Reja Matematikadan sinfdan tashqari ishlarda to’garak mashg’ulotlarni tashkil qilish


Download 41.03 Kb.
bet8/8
Sana13.12.2022
Hajmi41.03 Kb.
#1000888
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Matematikadan sinfdan tashqari ishlarda to

Gugurt cho’plar bilan ishlash.
1. 3 ta va 4 ta gugurt cho’pini shunday joylashtiringki, natijada 4 va 7 sonlari hosil bo’lsin. (IV va VII)
2. 5 ta gugurt cho’pidan 2 ta uchburchak yasang.
3. 9 ta gugurt cho’pidan 2 xonali uy shaklini yasang.
4. 5 ta cho’pdan sindirmasdan 15 sonini qanday yasash mumkin? (XIV).
5. quyidagi noto’g’ri tenglikdan 1 ta gugurt cho’pini o’rnini shunday o’zgartiringki, natijada to’g’ri tenglik xosil bo’lsin.
VI-IV=IX
a) VI+IV=X
b) V-IX=IX
Tipiratikanning siri.
Yumshoqvoy ismli tipratikan o’rmonda 2, 3, 4, 5, 6, 8, 9 sonlarining bo’linish sirlarini o’rganib keldi va do’stiga aytib berdi: Oxiri 0 yoki juft raqam bilan tugaydigan barcha sonlar 2 ga; Raqamlar yig’indisi 3 ga bo’linadigan sonlar 3 ga;
Oxirgi ikkira qami 4 ga bo’linadigan sonlar 4 ga;
Oxirgiraqami 0 yoki 5 bo’lgansonlar 5 ga;
3 ga bo’linadigan juftsonlar 6 ga;
Oxirgi ikki raqami 8 ga bo’linadigan sonlarning ulardan oldingi raqami juft bo’lganlari va keying ikki raqam 4 ga bo’linib, 8 ga bo’linmaydigan sonlarning shunday oldingi raqami toq bo’lganlari 8 ga;
Raqamlar yig’indisi 9 ga bo’linadigan sonlar esa 9 ga bo’linar ekan.
Siz shunday qoidalarning nechtasini bilasiz va amalda qanday qo’llay olasiz? 1234567890 sonini o’qing va yuqoridagi qoidalar bo’yicha aniqlangchi, u qaysi raqamlarga bo’linar ekan? 9876543210 chi?
2.Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni o’tkazishning boshqa shakillari
Boshlangich sinf o’quvchilarning ma’lumotini oshirish va darslarni o’zlashtirish darajasini ko’tarishga ko’maklashishi uchun, boshlang’ich maktabda sinf mashg’ulotlari bilan bir qatorda sinfdan tashqari ishlarni xam o’tkazish zarur. Sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ishlar bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining ajralmas qismi bo’lishi bilan birga, o’quvchilarni bilimga va mexnatga bo’lgan xavaslarni orttiradi, shuningdek, o’zlashtirish sifatini oshirishga va xulqini yaxshilashga ta’sir etadi. Matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar deganda o’quvchilarni matematik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida tashkil qilingan mashg’ulotlarni tushunamiz.
Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o’quvchilardagi fanga bo’lgan qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini to’ldiruvchi va chuqurlashtiruvchi matematik bilim, malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirishdan iborat. Umuman boshlang’ich maktabda sinfdan tashqari ishlar sinf ishlari bilan mustaxkam bog’langan bo’lib, sinf ishlarining davomi bo’ladi, ayrimvaqtlarda esa uni chuqurlashtiradi.
Sinfdan tashqari ishlarning ikki turini bir-biridan farqlash lozim. Uning birinchisi dastur materialini o’zlashtirishda orqada qoladigan o’quvchilar bilan ishlash, bunga qo’shimcha dars va konsultatsiyalar kiradi. Ikkinchisi, matematikani o’rganishga qiziquvchi o’quvchilar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlar.
Ma’lumki birinchi tur mashg’ulotlar xozirgi vaqtda barcha maktablarda mavjud. Bunda mashg’ulotlarni 3-4 o’quvchidan iborat kichkina guruxlar bilan xaftada bir marta o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Odatda sinfdan tashqari ishlar deyilganda ko’proq ikkinchi turdagi ishlar nazarda tutiladi va ular asosan quyidagi maqsadlarni ko’zlaydi:
1.O’quvchilarda matematika va uning tadbiqlariga qiziqish uyg’otish;
2.O’quvchilarning matematikadan dastur buyicha bilimlarini kengaytirish;
3.Matematik fikrlash madaniyatini tarbiyalash;
4.O’quvchilarni matematikadan ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ishlashga o’rgatish;
5.O’quvchilarning matematikaning tarixiy-ilmiy qimmati xaqidagi, matematika maktabining dunyo fani orasidagi ro’li xaqidagi tasavvurlarini kengaytirish.
Bu maqsadlarning bir qismi dars paytida amalga oshiriladi, ammo dars vaqti chegaralanganidan, uning anchagina qismini sinfdan tashqari mashg’ulotlarda amalga oshirishga to’g’ri keladi. Maktab tajribasida matematikadan kichik yoshdagi o’quvchilar bilan bajariladigan sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi:
1. Qiziqarli matematika soatlari va minutlari;
2. Matematik to’garaklar uyushtirish;
3. Matematika gazetasi chiqarish;
4. Ekskursiya o’tkazish;
5. Matematik burchak tashkil qilish;
6. Matematika kechalari o’tkazish;
7. Boshlang’ich maktablarda matematika olimpiadasi o’tkazish.
Sinfdan tashkari ishlar tashkil qilish va o’tkazish asosida quyidagi qoidalar yotadi:
1. Sinfdan tashkari mashg’ulotlar o’quvchilarning darsda oladigan bilimlarini, malaka va ko’nikmalarni xisobga olgan xolda o’tkaziladi;
2. Sinfdan tashkari ish ixtiyoriylik, tashabbuskorlik printsiplari va o’quvchilarning xarakatlari asosida tuziladi, xamda o’quvchilarning individual talablarni qanoatlashtirish maqsadida o’tkaziladi;
3.Sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’tkazilish shakliga ko’ra darslaridan farq qiladi va ko’pincha qiziqarlilik xarakteriga ega bo’ladi.
Og’zaki xisob ko’pincha sinfdagi xamma o’quvchilarning «yana, yana» degan istaklari bilan o’tkaziladi. O’quvchilarning talabiga ko’ra, darsda boshlangan ishlarning davomini dasrdan tashqari vaqtga ko’chirish mumkin. O’quvchilar bilan o’tkaziladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarni oldin ularning talabiga ko’ra, so’ngra yechiladigan misol, masalalar, o’yin va qiziqishning ortirishga qarab oyida ikki marta sistemali o’tkazib turish mumkin.
Chunki dasturni bajarishda bunday qiziqarli masalalarni yechish, o’yinlarni tashkil qilish, topishmoqlar topish, tez xisoblash mashg’ulotlarni darsda ko’proq o’tkazishga imkoniyat yo’q.
Tajribalar bizni shu narsaga ishontiraki, o’quvchilar qiziqarli matematika soatlarida odatdagi darslarga qaraganda, kamroq charchaydilar va ko’tarinki raxbar o’rinbosari bilan ishlaydilar.
Bunday mashg’ulotni tashkil qilish va jixozlash qiziqarli va ravshan bo’lishi kerak. Bu masalalarda qiziqarli matematikaga doir ko’rsatma qurollar sanash jadvallari, figuralarn isanash, plakat formasidagi o’yinlar, stolustida o’ynaladigan o’yinlar, labirintlar, kartondagi geometric figuralar yasash, krossvordlar va boshqalar o’quvchilarga katta yordam beradi.
Mashg’ulotlarni o’tkazishga ketadigan vaqt ularga quyilgan maqsadga qarab aniqlanadi. Agar o’quvchilar bilan uchrashish dasrdan keyin o’tkazilsa va o’zoldiga biror o’yin bilan tanishish maqsad qilib ko’yilgan bo’lsa, bu xolda bunday mashg’ulotga dastlabki paytlarda 10-15 minut vaqt yetarli bo’ladi. O’quvchilar o’yin bilan tanishgandan keyin, odatda ular ko’pincha o’zlari ota-onalari, aka-ukalari va boshqalar bilan xam shunday o’yinni bajaradilar, ya’ni ularni xam jalb qiladilar.
Mashg’ulotlar murakkablashib ketsa, uni o’tkazish uchun taxminan bir soat vaqt ajratish mumkin. Materiallar xamma vaqt o’quvchilarning xisoblash malakalarining olishiga muvofiqqilib tanlanadi, masalalarga kelganda esa, ular shu sinf uchun programmada ko’rsatilgan masalalarning ko’rinishi va tipiga qaraganda boshqacharoq bo’lishi xam mumkin. Ziyraklik masalalari esa buchegadan chetga chikishi va shuning bilan birga masala yechishni o’rganishga muvaffaqiyatli yordam berishi mumkin.
Download 41.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling