Reja: Milliy va jahon iqtisodiyot tushunchasi. O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o’tishi va milliy iqtisodiyotni shakllanishi. O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatga integratsiyasi davrida milliy o‘zlikning anglash masalalari


Download 25.78 Kb.
bet1/6
Sana24.12.2022
Hajmi25.78 Kb.
#1063902
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Глобал иқтисодиёт И 51 2 Джураев Дилшод


Jahon va milliy darajadagi bozor raqobati.
Reja:

  1. Milliy va jahon iqtisodiyot tushunchasi.

  2. O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o’tishi va milliy iqtisodiyotni shakllanishi.

  3. O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatga integratsiyasi davrida milliy o‘zlikning anglash masalalari.


1. Milliy va jahon iqtisodiyot tushunchasi.
Iqtisodiyot keng ma’noda – bu bir tomondan, o’ziga xos qonunlar asosida rivojlanadigan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlarini birlashtirgan xo’jalik bo’lib, ikkinchi tomondan iqtisodiyot, yuqori mehnat unumdorligiga erishish, aholini turmush darajasini yaxshilash va cheklangan resurslardan unumli foydalanish maqsadida iqtisodiy qonunlarni o’rganish bilan shug’ullanadigan eng qadimiy fanlardan biridir.
Iqtisodiyotning 3 xil tushunchasi bor: ·
- Ishlab chiqarish munosabatlarining yig’indisi; ·
- Tuman xo’jaligi, mamlakat yoki mamlakatlar xo’jaligi yoki dunyo xo’jaligi; ·
- Iqtisodiy munosabatlarni tarmoqlararo yoki funktsional aspektlarini (tomonlarini) o’rganadigan fan tarmog’i.
“Milliy iqtisodiyot” atamasi esa keyingi yillarda “mamlakat iqtisodiyoti”, “respublika iqtisodiyoti”, “milliy xo’jalik”, “xalq xo’jaligi”, “ijtimoiy ishlab chiqarish” tushunchalarining sinonimi sifatida ilmiy adabiyotga, boshqarish va xo’jalik amaliyotiga kirib keldi.
Milliy iqtisodiyotning quyidagi xarakterli belgilari va shart-sharoitlari mavjud:
- milliy va davlat suvereniteti;
- hududiy yaxlitlik;
- iqtisodiy maydon va huquqiy muhit birligi;
- yagona to’lov vositasi – milliy pul birligi, moliya tizimi yaxlitligi;
- ichki bozorning rivojlanganligi, tashqi iqtisodiy va geopolitik munosabatlarning barqarorligi va boshqalar.
Milliy iqtisodiyot murakkab tizim sifatida tashkiliy, tuzilmaviy, resurs, institutsional va boshqa kichik tizimlar, komponentlardan tarkib topadi.

Download 25.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling