Raqobatchilar o’z faoliyatlarida ham narxga katta e'tibor beradilar. Tovar bozorda narx asosida va narxsiz ham raqobat qila olishi mumkin. Narx raqobati- deganda tovarning narxini o’zgartirish yo’li bilan raqobat kurashiga borish tushuniladi. Bunda, ko’pchilik hollarda narxni pasaytirishga harakat qilinadi. Albatta, narxni pasaytirayotgan firma yoki korxona raqobatchiga nisbatan kam xarajatlarga ega bo’lishi kerak. Korxona "narx urushi"ni e'lon qilishdan oldin o’zining va raqobatchining iqtisodiy barqarorligini obdon o’rganishi talab etiladi. Aks holda "narx urushi"ni e'lon qilib, mag’lubiyatga ham uchrash mumkin. Agar,raqobatchilar bir xil sharoitda bo’lsalar, u holda "narx urushi" o’z ahamiyatini yo’qotadi.
Narxsiz raqobatda esa narxning roli kamaytirilmaydi, balki birinchi o’rinda tovarning xususiyati, markasining obro’-e'tiboriga, servis darajasi va tovar bilan bog’liq boshqa omillarga e'tibor qaratiladi.
Narxning katta-kichikligiga ichki va tashqi omillar ta'sir ko’rsatadi.
Ichki omillarga korxonaning maqsadi, marketingi, marketing kompleksining ayrim elementlariga nisbatan qo’llaniladigan strategiya, xarajatlar va boshqalar kiradi.
Korxona asosiy maqsadini o’zining rivojlanishida deb bilsa bir narx, mavjud faoliyatini uzoq muddat saqlab qolishga qaratsa boshqa narx belgilashi mumkin. Masalan, raqobat kuchaysa, iste'molchilarning ehtiyoji o’zgarsa, mamlakatdagi iqtisodiy ahvol yomonlashsa korxona ishlab chiqarish quvvatining ma'lum bir qismidangina foydalanishga harakat qiladi. Korxona o’zining faoliyatining to’xtab qolmasligi, tovarlariga bo’lgan talabni oshirish maqsadida ularni past narxlarda hamsotishga majbur bo’ladi. Aks holda, u o’z tovarlariga yuqori narx belgilaydi.
Marketing faoliyati nuqtai nazaridan narxning shakllanishiga quyidagicha yondashuvlarni ko’rib chiqish mumkin: Marketing faoliyati nuqtai nazaridan narxning shakllanishiga quyidagicha yondashuvlarni ko’rib chiqish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |