Reja: Mexanik ishlov berishda bazalar va bazalash haqida tushuncha. Detal yuzalarining turlari
Download 201.17 Kb. Pdf ko'rish
|
3 курс МСТА 3 маъруза (1)
va b11 bо’yicha о’rnatilgan dopusklar ushlanishi kerak. Agarda ishlov berishning talab etilgan aniqligini sezilarli ravishda oshirishi unumdorlikni juda ham kamayishiga va mahsulot tannarxini oshishiga olib kelsa, unda konstruktorlik baza A dan bevosita ariqchani frezalash imkonini beruvchi maxsus moslama qо’llash maqsadga muvofiq bо’lishi mumkin. Texnologik tayanch baza A yuza, bir vaqtning о’zida konstruktorlik baza ham hisoblanadi, qaysindanki, xech qanday qayta hisoblashsiz konstruktorlik о’lcham a=10+0,36 mm о’lcham bevosita ushlanadi. b о’lchamning о’zgarishi konstruktorlik о’lchamni olish aniqligiga hech qanday ta’sir qilmaydi, shuning uchun bu yerda dopuskni kamaytirish uchun keskin talab qо’yish uchun zarurat qolmaydi. 3.3, b-rasmda frezalar komplektida bir vaqtda A yuzasi bilan birga ariqchani frezalash sxemasi kо’rsatilgan. Huddi shunday, oldingi hol kabi, ariqcha texnologik baza A yuzadan ishlov beriladi (bu erda sozlanuvchi o‘lcham hisoblanadi), konstruktorlik va о’lchov bazalari bilan bir yuzada yotadi. Кonstruktorlik о’lcham a=10+0,36 mm hech qanday qayta hisoblashsiz ushlanadi va dopusklarni hech qanday qat’iy kamaytirmasdan, konstruktor tomonidan о’rnatilgan dopuskni, bu erda shuningdek o‘zgartirish talab etilmaydi. A yuzani b о’lchamga ishlov berish uchun B yuza tayanch texnologik baza bо’lib xizmat qiladi, qaysiki u ham chizmada о’rnatilgan T b =0,62mm dopusk bilan uni qat’iy cheklamasdan bajarilishi mumkin. 3.2 va 3.3 rasmlarda kо’rilgan tо’g’ri burchakli ariqchali (pozli) prizmatik zagotovka misoli kо’rsatadiki, ya’ni texnologik jarayonlarni ishlab chiqishda texnolog turli kо’rinishdagi texnologik bazalarni qо’llashi mumkin ekan. Texnologik jarayonlarning mumkin bо’lgan variantlari о’zining afzalliklariga va kamchiliklariga ega. Masalan, zagotovkalarga tayanch texnologik bazalardan ishlov berishda, konstruktorlik va о’lchov bazalar bilan bir yuzada yotmagan (3.2-rasm), о’lchamlarni qat’iy hisoblash va dopusklarni sezilarli qat’iy cheklash zarurati tug’iladi, ya’ni unumdorlikni pasayishi va ishlov berishning qimmatlashishiga olib keladi. Ammo zagotovkani tayyorlash uchun xususiylashgan moslamalar yoki asboblar talab еtilmaydi. Zagotovkalarga konstruktorlik va о’lchov bazalar bilan bir yuzada yotgan tayanch texnologik bazadan ishlov berishda (3.3,a-rasm), konstruktorlik о’lchamlarni qayta hisoblashsiz va konstruktor tomonidan berilgan dopusklarni qat’iy cheklamasdan bevosita ushlash imkoni tug’iladi, demak, ishlov berish unumdorligi ham pasaymaydi, ammo, maxsus va har doim qulay bо’lmagan moslama yaratilishi talab еtiladi. Agarda о’lchamlar konstruktorlik va о’lchov bazalar bilan bir yuzada yotgan sozlanuvchi texnologik bazadan ushlansa (3.3,b-rasm), shuningdek dopusklarni qayta hisoblash va qat’iy cheklab qо’yishga hojat qolmaydi, biroq, amallarni bajarish uchun tanlangan kesuvchi asboblar talab еtiladi. Texnologik jarayonni еng yaxshi variantini tanlash, ishlab chiqarishning konkret sharoitini hisobga olgan holda texnik-iqtisodiy hisoblashlar asosida olib boriladi. Download 201.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling