Reja: Milliy va jahon iqtisodiyot tushunchasi. O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o’tishi va milliy iqtisodiyotni shakllanishi. O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatga integratsiyasi davrida milliy o‘zlikning anglash masalalari


Download 25.78 Kb.
bet3/6
Sana24.12.2022
Hajmi25.78 Kb.
#1063902
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Глобал иқтисодиёт И 51 2 Джураев Дилшод

Iqtisodiy faoliyat – u yoki bu mamlakat, butun insoniyat alohida individlari, guruhlari, ijtimoiy qatlamlarning faoliyatidir.
Iqtisodiy faoliyat – bu moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratish, xizmatlar ko’rsatish, iste’mol qilish bilan bog’liq bo’lgan xatti-harakatlardir. Bunday holatning mavjudligi tufayli, iqtisodiy faoliyat:
birinchidan u yoki bu ehtiyojlarni qondirishning ustuvor ahamiyatga egaligi;
ikkinchidan maqsadning dolzarbligi;
uchinchidan boshqa muqobil maqsadlarga qaraganda unga erishish uchun to’lanadigan haqning narxini tanlash bilan bog’liq muammoni hal etadi.
Bu uch holat iqtisodiy faoliyatning mazmunini ifodalaydi. Iqtisodiy faoliyatni o’rganishda milliy chegaralarini tanlab olish hozirgi zamon texnikasini, siyosatini rivojlanishini hamda umummilliy ko’rsatkichlarini tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Har bir davlat ma’lum bir sohani yoki umuman iqtisodiy faoliyatni muvaffaqiyatli rivojlantirishni u yoki bu sharoitlarini yaratadi. Bu o’z navbatida mamlakatning jahon iqtisodiyotida ma’lum o’rin egallashida katta ahamiyat kasb etadi.
Jahon xo’jaligi insoniyatning butun tarixi davomida shakllangan jarayondir. Jahon xo’jaligining rivojlanishi ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, turli mamlakatlar va regionlar o’rtasida savdo-moliya,ishlab chiqarish munosabatlarining muntazam o’rnatilishi, eski tosh qurollaridan eng murakkab elektron hisoblash mashinalaridan foydalanishgacha bo’lgan murakkab yo’lni bosib o’tdi.
Jahon xo’jaligi dunyodagi barcha mamlakatlar milliy xo’jaliklarining jahon iqtisodiy aloqalari orqali uzviy bog’langan va tarixan shakllangan majmuasidir.
Shunday qilib, jahon xo’jaligi yoki Jahon iqtisodiyoti doimiy o’zgarishda va xarakatda bo’ladigan, bir-biriga o’zaro ta’sir etuvchi, xalqaro aloqalarga intiluvchi milliy xo’jaliklar yig’indisidir. Jahon iqtisodiyoti haqida o’quv qo’llanmaning oxirgi boblarida batafsil to’xtalamiz.
2. O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o’tishi va milliy iqtisodiyotni shakllanishi.
1991 yil 31 avgust kuni Toshkent shaxrida Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi. Unda O’zbekistonni davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Maxsus qaror bilan O’zbekiston SSR «O’zbekiston Respublikasi», deb ataladigan bo’ldi. 1 sentyabrь-Mustaqillik kuni, deb belgilandi. O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida qonun qabul qilindi.
1991 yil 18 noyabrda O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i tasdiqlangan; ·
1992 yil 2 mart O’zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo’lib qabul qilingan; ·
1992 yil 2 iyulda O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasdiqlangan; ·
1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan; ·
1992 yil 10 dekabrda O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi tasdiqlangan; ·
1994 yil 1 iyulda O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi muomalaga kiritilgan. ·
2006 yil 25 yanvarda O’zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo bo’ldi.

Download 25.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling