Reja: mavzu: мurakkab psixik jarayonlar хоtira haqida tushuncha Таfakkur haqida tushuncha


Download 336.83 Kb.
bet8/17
Sana16.06.2023
Hajmi336.83 Kb.
#1505414
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
3-mavzu. Murakkab psixik jarayonlar

Esda saqlash deganda ilgari tugʻilgan taassurot, fikr, his-tuygʻu va ish-harakatlarning takrorlanishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishi tushuniladi. Bunga sabab asab tizimining egiluvchanligidir. Shuning uchun asab tizimi ilgari boʻlib oʻtgan taassurotlarni takrorlashga tayyor turadi. Faqat esga tushirish uchun qulay sharoit boʻlsagina esga tushadi. Bunday sharoit boʻlmaganda zarur materialni ixtiyoriy eslash jarayoni qiyinlashadi.
Unutilgan narsalarni yana xotirada qaytadan tiklanishi reminissensiya hodisasi (xira esga keltirish) deyiladi. Bu hodisaning sababi shuki, uzoq vaqt bir ish bilan mashgʻul boʻlganda miya charchashi yuz beradi. Charchash haddan tashqari oshishi natijasida nerv xujayralarida tormozlanish yuz beradi. Materialni esda qoldirilgandan keyin 12 soat ichida esga tushirilsa, materialning koʻp qismi unutiladi. Materialni oʻqib oʻrganib olingandan keyinoq uni yaxshi xotirlay olmay, ammo oradan bir necha vaqt oʻtgandan keyin uni toʻla xotirlay olishlikning sababi materialni oʻqib, oʻrganib olishda roʻy beradigan charchashdir.
ХоTIRA тIPLARI
So’z mantiqiy xotira
Оbrazli xotira
Ko’ruv xotirasi
eshituv xotirasi
harakat xotirasi
Хоtira turlari
Коgnitiv xotira
Emotsional xotira

ТАFАККУR


Таfakkurinson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi a’zolarimiz bilan bevosita aks ettirib boʻlmaydigan narsa va hodisalarni ongimizda aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar oʻrtasida koʻz bilan koʻrib, quloq bilan eshitib boʻlmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar mavjud. Ana shu ichki bogʻlanish hamda qonuniyatlarni biz tafakkur orqali bilib olamiz. Demak, tafakkur deb narsa va hodisalar oʻrtasidagi eng muhim bogʻlanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi.
Tafakkur jarayonlari
Tafakkur jarayoni insonning bilishga boʻlgan ehtiyojlari, tevarak-atrofdagi olam va turmush toʻgʻrisidagi oʻz bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga intilish sababli vujudga keladi. Fikr qiluvchi kishining tafakkuri-ob’ektni anglashi, bilishi tafakkur jarayonining xarakterli xususiyatidir. Odam oʻzi idrok qilayotgan narsalar toʻgʻrisida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir sinfi, turkumi toʻgʻrisida fikr qiladi, ya’ni bular tafakkurning ob’ekti boʻladi. Bir narsaga tayanmagan quruqdan quruq tafakkur boʻlishi mumkin emas.
Analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash va umumlashtirish, tasniflash va tizimga solish aqliy operasiyalarning asosiy turlaridir.
Analiz - shunday bir tafakkur operasiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz. Analiz jarayonida butunning uning qismlariga va elementlariga boʻlgan munosabati aniqlanadi. Tahlil ob’ektlari amalda ajratib boʻlmaydigan elementlarga yoki belgilarga boʻlishda ifodalanishi mumkin. Allomalarimizning ta’kidlashicha, maymunning yongʻoqni chaqishining oʻziyoq boshlangʻich, oddiy analizdir. Oʻquvchi va talaba yoshlar turmushda va va dars jarayonida analiz yordami bilan koʻpgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar, misol va masalalarni yechadilar. Demak, tabiat va jamiyatdagi bilim va tajribalarni inson tomonidan oʻzlashtirib olish analizdan boshlanadi.
Sintez - shunday bir tafakkur jarayonidirki, biz narsa va hodisalarning analizda boʻlingan, ajratilgan ayrim qismlarini, boʻlaklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlari va boʻlaklarini bir butun qilib hoʻshishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta’rifdan koʻrinib turibdi. Analiz aqliy boʻlgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, birinchi sinf bolasi oʻz harf xaltasidagi keltirilgan harflardan foydalanib, boʻgʻin, boʻgʻinlardan soʻz, soʻzlardan gap, gaplardan qisqa axborot, undan esa hikoya tuzadi.

Download 336.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling