Reja: Mexanik ishlov berishda bazalar va bazalash haqida tushuncha. Detal yuzalarining turlari


Download 201.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana21.06.2023
Hajmi201.17 Kb.
#1645744
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 курс МСТА 3 маъруза (1)



3-ma‘ruza. Mexanik ishlov berishda zagotovkalarni bazalash asoslari 
 
Reja: 
1. Mexanik ishlov berishda bazalar va bazalash haqida tushuncha. Detal 
yuzalarining turlari.
2. Bazalar klassifikatsiyasi. Bazalar birligi va qo‘shilishi tamoyillari.
3. Bazalarni tayyorlash va almashtirish. Texnologik va o‘lchov 
bazalarini tanlash asoslari.
Tayanch sо’zlar: baza, yig’ish bazasi, кonstruktorlik baza, texnologik baza, 
o‘lchov bazasi, o‘rnatish, olti nuqta, еrkinlik daraja, ochiq baza, yashirin baza, 
bazalar birligi prinsipi, bazalar doimiyligi prinsipi, bazalar almashuvi, bazalar sinfi. 
 
1. Mexanik ishlov berishda bazalar va bazalash haqida tushuncha. Detal 
yuzlarining turlari 
 
Bu bazalar sinfi ochiq va yashirin bazalarga farqlanadi (3.1-rasm). 
- Ochiq baza-zagotovkani yoki mahsulotni real yuza, belgilanuvchi chiziq 
yoki chiziqlar kesishgan nuqtasi kо’rinishidagi bazalarga tushuniladi (3.1-rasm, 
ochiq baza Ι-yassi sirt). 
- Yashirin baza-zagotovkaning yoki mahsulotning hayoliy tasavvurimizdagi 
yuza, о’q, nuqta kо’rinishidagi bazaga tushunamiz (3.1-rasm, yashirin bazalar; ΙΙ 
va ΙΙΙ- hayolan o‘tkazilgan simmetrik tekisliklar). 
3.1-rasm 
Masalan, 3.1-rasmda: I-ochiq о’rnatuv bazani bildiradi; II-yashirin 
yо’naltirgich bazani va III-yashirin tayanch bazani bildiradi. 


 
2. Bazalar klassifikatsiyasi. Bazalar birligi va qo‘shilishi tamoyillari 
 
Zagotovkalarga aniq ishlov berish uchun texnologik bazalarni tayinlashda 
shunday yuzalarni qabul qilish kerakki, qaysilar bir vaqtning о’zida detalning ham 
konstruktorlik, texnologik va ham о’lchov bazasi bо’lib xizmat qilsin va 
mahsulotlarni yig’ishda ham baza sifatida ishlatilsin, shunda bazalar birligi 
prinsipiga amal qilgan bо’lamiz, bazalash xatoligi ham nolga teng bо’ladi. 
Zagotovkalarni ishlashda texnologik, konstruktorlik va о’lchov bazalarni bir 
yuzadan olish, ishchi chizmada qо’yilgan о’lchamlar bо’yicha konstruktor 
tomonidan kо’zda tutilgan о’lcham uchun dopusk maydonini hammasini ishlatish 
bilan amalga oshiriladi. 
Agarda texnologik baza, konstruktorlik yoki о’lchov baza bilan bir yuzada 
yotmasa, texnolog, ishchi chizmada konstruktorlik yoki о’lchov bazalardan 
qо’yilgan о’lchamlarni, bevosita texnologik bazadan qо’yilgan texnologik 
о’lchamlarini ishlash uchun qulayroq bо’lgan о’lchamlar bilan almashtirishga 
majbur bо’ladi. Bu holda zagotovkani tegishli о’lchamlik zanjirlarining va 
konstruktorlik 
bazadan 
qо’yilgan 
dastlabki 
о’lchamlarini 
dopusklar 
maydonlarining uzayishi sodir bо’ladi, texnologik bazani konstruktorlik baza bilan 
va ishlanuvchi yuzalar bilan bog’lovchi, ya’ni kiritilgan oraliq о’lchamlari orasida 
taqsimlanadi. Natija oxirida, bu zagotovkalarni ishlashda ushlanuvchi о’lchamlari 
dopusklariga bо’lgan talabchanlikni oshirishga, ishlov berish jarayonini 
qimmatlashuviga va uning unumdorligini pasayishiga olib keladi. Aytilganlarni 
quyidagi misol bilan tasvirlab berish mumkin. 

Download 201.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling