottisi ; lizinga beruvchi mablag`ining investitsiyaga sarflanishi; lizing ob`ektining lizing oluvchiga ijaraga berilishi; lizinga oluvchi tomonidan bu ob`ektni qabul qilib olinishi; shartnoma muddati oxirida mulkni sotib olinishi ehtimoli mavjud-ligi. Lizing to`lovlari deb, lizing shartnomasi harakati davomida shartnoma shartlariga ko`ra to`lovlarning umumiy summasiga aytiladi. Lizing to`lovlariga lizinga beruvchini asosiy vositalarni sotib olish va uni lizinga oluvchiga o`tkazish va lizing shartnomasida ko`rsatilgan boshqa xizmatlarni qoplash bilan bog`liq xarajatlar hamda lizinga beruvchining daromadiga kiradi. Agar lizing muddati tugagach, lizing ob`ekti lizinga oluvchining mulkiga aylantirilishi ko`zda tutilgan bo`lsa shartnomaning umumiy summasiga lizing ob`ektini sotib olish bahosi kiritilishi mumkin. Lizinga berilgan mulk lizing shartnomasi tugagunga va lizinga oluvchi o`z majburiyatlarini to`liq bajarilmagunga qadar lizinga beruvchining mulki bo`lib qolaveradi. Lizingning afzalliklari va kamchiliklari.Lizingning afzalliklariHozirgi kunda korxonalar moddiy-texnika ta`minoti bazasini rivoj-lantirish maqsadida yirik kapital qo`yilmalarni amalga oshirish imkonini beruvchi asosiy moliyaviy dastaklardan biri hisoblanadi. Uskunalarni sotib olishning boshqa (uskunani etkazib bergandan keyin to`lovni amalga oshirish, to`lovni uzaytirish sharti bilan sotib olish, bank krediti hisobiga sotib olish) usullariga qaraganda quyidagi bir qator afzalliklarga ega: lizing ijarachi korxonaga bir martalik yirik xarajatlar qilmay va qarz mablag`laridan foydalanmay turib ishlab chiqarishni kengaytirish imkonini beradi; qarz kapitali jalb qilinmaganligi uchun balansda o`z va qarz kapita-lining optimal nisbatini ushlab turish imkonini beradi: bank kreditidan farqli o`laroq lizing uskunani sotib olish uchun 120 % li taьminot talab qilinmaydi; lizing asosiy vositani sotib olish bilan bog`liq loyihani 100 % moliyalashtirish imkonini beradi va u to`lovlarni darxol boshlanishini talab qilmaydi. Bu esa sezilarli moliyaviy qiyinchiliklarsiz korxona-ga asosiy vositalarini yangilash va qimmatli uskunalarni sotib olish imkonini beradi. lizing shartnomasiga ko`ra ijara to`lovlari uskuna o`rnatilib, sozlanib va foydalanishga topshirilgandan keyin mahsulotni sotishdan olin-gan daromad hisobidan amalga oshirilishi mumkin. lizing shartnomasida o`zgaruvchan kredit foizlaridan farqli o`laroq, qatьiy foiz stavkalari qo`llaniladi ; lizing to`lovlari lizinga oluvchi korxonaning mahsulot tannarxiga olib boriladi. Bu esa soliqka tortiladigan foyda summasini kamaytiradi. ishga tushirilishi uzoq muddatni talab qiladigan uskunalarni tayyor-lashga buyurtma berishdan ko`ra, foydalanishga tayyor bo`lgan uskunani ijaraga olish qulayroqdir. Ba`zida aktivlarga fakat vaqtincha, mavsumiy yoki bir martalik talab bo`ladi, bunday holda ijara doimo foydalanishda bo`lgan aktivlarga egalik qilish bilan bog`liq noqulay bo`lgan muammolarini yo`q qilishga yordam beradi. ijaraga olish har yili yangi va unumdorligi yanada yuqori bo`lgan usku-nalarni ishlab chiqarishga jalb qilish imkonini beradi va hokazo. Download 30.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling