Reja: Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi


Download 38.34 Kb.
bet4/4
Sana19.06.2023
Hajmi38.34 Kb.
#1608108
1   2   3   4
Bog'liq
Muhammadumar kurs ish

Asosiy tushunchalar
Makroiqtisodiyot (makro va iqtisodiyot) — bozor xoʻjaligi umumiy nazariyasining boʻlimi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xoʻjalikka oid katta miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni oʻrganadi.
Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investitsiyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va sh k. jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar M. oʻrganadigan obʼyektlar hisoblanadi.

Iqtisodiy sikl - umumiy iqtisodiy faollikning muayyan yillar davomida davriy yuksalib va pasayib, tebranib turishi; bir necha yillar da-vomida iqtisodiyotda yuksalish va pasayishning davriy takrorlanib turishi, yuksalish, tanglik, depressiya, jonlanish fazalaridan iborat.

Inqiroz — taraqqiyotda orqaga ke-tish, tanazzul. Har qanday obyekt oʻzining rivojlanishi mobaynida paydo boʻlish, ulgʻayish, pasayish va halok boʻlish bosqichlaridan oʻtadi. Har qanday tizim (obyekt)ning nisbatan yuqori darajada shakllangan holatidan quyi darajadagi holatga oʻtish jarayoni I. davri deyiladi.
Iqtisodiy sikl fazalari. Iqtisodiy sikl toʻrtta fazadan iborat.

  1. Inqiroz.

  2. Turgʻunlik.

  3. Jonlanish.

  4. Yuksalish.

  • Inqiroz-Iqtisodiy faollikning keskin pasayib ketishini anglatadi.

  • Turgʻunlik-Iqtisodiy faollik oʻzining eng pastki darajasida turgʻun boʻlib qoladi.

  • Jonlanish-Iqtisodiy faollik turgʻunlik holatidan chiqib, asta sekin oʻsish tamoyiliga ega boʻladi.

  • Yuksalish-Iqtisodiy faollik inqirozdan oldingi darajadan ham yuqoriga koʻtariladi.


Siklni keltirib chiqaruvchi sabablar.

  • Takror ishlab chiqarishdagi nomutanosibliklar;

  • Talab va taklif oʻrtasidagi nomutanosibliklar;

  • Yalpi sarflar darajasining oʻzgarishi (oʻz navbatida bu sarflar xajmini ishlab chiqarish va bandlik darajasi belgilab beradi);

  • Investitsiyalar hajmining davriy kamayishi;

  • Pul massasi hajmining tebranishi;

  • Asosiy kapitalning yangilanishi;

  • Multiplikator samarsining kuchsizlanishi va boshqalar.


Siklarning asosiy turlari.

  1. Kitchen sikli.

  2. Jyuglar sikli.

  3. Kuznes sikli.

  4. Kondratev sikli.

  5. Forrester sikli.

  6. Toffler sikli.

Download 38.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling