Reja: Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi


Rahbarning sifat xislatlarini belgilovchi mezonlar


Download 110.93 Kb.
bet20/33
Sana13.09.2023
Hajmi110.93 Kb.
#1677399
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
Bog'liq
14-mavzu. Menejerni rahbarlik uslubi va madaniyati. Reja Meneje-hozir.org

Rahbarning sifat xislatlarini belgilovchi mezonlar
ko’p. Biroq quyidagi ijobiy xislatlar ular
orasida alohida mavqega ega:
Dovyuraklik — bunday rahbarda mardonavorlik, botirlik, dadillik mavjud bo’ladi. Ular
omadsizlikdan qo’rqmaydi. Qo’rquv ularni jasoratga chorlaydi va zafarlarga olib keladi. Har bir
yangi harakatni taraqqiyotga va hayotiy tajribalarga erishtiradi.
Sabrlilik 
— bunday rahbar muvafaqiyatga birdaniga erishish mumkin emasligini yaxshi
tushunadi. Unga faqat bardosh va sabr-toqatli bo’lib, sabot-matonat bilan qiyinchiliklarni yengish
orqali erishish mumkinligini biladi. Chidam, sabr to’g’risida Abdullo Avloniy shunday degan edi:
Sabr shunday bir kuchli narsadirki,

g’azabni shijoatga,

kattalikni tavozega (kamtarlikka)

yomonlikni yaxshilikka aylantirmakka quvvati yetar.
Bir hakimdan so’radilar: “Odamlarni o’zingdan uzoqlashtirmaslikning chorasi nima?” U dedi:
“Chidam va muloyimlik”. Yana undan: “Mushkul narsalarni qanday hal qilsa bo’ladi?” deb
so’radilar. U yana “Chidam va muloyimlik bilan!” deb javob berdi.
Yaxshi niyatlik 
— bunday rahbar xayrixoh va iltifotli bo’ladi, kishilarga nisbatan doimo
yaxshi niyatda bo’ladi. O’zidagi qanoatsizlikni g’irrom raqobatchilik yo’li bilan emas, balki
xayrixohlik yo’li bilan bartaraf qilishga harakat qiladi. Uning hayotidagi shiori hasad emas, balki:
Birni ko’rib shukur qil, birni ko’rib fikr qil” — degan shiordir. 
SHu o’rinda quyidagi hikmatli so’zlarni ta’kidlash o’rinlidir. Uch dardga davo yo’qdir:
• dangasaliqdan kelgan kambag’allikka;
• hasaddan tug’ilgan dushmanlikka;
• xo’jayinliqdan kelib chiqqan kasallikka.
Sog’lom

shubhalilik — 
bunday rahbar ko’pincha “har narsada shubhada bo’l” degan shiorga
amal qilsada, biroq nosog’lom shubha — bu xoin, u kishilarni urinib ko’rishdan qo’rqitib,
erishishlari mumkin bo’lgan yaxshi narsalardan mahrum etilishini biladi. Shu bilan bir qatorda ular
o’z kuchiga ishonish, unga sog’lom shubha bilan qarash ishchan masuliyatli qarorlarni qabul
qilishga chorlashini, ularni bajarish yo’lida kishi kuchiga kuch qo’shishni yaxshi tushunishadi.
Kamtarinlilik
— bunday rahbar kamtarlikning deyarli har doim iste’dodga to’g’ri mutanosib
ekanligini, kamtarlikni yetishmasligi esa nodonlikning darakchisi ekanligini yaxshi tushunadi. Ular:
Kamtarlik — jasorat toji”.
Kamtarga kamol, manmanga — zavol”.



Kamtarlik ko’kka ko’tarar, manmanlik yerga kiritar”. 


Kamtar kerilmaydi, mol-dunyoga berilmaydi”.
Kamtarlik a’lodir, mag’rurlik balodir”.
kabi xalq maqollariga rioya qilishadi. Ular kamtarin rahbarning:
• o’zini boshqalardan ustun qo’ymasligini;
• ilmu-fan yoki mehnat sohasidagi yutug’i bilan mag’rurlanmasligini;
• katta-kichikni birdek hurmat qilishini;
• odamlar og’irini yengil qilishini;
• xushmuomala bo’lishini;
• qanday davrada bo’lmasin doimo o’zini oddiy tutishini;
• shonu-shuhratga uchmasligini yaxshi anglashadi.

Download 110.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling