Reja: Milliy va jahon iqtisodiyot tushunchasi. O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o’tishi va milliy iqtisodiyotni shakllanishi. O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatga integratsiyasi davrida milliy o‘zlikning anglash masalalari


Download 25.78 Kb.
bet5/6
Sana24.12.2022
Hajmi25.78 Kb.
#1063902
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Глобал иқтисодиёт И 51 2 Джураев Дилшод

Jahon xo’jaligining shakllanishi ham bir necha bosqichlardan iboratdir.
1. (XV – XVII asrlar) – yangi yerlarning ochilishi – buyuk geografik kashfiyotlar bilan bog’liq bosqich bo’lib, asosiy savdo yo’llari Hind va Atlantika okeani orkali o’tgan. Buyuk Britaniya, Portugaliya, Ispaniya Gollandiya kabi davlatlar eng katta mustamlakalarga ega bo’lgan va jahon savdosiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan;
2. (XVIII – XIXasrlar) – xalqaro savdo dunyoning barcha mamlakatlari va regionlarini qamrab olgan davr. Xalqaro mehnat taqsimoti, jahon bozorining rivojlanishi, mexanizatsiya va mashinalashgan sanoat Yevropaning bir qancha mamlakatlari va AQSHda vujudga keladi;
3. Jahon iqtisodiyotining kengayishi( XIX asr oxiri XX asr o’rtalarini o’z ichiga oladi) bunda transport, qit’alararo aloqalar, dunyo bozorining tez rivojlanishi (etakchi davlatlar tomonidan dunyoni qayta bo’lib olinishi, kapital migratsiyasi);
4. Jahon iqtisodiyotining chuqurlashuvi (XX asr oxiridan hozirgacha) yirik mashina industriyasi, transport va dunyo bozorining birgalikda rivojlanishi, jahon xo’jaligining globallashuv, integratsiyalash jarayonlarini chuqurlashishi, yirik mintaqaviy integratsiyani vujudga kelish davri.
Har qanday jamiyatning shakllanishi va taraqqiy etishida shu jamiyatni boshqara oladigan qonunlar dasturlar muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekistonda ham jamiyat ijtimoiy – iqtisodiy xayotini yaxshilashga va erkin fuqarolik jamiyati qurishga karatilgan bir qator qonunlar qabul qilindi: “Mulkchilik to’g’risida”, “Korxonalar to’g’risida”, “Kooperatsiyalar to’g’risida”, “Ijara to’g’risida”, “Tadbirkorlik to’g’risida”, “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”, “CHet el investitsiyalari haqida”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari to’g’risida”, “Soliq solish to’g’risida”, “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”, “Raqobat to’g’risida”, “Tadbirkorlik faoliyati erkinlagining kafolatlari to’g’risida” va hokazolar kabi 600 dan oshiq qonunlar, 12 ta kodeks qabul qilindi. Kodeks bu sohalar bo’yicha qabul qilingan qonunlarni mujassamlanishidir.
O’zbekistonda iqtisodiyotning asosini tashkil etuvchi ishlab chiqarish sohasiga alohida e’tibor berildi va berilmoqda. Ushbu sohaning eng asosiy tarmog’i sanoatning an’anaviy rivojlangan turlari – qishloq xo’jalik mashinasozligi, kimyo sanoati kabilar bilan bir qatorda mutlaqo yangi sanoat sohalarini tashkil etish zarur bo’ldi. O’zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri qishloq xo’jaligi hisoblanadi. Uning asosiy bo’g’ini bo’lgan paxtachilik eng rentabelli va xaridorgirdir. SHu sababdan, kelajakda ham paxtachilikni rivojlantirish, uning tarmoq infrastrukturasida qulay, mos hajmini, salmog’ini aniqlash, shuningdek, tola sifatini tubdan yaxshilab, dunyo standarti darajasiga keltirish eng dolzarb muammodir.
3. Raqobatbardoshlilik ko’rsatkichlari
Milliy iqtisodiyotning raqabatbordoshlilik darajasi uning tabiiy resurslar salohiyati, mehnat resurslarining soni va sifati (malaka darajasi) ishlab chiqarishning texnik-texnologik modernizatsiyalashganlik darajasi, iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining takomillashganligi, davlatning iqtisodiy rivojlanish hamda islohotlar strategiyasi qay darajada ilmiy asoslanganligi va o’zgarishlar jarayonlarini hisobga olganligiga hamda boshqa bir qancha omillarga bog’liq.

Download 25.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling