Reja: mavzu: мurakkab psixik jarayonlar хоtira haqida tushuncha Таfakkur haqida tushuncha
Download 336.83 Kb.
|
3-mavzu. Murakkab psixik jarayonlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- ХОТИРА
Reja:MAVZU: МURAKKAB PSIXIK JARAYONLAR 1. Хоtira haqida tushuncha 2. Таfakkur haqida tushuncha 3. Таfakkur jarayonlari, shakllari, turlari 4. Intellekt va kreativlik haqida tushuncha ХОТИРАXotira - inson psixikasida, ongida avvalgi tajriba, uning ayrim elementlarini mustahkamlash, saqlash va keyinchalik aks etishidan iborat psixik aks etishning bir shaklidir. V.P.Каshirish, V.А.Slastyonin “Psixologiya I pedagogika” М-2007, 87 b. Ongimizda aks ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlash va keyinchalik tiklash (esga tushurish) dan iborat bo’lgan aqliy faoliyat xotira deyiladi. P.I.Ivanoov “Umumiy psixologiya” Т-1967, 166 b. Хоtira — bu tajribamizga aloqador har qanday ma’lumotni eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bilan bog’liq murakkab jarayondir. Xotira har qanday tajribamizga aloqador ma’lumotlarning ongimizdagi aksidir. V.Каrimova “Psixologiya” Т-2002, 96 b. Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Biz har kuni yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bilimlarimiz boyib boradi. Xotira faoliyatida shaxsning gʻoyaviy yoʻnalishi katta oʻrin egallaydi. Bu yoʻnalish uning faoliyatini hayot sharoiti ta’sirida shakllantiradi. Kishi oʻzining shu faoliyati uchun muhim boʻlgan voqea, hodisalarni yaxshi eslab qoladi. Aksincha, kishi uchun kam ahamiyatga ega boʻlgan narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutib yuboriladi. Shu oʻrinda xotira borasidagi ta’riflarga qaytsak, koʻpgina adabiyotlarda xotira tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi. "Indvidning oʻz tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi". Lekin mazkur ta’riflarni tahlil qilgan professor E.Gʻ.Gʻoziev tomonidan xotira tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi. "Xotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yoʻl bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda tanish hissidan iborat psixik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yoʻnaltirilgan mnemik faoliyatdir". Хоtira jarayonlari Esda olib qolish Esga saqlash Esga tushirish Esda olib qolish Аssotsiativ (mexanik) esda qoldirish Logik (ma’nosini tushunib) esda qoldirish Yondoshlik assotsatsiyasi O’xshashlik assotsatsiyasi Qarama-qarshilik (kontast) assotsatsiyasi Download 336.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling