Reja: mavzu: мurakkab psixik jarayonlar хоtira haqida tushuncha Таfakkur haqida tushuncha


Download 336.83 Kb.
bet6/17
Sana16.06.2023
Hajmi336.83 Kb.
#1505414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
3-mavzu. Murakkab psixik jarayonlar

a) ixtiyoriy esda qoldirish;
b) ixtiyorsiz esda qoldirish.
Ixtiyorsiz esda qoldirishda oldindan maqsad qo’yilmaydi, mavzu tanlanmaydi va iroda kuchi sarflanmaydi. Oʻzining goʻzalligi, hissiy ta’sirchanligi, hajmi, harakatchanligi, tezligi, shakli va boshqa xossalari bilan farq qiladigan narsa va hodisalar ixtiyorsiz esda qoladi. Masalan, tasodifiy hodisalar, yoqimli musiqa ixtiyorsiz esda qoladi.
Ixtiyoriy esda qoldirishda esa oldindan maqsad qoʻyib mavzu belgilanadi. Masalan, dars materiallarini esda olib qolish, imtihonga tayyorlanish va boshqalar. Ixtiyoriy esda qoldirishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi:
-maqsad qoʻyish, masalan, institutga kirish oldidagi maqsad;
-oʻquv materiallarini tushunib esda qoldirish;
-esda qoldirishning rasional usullaridan foydalanish, masalan, esga tushirish yoʻli bilan esda qoldirish.
Beixtiyor esda qoldirishda qiziqish katta rol oʻynaydi. Bizning oldingi tajribamiz bilan bogʻliq narsa va hodisalar beixtiyor oson esda qoladi. Biz ba’zi bir faktlarni bilsak, ular haqida tushunchaga ega boʻlsa, shu faktlarga tegishli boʻlgan hamma narsalar oson esda qoladi.
Ixtiyorsiz esda qoldirish inson hayotida katta ahamiyatga ega boʻlib, undan ortiqcha harakat talab qilmagan holda hayotiy tajribalarni kengaytiradi va boyitadi. Biroq ixtiyorsiz esda qoldirish tez boʻlsa ham koʻpincha noaniq boʻladi, bunday esda olib qolingan narsa va hodisalar keyinchalik yanglish esga tushiriladi.
Ixtiyoriy esda qoldirish koʻzda tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan materialni esda qoldirishdir. Kishi ixtiyoriy esda qoldirish uchun esda saqlashning maxsus usullarini saqlagan holda materialni puxta esda qoldirish uchun oʻzining kerakli kuchini sarf qiladi. Ammo mexanik esda saqlanishni ma’noli esda saqlash bilan qoʻllanilishi foydalidir.
Jahon psixologiya fani toʻplagan ma’lumotlarga qaraganda oʻzlashtirilayotgan materialni mexanik tarzda egallashga nisbatan uning ma’nosini tushunib oʻzlashtirish bir necha marta mahsuldordir.

Download 336.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling