O'zbekiston respublikasining davlat madhiyasi


Download 0.71 Mb.
bet1/2
Sana24.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1394398
  1   2
Bog'liq
Davlat ramzlari



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI
O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.
Mutal Burhonov musiqasi 
Abdulla Oripov so'zi

Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot, 
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon! 
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod, 
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston, 
Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni, 
Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot! 
Istiqlol mash'ali tinchlik posboni, 
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston, 
Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon, 
Olamni mahliyo aylagan diyor!

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i — Oʻzbekiston gerbi va Oʻzbekiston madhiyasi kabi O‘zbekiston Respublikasining rasmiy davlat ramzi sanaladi. 1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini e'lon qilganidan so‘ng 1991-yilning 18-noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining VIII sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi matoda aks etgan bo‘lib, uchta asosiy gorizontal rangdor bo‘laklarga bo‘lingan. Ular: yorqin moviy, oq, yorqin yashil. Bu bo‘laklar orasini ikkita qizil rangdagi gorizontal chiziqlar ajratib turadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ramzi mamlakat hududida ilgari mavjud boʻlgan gʻoyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos boʻlgan eng yaxshi anʼanalarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy oʻzligini ham aks ettiradi.
Bayroqdagi havorang — zangori osmon va musaffo suv ramzidir. Moviy — havorang Sharqda azaldan qadrlanadi, vaqtida buyuk Amir Temur ham oʻz bayrogʻiga bu rangni tanlagan.
Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat oʻz yoʻlida baland dovonlardan oshib oʻtishi kerak. Bayroqdagi oq rang Oʻzbekiston Respublikasi tanlagan yoʻlning musaffo va charogʻon boʻlishi uchun yaxshi niyat ramzidir.
Qizil yoʻllar — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzidir.
Yashil rang — serneʼmat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda; uning ramzi ham yashil rangdir.
Yarimoy — Oʻzbekiston xalqining koʻp asrlik anʼanalariga muvofiq keladi. Yarimoy va yulduzlar musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayroqdagi 12 yulduz tasviri mukammallik belgisidir.



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling