Reja: mavzu: мurakkab psixik jarayonlar хоtira haqida tushuncha Таfakkur haqida tushuncha


Download 336.83 Kb.
bet12/17
Sana16.06.2023
Hajmi336.83 Kb.
#1505414
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
3-mavzu. Murakkab psixik jarayonlar

Induktiv xulosa chiqarish - bu xulosa chiqarishning shunday mantiqiy usulidirki, bunda bir necha yakka va ayrim hukmlardan umumiy hukmga oʻtiladi, yoki ayrim fakt va hodisalarni oʻrganish asosida umumiy qonun va hoidalar yaratiladi. Masalan, temir elektr tokini oʻtkazadi, poʻlat elektr tokini oʻtkazadi, mis elektr tokini oʻtkazadi, ruh elektr tokini oʻtkazadi. Demak, barcha metallar elektr tokini oʻtkazadi, degan umumiy xulosa chiqaramiz.
Deduktiv xulosa chiqarishda umumiy va yakka hukmlardan yakka yoki juz’iy hukm keltirib chiqariladi. Misol uchun barcha metallar elektr tokini oʻtkazadi. Temir metaldir. Demak, temir ham elektr tokini oʻtkazadi.
Analogiya xulosa chiqarishning shunday shaklidirki, bunda biz ikki predmetning ba’zi bir belgilari oʻxshashligiga qarab, bu predmetlarning boshqa belgilarining oʻxshashligi toʻgʻrisida xulosa chiqaramiz. Analogiya deb narsa va hodisalarning bir-biriga oʻxshash boʻlgan ba’zi belgilariga qarabgina hukm yuritishdan iborat xulosa chiqarish shakliga aytiladi. Analogik usulda chiqarilgan xulosa chin, taxminiy hamda yolgʻon boʻlishi mumkin. Fikr yuritishning bunday shakli koʻpincha yosh bolalarga xos xususiyatdir.
Tushunchalar- Tafakkur tushunchalar shaklida ifodalanadi. Tushuncha deganda biz narsa va hodisalarning eng muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishni tushunamiz. Tushunchalar hukmlardan tarkib topadi. Shu sababli tushunchaning mazmunini ochib berish uchun bir qancha hukm yurtishga toʻgʻri keladi. Masalan, odam ongli mavjudotdir degan tushunchani oladigan boʻlsak, bu yerda odamning eng muhim xususiyati uning ongliligi ekani qayd qilinyapti.
Psixologiya fanida tafakkur turlari topshiriq xususiyatiga, fikr yoyiqligiga, fikrning originallik darajasiga qarab, quyidagicha shartli klassifikasiya qilinadi.
Professor E.Gʻ.Gʻozievning "Umumiy psixologiya" darsligida tafakkur turlari quyidagicha klassifikasiya qilinadi:

Tafakkur turlari


Download 336.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling