Xalqaro mehnat migratsiyasi donor mamlakatlar (ishchi kuchi eksportyorlari) va retsipiyent mamlakatlar (ishchi kuchi importyorlari) ning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy va salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Retsipiyent mamlakatlar iqtisodiyoti uchun ijobiy tomonlari:
1.
- iqtisodiyotdagi tarkibiy, tarmoq va boshqa o'zgarishlar osonlashadi;
2.
- qabul qilingan ishchilar va mutaxassislarni tayyorlash uchun xarajatlarni sezilarli darajada tejashga erishiladi;
3.
4.
- immigrantlar ichki bozor hajmini oshiradilar;
5.
6.
- immigrantlarning vaqtinchalik bo‘sh turgan mablag‘lari, qabul qiluvchi davlat tomonidan o‘z iqtisodiyoti uchun moliyalashtiriladi.
Retsipiyent mamlakatlar iqtisodiyoti uchun salbiy tomonlari:
1.
- mamlakatning iqtisodiy tarmoqlari xorij ishchi kuchlariga qaram bo‘lib qoladi;
2.
- ichki ishchi kuchining bahosi pasayadi va xorij ishchi kuchining taklifi oshib ketadi;
3.
- tub aholi bilan immigrantlar o‘rtasida turli ziddiyatlar paydo bo‘lishi va natijada mamlakatlararo nizolar ham paydo bo‘lishi mumkin;
4.
- immigrantlar mehnat faoliyatini olib borayotgan mamlakatda uzoq va qiyin moslashadilar.
Donor mamlakatlar iqtisodiyoti uchun ijobiy tomonlari
emigratsiya mamlakat mehnat bozorini ancha yumshatadi;
emigrantlar tekinga yangi mutaxassisliklarni o‘zlashtirishadi;
ishchi kuchi eksporti – valyuta kirib kelishining asosiy manbai bo‘lishi bilan birga ularning oila a'zolari turmush darajasi ko‘tarilishining yo‘llaridan biri;
donor mamlakatlar o‘z fuqarolarining xorijda ishlashini tashkillashtiradigan vositachi firmalardan davlat byudjetiga soliqlar undiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |