Reja Loyihani texnik-iqtisodiy asoslash


Loyihaning mazmuni va uni bajarish tartibi


Download 200.1 Kb.
bet2/2
Sana18.12.2022
Hajmi200.1 Kb.
#1032025
1   2
Bog'liq
gozal mustaqil ish 2

2.Loyihaning mazmuni va uni bajarish tartibi
Yangi korxonani loyihalashda, texnikaviy yangilashda va korxonani qayta tiklashda yuqori darajadagi loyiha ishlari bajarilishi korxonalaming ishlab chiqarish quwatini ko‘paytirishda va kapital egaliklami samarali foydalanishda katta yutuqlarga erishish mumkin. Shu sababli loyihalashtirish ishlarini bajarishda quyidagi asosiy talablar taqdim etiladi:
♦ zamonaviy texnika va texnologiya yangiliklaridan, Respublika va xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalaridan foydalanishni;
♦ foydalanilgan namunaviy loyiha yechimlarini keng qo‘llashni;
♦ qurilishda progressiv usullarni qo'llash va foydalanish, ishlatiladigan materiallar va qo‘l mehnatidan ko‘proq foydalanishni kamaytirishni;
♦ kapital egaliklaming samaradorligini ta’minlashni;
♦ ishlab chiqarishni loyihalashtirishning harakatdagi qonunqoidalariga rioya qilishni, mehnat xavfsizligi va atrof-muhitini qo'riqlash ishlarini ta’minlashni;
♦ kelajak korxonaning yuqori darajada qulayligi va chiqaradigan mahsulotning sifatli bo‘lishini tashkil etish.
Sanoat korxonalarini loyihalashtirish ishlari maxsus loyihalash tashkilotlari — davlat loyihalash institutlarida bajariladi (DLI). Loyihalashtirish ishlari asosan ikkita bosqichda (stadiya) olib boriladi: Umumiy mo‘ljalnoma narxi hisoblangan holda bajarilgan loyiha hujjatlari, keyin moUjalnoma negizida ishchi hujjatlar tayyorlanadi. Asosiy yechim -qarorlar loyihani ishlab chiqish davrida aniqlanadi. Bu yechimlarning bajarilishi asosida kapital egaliklami, boylik m anbalardan yuqori darajada samarali foydalanishni, ta’minlanishni, qurilishni o‘z muddatida bitirishni va qurilishning umumiy m o‘ljalnoma narxini, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlash mumkin. Loyiha tarkibi:
umumiy tushuntirish yozuvi, ya’ni dastlabki ma’lumotlar to‘plami: quwati, mahsulot turi va sifati, kerakli boylik manbalari bilan ta’minlanishi, asosiy loyiha yechim-qarorlarining iqtisodiy tomonidan baholanishi, texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari, kapital egaliklaming samaradorligi va hokazo;
♦ texnikaviy qaror (texnologiyani, texnologik jarayonni boshqarishda avtomatizatsiyalashtirishni va mexanizatsiyalashtirishni asoslash, mehnatni foydalanish daraja ko‘rsatkichlar, uskunalarni foydalanish, ishlab chiqarish bilan band ishchilar soni, atrof-muhitni muhofaza qilish va hokazo);
♦ qurilish qarori (arxitektura qurilish qarori, mehnat shart-sharoitini yaxshilash uchun tadbir, yong‘in xavfsizligi va hokazo);
♦ qurilishni tashkil qilish;
♦ mo‘ljalnoma hujjatlari;
♦ loyiha pasporti;
♦ uskunalar uchun buyurtma ro‘yxati.
Qurilishni moliyalashda, uskunalarni sotib olishga buyurtma berishda va ishchi chizmalami ishlab chiqish uchun «Tasdiqlangan loyiha» hujjatlari asos bo‘lib hisoblanadi. Namunaviy loyihalarni foydalanishda yoki asosiy obyektlarni loyihalashda birinchi va ikkinchi loyihalash bosqichlarini biriktirgan holda bitta bosqichli loyihalash bilan cheklanishi mumkin, u paytda moijalnoma narxi aniqlangan ishchi loyiha ishlab chiqiladi. Namunaviy loyihalarni keng q o ‘llash: qurilishni industralizatsiyalashga, loyihalashtirishda va qurilish ishlarida mehnatni ko‘proq talab qilish ishlarini kamaytirishga, mo'ljalnoma hujjatlarining hajmini kamaytirishga, qurilish muddatini qisqartirishga va kapital qurilish ishlarining samaradorligi darajasini ko'paytirishga yordam beradi. Obyektlarni loyihalashtirishni tashkil qilishda namunaviy loyihalardan foydalanish katta ahamiyatga ega.
U holda namunaviy loyihalarni yirik maxsus tashkilotlar ishlab chiqishlari sababli ulaming sifatining yuqoriligi bilan obyektning texnik-iqtisodiy saviyasi ham baland bo‘ladi. Shu bilan birga nam unaviy loyihani to ‘liq foydalanishda loyihalash ishlarini bajarish muddati ham kamayadi va konkret obyektlarni loyihalash-baholash ishlarini bajarilishini osonlashtiradi.
Bosh loyihalovchi Qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ) 1.03.01- 96 «Korxona, bino va inshootlar qurilishi uchun loyiha-mo‘ljalnoma hujjatlarining tartibi, ishlab chiqishi, ma'qullanishi va tasdiqlanishi tartiblariga doir yo‘riqnoma» asosida « tavsiya qilinadi:
♦ obyektning quwati;
♦ qurilish narxi (shu jumladan, qurilish-montaj ishlari Ishchi loyihani ishlab chiqish asosiy nizomlari» hujjatini tayyorlaydilar. Bu hujjatda yuqori darajada loyiha qarorining bajarilishini va loyihaning iqtisodiy tomonidan foydaliligini ta’minlash uchun topshiriq hamda tashkiliy ishlarini ko'rsatadilar.
Loyihaning hamma bo‘limlari bo‘yicha topshiriq ishlari ishlab chiqiladi va topshiriq asosiy loyihalash korxonaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi. Ishchi hujjatlarga quyidagilar kiradi:
♦ ishchi chizmalar;
♦ mo‘ljalnoma hujjatlari;
♦ qurilish va montaj ishlari hajmini ko‘rsatuvchi qaydnoma;
♦ kerakli materiallar qaydnomasi;
♦ uskunalar ro‘yxati to'plami va hokazo.
Ishchi chizmalar va boshqa ishchi hujjatlar asosida qurilish hamda montaj ishlari texnologiyasi, arxitektura-qurilish ishlari, uskunalami joylashtirish, yuklami tashish tizimi elektr energiyasi bilan ta’minlash, isitish va ventilatsiya ishlari ishlab chiqaradi. Loyihalashtirish ishlari va sanoat obyektlarini qurish davrida, qurilish hamda texnologik loyihalashtirish qonun-qoidalarini majburiy saqlagan holda bajariladi. Loyihalash-mo'ljalnoma hujjatlarining sifatini obyektiv baholash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar);
♦ asosiy mahsulotning tannarxi;
mehnat ish unumdorligi;
♦ kapital egaliklami qoplash muddati;
♦ bir yilga yetadigan boylik manbalari;
♦ qurilishga kerakli mehnat hajmi;
♦ asosiy qurilish materiallariga kerakli xarajatlar;
♦ ishlab chiqarishni avtomatlashtirish darajasi;
♦ asosiy va ko‘makchi ishlab chiqarishda qo‘l mehnatining oladigan foizi.



Download 200.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling