“Talab va taklifning” klassik modeli ko’rsatilgan
Talab narxining o’sishi bilan kamayadi,aksincha taklif ortadi. Ishlab chiqaruvchi narx orqali uning mahsuloti qanchalikdarajada kerakligi haqida axborotga ega bo’ladi.
Narx marketing kompleksining asosiy elementlaridan biri hisoblanib,korxonaning marketing siyosatini ishlab chiqishda keng qo’llaniladi. Agar bu yerda siyosatini, tovarni sotish va siljitish faoliyatini rejalashtirish, tovar harakati kanallarining yangisini topish uzoq vaqt talab qilsa, narxni esa tashqi va ichki omillarning o’zgarishi bilanoq tezda o’zgartirish mumkin bo’ladi. Narx marketing kompleksining asosiy elementlaridan biri hisoblanib,korxonaning marketing siyosatini ishlab chiqishda keng qo’llaniladi. Agar bu yerda siyosatini, tovarni sotish va siljitish faoliyatini rejalashtirish, tovar harakati kanallarining yangisini topish uzoq vaqt talab qilsa, narxni esa tashqi va ichki omillarning o’zgarishi bilanoq tezda o’zgartirish mumkin bo’ladi. Marketingda narxning asosiy rol o’ynashining sabablaridan yana biri shundan iboratki, u korxonaning iqtisodiy ko’rsatkichlariga to’g’ridan to’g’ri ta'sir ko’rsatadi. Masalan, foyda (F) quyidagicha aniqlanadi. F = (N * V) -- S, Bu erda: N – tovar narxi; S – jami xarajatlar. Foydadan tashqari narx tovarning sotilish hajmiga, moliyaviy ko’rsatkichlariga, bozor ulushiga katta ta'sir ko’rsatadi. Ko’p hollarda, korxona tovarni eng yuqori narxda sotib, darhol foyda olishni ko’zlamasdan, egiluvchan narx siyosatini yuritishi kerak. Foydadan tashqari narx tovarning sotilish hajmiga, moliyaviy ko’rsatkichlariga, bozor ulushiga katta ta'sir ko’rsatadi. Ko’p hollarda, korxona tovarni eng yuqori narxda sotib, darhol foyda olishni ko’zlamasdan, egiluvchan narx siyosatini yuritishi kerak. Raqobatchilar o’z faoliyatlarida ham narxga katta e'tibor beradilar. Tovar bozorda narx asosida va narxsiz ham raqobat qila olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |