Reja: Milliy ozodlik kurashi


Download 30.36 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi30.36 Kb.
#1547861
  1   2   3
Bog'liq
Sarvarbek Jahon Tarix.


Mavzu:Jazoirda Arab qabilalarining milliy ozodlik kurashi.
Reja:
1.Milliy ozodlik kurashi.
2. Abdul al-Qodir Jazoiriy davlati.
3.,,Yosh Jazoirliklar” qo’zg’oloni
4.Xulosa.
5.Foydalanilgan adabiyotlar.

XIII asrdan beri O‘rta Mag‘ribda hukmronlik qilib kelgan Zayyaniylar Sahroi Kabir atrofidagi ko‘chmanchilar bilan hamda kuchliroq bo‘lgan qo‘shnilari – tunislik Hafsidlar va marokashlik Merinidlar bilan uzoq davom etgan kurashdan so‘ng XV asr oxirida o‘z hokimiyatlarini yo‘qotdilar. To‘xtovsiz o‘zaro urushlar oqibatida Jazoirda savdo, dehqonchilik, hunarmandchilik va shaharsozlik inqirozga yuz tutdi.


SHunga qaramasdan Yevropa mamlakatlarida Jazoir hali ham jangovar mamlakat sifatida dong taratgan va obro‘ga ega edi. Jazoir korsarlari (qaroqchilari) Yevropa davlatlarining kemalarini qo‘lga olar va hatto Ispaniya va Italiyaning portlariga hujum uyushtirardi, bu esa xristianlarning savdosiga va xavfsizligiga katta putur etkazayotgan edi. Aslida kataloniyalik, genuyalik va sitsiliyalik korsarlar ham arablardan ortda qolishmayotganligi tufayli butun O‘rta Yer dengizining G‘arbiy qismi tinimsiz dengiz janglari maydoniga aylangan edi.
XVI asr boshlarida Aragon va Kastiliyaning qiroli Ferdinand II «Afrikaga salib yurishi»ni tashkil qildi. Musulmonlarning Ispaniyadagi tayanch punkti – Granada amirligining tor-mor qilinishi (1492) bu yurishga imkoniyat yaratib berdi. 1505 yiliyoq ispanlar Jazoirning qirg‘oq shahri Mers al-Kabir portini, 1508 yili yirik Oran portini, 1510 yili qaroqchilarning Bedjay respublikasini zabt etdilar. SHu yillari ispanlar Jazoirning yana bir qator portlarini o‘lpon to‘lashga majbur qildi.
Ispanlardan ozod bo‘lishga harakat qilgan Jazoirning qirg‘oq bo‘yi aholisi jihod («muqaddas urush») bayrog‘ini ko‘targan musulmon korsarlarni qo‘lladilar. Ular ichida usmoniylardan chiqqan g‘ozi (din yo‘lida kurashchi) Aruj katta obro‘ga ega edi. Asli Mitilin (Lesbos) orolidagi slavyan-grek oilasidan chiqqan bu shaxs G‘arbiy O‘rta Yer dengizida qaroqchilik bilan shug‘ullangan, ispan kemalarini talagan va minglab morisklarni Mag‘ribga olib ketgan. Uning guruhiga yuzlab avantyuristlar kelib qo‘shiladi va eskadrasi 20 ta kemadan oshib ketadi. 1516 yili Jazor shahrini egallab, butun g‘arbiy Jazoirni o‘ziga bo‘ysundirdi. Ammo 1518 yili Telemsen qal’asini ispanlardan himoya qilish chog‘ida halok bo‘ldi.
Aruj vafotidan so‘ng Jazor korsarlari uning ukasi Xayriddin Barbarossani (Sariq saqol) o‘zlariga bosh deb tan olishdilar. Xayriddin ispanlarga qarshi kurashda yordam so‘rab Usmoniylarga murojaat qildi. Turkiya sultoni Salim I YOvuz SHimoliy Afrikada o‘rnashib olish uchun jihoddan foydalanishga urindi va Xayriddinga beylarbeyi unvonini berdi, Jazoirga yirik yanicharlar korpusini, harbiy kemalar, artilleriya va moliyaviy yordam jo‘natdi.
Turklarning yordamiga tayangan Xayriddin birin-ketin Jazoir shaharlarini ispanlardan ozod qildi, hukmronlik yillarida Ispaniya qirg‘oqlariga ettita ekspeditsiya uyushtirib, u yerdan majburan xristianlikka o‘tkazilgan 70 ming andalusiyalik musulmonlarni (morisklar) Jazoir va Tunisga olib keldi.
Xayriddindan keyin Jazoirni boshqargan Hasan posho (1544 –1552) ham otasining siyosatini davom ettirdi. Jazoir Istambulga rasmangina bo‘ysunsa-da, Hasan poshoning o‘zi deyarli mustaqil siyosat olib bordi. Port – qal’a Oran XVIII asr oxirigacha ispanlar qo‘lida saqlanib qoldi.
Xayriddin va uning vorislari davrida shakllangan Jazoirning harbiy-siyosiy tizimi XIX asr boshlarigacha o‘zgarmasdan qoldi.
XVII asr inqirozlar, korsarlar bilan yanicharlar o‘rtasida tinimsiz kurashlar, g‘alayonlar, fitnalar bilan o‘tdi. Asr boshida beylarbeyi lavozimining qisqartirilishi yanicharlarga korsarlardan o‘ch olish imkonini yaratdi. Istambuldan jo‘natilgan posholar yanicharlar qo‘lida qo‘g‘irchoq edi, xolos.
Biroq yanicharlarning hokimiyati ko‘pga cho‘zilmadi. 1671 yili qaroqchilar toifasi hokimiyatni qaytarib olishga erishdi. Korsarlar raisi navbatdagi fitnani uyushtirib, yanicharlar og‘asini hokimiyatdan ag‘dardi va korsarlar o‘zlariga yangi rahbar – dey1 sayladilar. Har ikki oyda almashgan yanichar og‘adan farqli ravishda dey bir umrga saylandi va aynan shu hol Jazoirda hokimiyatning barqarorlashuviga olib keldi. 1689 yili yanicharlar devoni va korsarlar raislari o‘zaro kelishuvga erishib, birinchi marta birgalikda dey saylashdilar. 1711 yili dey Boba Ali SHaush Porta jo‘natgan navbatdagi poshoni Jazoirdan chiqarib yubordi va posho unvonini uning o‘ziga berish lozimligiga Istambuldagilarni ishontirdi. Ayni paytda Jazoir sultonga doimiy o‘lpon to‘lashni ham to‘xtatdi.
XVII asr 60-yillari - XVIII asr boshlari Jazoir mintaqada gegemonlik uchun Marokash sultonlari va Tunis beylari bilan kurash olib bordi. Bu urushlar doimiy bo‘lmasdan SHimoliy Afrikaning siyosiy xaritasiga deyarli ta’sir qilmadi.
Jazoirning XVII asrdagi iqtisodiy rivojlanishi xalqaro aloqalari deyarli to‘liq qaroqchilik faoliyati bilan bog‘liq edi. Bu davr G‘arbiy O‘rta Yer dengizi hududida dengiz qaroqchiligi eng avjiga chiqqan payt edi. Birgina misol, 1613 yildan 1621 yilgacha, ya’ni 9 yil ichida jazoirlik korsarlar o‘zlarining tunislik «hamkasblari» bilan birga gollandlarning 447 ta, fransuzlarning 193 ta, ispanlarning 120 ta, inglizlarning 60 ta kemalarini qo‘lga olganlar. Bu yoqib yuborilgan va cho‘ktirilgan kemalarni hisobga olmaganda. Albatta savdoda asosiy «tovar» qo‘lga olingan yevropaliklar edi. Masalan, Jazoirda doimiy vakolatxonasiga ega bo‘lgan trinitariylar monaxlik ordeni XVII asr davomida 30 ming yevropalikni sotib olgan.
Mamlakat poytaxtining 100 ming aholisi bo‘lib, bundan tashqari 25–30 ming xristian asirlar ham saqlanardi. Qaroqchilik hisobidan shahar juda tez kengayib va boyib borardi.
XVIII asrda ham Jazoir Usmoniylar imperiyasining eyaleti hisoblanar, amalda suveren davlat edi. Bu asr nisbatan barqaror hokimiyat tizimi bilan xarakterlanadi. 1710 yildan 1798 yilgacha hokimiyatda bo‘lgan 10 ta deydan faqat uchtasi saroy to‘ntarishlarida o‘ldirilgan. Asr oxirlariga kelib korsarlar yana faollashdi. 1775 yili Ispaniya tomonidan amalga oshirilgan hujum yevropaliklarga hech qanday naf keltirmadi. Ispanlar bir necha muvaffaqiyatlarsiz urinishlardan so‘ng 1786 yili Jazoir deyi Muhammad ben Osman bilan tinchlik sulhi tuzishga, 1792 yili esa G‘arbiy Jazoirning bosh shahri Oranni jazorliklarga topshirishga majbur bo‘ldi.
Ispaniya bilan tuzilgan tinchlik shartnomasi Jazoirda qaroqchilik an’analarining jonlanishiga olib keldi. Jazoir korsarlari Italyan davlatlari, Prusiya va AQSHning kemalariga qator hujumlar uyushtirdilar. Mustaqillik uchun urushda g‘alaba qozongan AQSH hukumati 1795 yili Jazoir bilan tinchlik shartnomasini imzolashni, korsarlarga navigatsiya1 asboblarini etkazib berish va kontributsiya to‘lash majburiyatini olishni ma’qul topdi.
Jazoir davlatining kuchsizligi va O‘rta Yer dengizining qulay Markaziy qismida joylashganligi XIX asrning boshlarida Yevropa davlatlarining e’tiborini jalb qilayotgan edi. XVIII asrning oxirida Napoleon I ning rejalari ayniqsa katta edi.
Napoleon mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng Vena kongressi Yevropa davlatlarining ushbu hudud borasidagi kelishuvlarini ishlab chiqa olmadi. Natijada har bir davlat alohida o‘z talablarini ilgari surdi. G‘arb davlatlarining Jazoirga nisbatan siyosatlari faollashganligiga qaramasdan, 1830-yillargacha bu siyosat jiddiy natija bermadi. 1830 yili yozida Fransiya hukumati Jazoir hududiga ochiq harbiy intervensiyani boshladi. 14 iyun kuni 37 ming kishilik ekspeditsion korpus general de Burmon qo‘mondonligida Jazoir poytaxtiga yaqin bo‘lgan qirg‘oq bo‘yiga kelib tushdi. Uncha uzoq davom etmagan qamaldan so‘ng mamlakat poytaxti bosqinchilar qo‘liga o‘tdi. Jazoirning oxirgi deyi Xusayn 1830 yil 5 iyul kuni taslim bo‘ldi. Deyning o‘zi Neapolga, yanicharlari esa Turkiya va Suriyaga jo‘natildi. 1834 yili qirol Lui-Filipp Jazoirning Fransiyaga qo‘shib olinganligini va general-gubernator boshchiligida Afrikadagi fransuz yerlarining ma’muriyati tuzilganligini e’lon qildi. Ammo qirolning e’lon qilishiga qaramasdan, fransuzlar ham turklar singari Jazoir, Oran, Mostaganem, Arzev va Bejali shaharlari joylashgan dengiz qirg‘og‘idagi hududda va serhosil Mitija vodiysidagina o‘z hukmronligini o‘rnata oldilar. Mamlakatning qolgan hududini esa hali zabt etish lozim edi. Natijada Jazoirning qolgan tog‘li hududlarida yana 40 yil dahshatli janglar davom etdi. Fransuzlarga qarshi harakatlar dastlab tartibsiz xarakterda bo‘lganligi uchun tez bostirildi va foydasi kam bo‘ldi.


Download 30.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling