Reja: Ma’lumot uzatish tizimi va uning xizmatlari haqida tushuncha


Download 169.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana23.01.2023
Hajmi169.93 Kb.
#1113417
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Ma’ruza. Multimediali tarmoq texnologiyalarida uzatishlar

Off-line texnologiyasi. Off-line texnologiyani foydalanilganda olingan ma’lumotlar 
adresat kompyuterida saqlanadi. Foydalanuvchi ularni maxsus dasturlar orqali о‘ziga qulay 
vaqtda kо‘rishi mumkin. Off-line texnologiyaning asosiy qulayligi, kompyuter qurilmalariga va 
aloqa liniyalarini о‘tkazish qobiliyatiga qо‘yiladigan talablarni kamroqligidadir. Ular, hatto 
kommutatsiyalangan liniyalar (Internetga doimiy ulanish imkoniyati bо‘lmagan holllarda) 
bо‘yicha Internet ulanishda ham foydalanilishi mumkin. Ushbu turdagi texnologiyalar qatoriga 
elektron pochta, jо‘natmalar rо‘yhatlari va virtual anjumanlarni kiritish mumkin. List-server 
yordamida о‘quv axborotlarni jо‘natishni tashkil etish mumkin, elektron pochta orqali о‘qituvchi 
va о‘quvchi orasida shaxsiy muloqot о‘rnatiladi, Virtual anjuman esa, о‘ziga xos murakkab 
bо‘lgan masalalarni yoki kursning qiynchilik tug‘dirgan savollarini jamoaviy muhokama qilishni 
tashkil etish imkoniyatini beradi. Ushbu barcha taxnologiyalar Internet ga ulangan turli 
kompyuterlar orasida ma’lumotlar almashinish imkoniyatini beradilar.
Internet konferensiyalar – bu muayyan muammoni hal qilayotgan guruh 
ishtirokchilarining Internet tarmog‘i orqali konferens aloqasi yordamida о‘zaro axborot 
almashinish jarayonidir. Tabiiyki, bu texnologiyadan foydalanish huquqiga ega bо‘lgan shaxslar 
doirasi cheklangan bо‘ladi. Kompyuter konferensiyasi ishtirokchilari soni audio – va 
videokonferensiyalar ishtirokchilari sonidan ancha kо‘p bо‘lishi mumkin. Adabiyotlarda 
telekonferensiya atamasini kо‘p uchratish mumkin. Telekonferensiya о‘z ichiga 
konferensiyalarning uch turini: audio, video va kompyuter konferensiyalarini oladi.
Audiokonferensiyalar. Ular tashkilot yoki firmaning hududiy jihatdan uzoqda 
joylashgan xodimlari yoki bо‘linmalari о‘rtasida kommunikatsiyalarni saqlab turish uchun 
audioaloqadan foydalanadi. Audiokonferensiyalarni о‘tkazishning eng oddiy texnika vositasi 
sо‘zlashuvda ikkitadan kо‘p ishtirokchi qatnashuvini ta’minlaydigan qо‘shimcha qurilmalar 
bilan jihozlangan telefon aloqasi hisoblanadi. Audiokonferensiyalarni tashkil etish kompyuter 
bо‘lishini talab etmaydi, faqatgina uning ishtirokchilari о‘rtasida ikki tomonlama audioaloqadan 
foydalanishni kо‘zda tutadi. Audiokonferensiyalardan foydalanish qarorlar qabul qilish 
jarayonini yengillashtiradi, u arzon ham qulay.

Download 169.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling