Matn ma’lum fikrlar yig‘indisi hisoblangan nutq, nashrdan chiqqan asardir. U o‘ziga xos asar hisoblanishi va mazmunga (ilmiy, rasmiy, badiiy va hokazo) yoki hujjat xarakteriga ega bo‘ladi. Matn ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dialogik va monologik. Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat. Dialogik matnning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari. - ikki yoki undan ortiq kishining nutqiy muloqoti, suhbat;
- adabiy – badiiy matn komponenti, asardagi personajlarning nutqiy muloqot iberilgan o‘rinlar. Hozirgi zamon prozasirivoya, tavsif va dialog dan tarkib topadi; zamonaviy epikasarlarda dialog salmog‘ining ortish ikuzatiladiki, bunga turlararo sintezlashuv, badiiy adabiyotning boshqa san’atlar bilan o‘zaro aloqasi natijasi sifatid aqarash mumkin;
- falsafiy – publisistik mazmun yo‘nalishidagi janr, unda qo‘yilgan masala bir necha kishining suhbati shaklida muhokama etiladi. Dialog janriga antic davrning Suqrot, Aflotunsingari mutafakkirlari asos solganlar.
Monologik matn. Monolog ( yunon. monos – yakka, logos – so‘z ) - yakka shaxsning ayni paytda javob berilishini talab qilmaydigan, o‘zgalar replikalari bilan bo‘linmagan nutqi. Monolog og‘zaki shaklda ( turli yig‘inlardagi nutq, ma’ruza, hisobotlar) ham, yozma shaklda ( publisistika, memuarlar va h. ) ham keng qo‘llanadi. Badiiy adabiyot damonologlar dan turli maqsadlarda foydalaniladi. Ayniqsa, dramatic asarlar damonologlarning badiiy – estetik vazifalar doirasi ancha keng. Tavsifiy (monologik) matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi. Matn tarkibi bir necha turga bo’linadi. - Badiiy matnlar
- Argumentativ matn
- Ilmiy matn
- Multimodal raqamli matnlar
- Intertekslar
- Unimodal raqamli matnlar
- Epistolyar matn, maktub yoki xat
- Huquqiy matn
- Normativ matn
- Texnik matn
Do'stlaringiz bilan baham: |