Reja: mavzu: мurakkab psixik jarayonlar хоtira haqida tushuncha Таfakkur haqida tushuncha


Download 336.83 Kb.
bet13/17
Sana16.06.2023
Hajmi336.83 Kb.
#1505414
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
3-mavzu. Murakkab psixik jarayonlar

Shakliga ko’ra

Ko’rgazmali-harakat, ko’rgazmali-obrazli,

Topshiriq xarakteriga ko’ra

Nazariy, amaliy, ixtiyorsiz, ixtiyoriy

Fikr yoyiqligiga ko’ra

Konkret, abstrakt, realistik, autistik intuitiv, diskursiv

Fikrning originallik darajasiga ko’ra

Reproduktiv, produktiv, ijodiy, vizual, fazoviy

V.Karimovaning "Psixologiya" oʻquv qoʻllanmasida tafakkur turlari quyidagicha klassifikasiya qilinadi.

Tafakkur turlari

Shakliga ko’ra

Ko’rgazmali-harakat, ko’rgazmali-obrazli, mantiqiy

Ko’riladigan masalaning xarakteriga ko’ra

Nazariy, amaliy

Ijodiylik elementiga ko’ra

Konvergent, divergent

Yangiligi va noyobligiga ko’ra

Reproduktiv, produktiv (ijodiy)

Koʻrgazmali-harakat tafakkur turi.Koʻrgazmali-harakat tafakkur turiga psixologik adabiyotlarda quyidagicha ta’riflar uchraydi. Jumladan, V. Karimova tomonidan koʻrgazmali-harakat tafakkuri odamning real predmetlar bilan ish qilayotgan paytda fikrlash jarayonini nazarda tutadi. "Psixologik lugʻatda" koʻrgazmali harakatli tafakkur amaliy tafakkurning bevosita idrok qilayotgan narsa va hodisalar haqida harakatlar yordami bilan amalga oshiriladigan fikrlash turi, deb tavsiflanadi.
Koʻrgazmali-obrazli tafakkur turi ham psixologik adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. "Psixologik lugʻat"da ta’riflanishicha u konkret tafakkurning bevosita idrok qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashdan iborat boʻlgan turi. Professor E.Gʻoziev fikricha, bevosita idrok qilinayotgan predmetlar emas, balki faqat tasavvur qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashdan iborat tafakkur turi koʻrgazmali-obrazli tafakkur deb ataladi. V.Karimova tomonidan koʻrgazmali-obrazli tafakkur esa koʻrgan kechirgan narsalar va hodisalarning aniq obrazlari koʻz oldimizda gavdalangan chogʻda ularning mohiyatini umumlashtirilib bilvosita aks ettirishimizdir, deb talqin qilinadi. Tafakkurning mazkur koʻrinishi 4-7 yoshgacha boʻlgan bolalarda namoyon boʻladi. Bogʻcha yoshidagi bolalarda koʻrgazmali-obrazli tafakkur bosqichiga oʻtgandan soʻng ham saqlanib qoladi, lekin u oʻzining yetakchi rolini yoʻqota boshlaydi.
Koʻpincha ixtiyoriy tafakkur jarayoni mulohaza, muhokama, isbotlash, gipoteza kabi shakllarda namoyon boʻladi. Masalan, matematika, fizika, kimyo, psixologiya va boshqa fanlardagi misol va muammolarni yechish jarayoni. Bundan tashqari ixtiyoriy tafakkurga mantiqiy yoki nazorat (kontrol) tafakkuri ham kiradi. Moddiy borliqni adekvat aks ettirish, fikr yuritish, tanqidiy va sinchkov boʻlishni taqazo etadi. Binobarin, narsa va hodisalarni atroflicha bilish uchun ob’ektiv baho berish zarurati tugʻiladi, bu esa oʻz navbatida fikr yuritish koʻlami keng, analitik-sintetik faoliyat doirasi mustahkam boʻlishini talab qiladi.

Download 336.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling