Reja: Mohiyat tushnchasi
Ma’lumotlarning binar modellari
Download 40.16 Kb.
|
Boboqulov A. BBBT mustaqil ish
Ma’lumotlarning binar modellari
Ma’lumotlarning binar modellari – bu grafli modellar bo’lib, bunda graf cho’qqilari bir xil ma’no kasb etuvchi, oddiy atributlarni, graf yoylari esa atributlar orasidagi binar aloqalarni ifodalaydi. Binar modellarning ko’pgina turlari taklif etilgan, ular bir biridan, asosan, ular uchun qabul qilingan belgilashlar evaziga, ba’zida esa mohiyat jihatidan ham farq qiladi. Masalan, Senko binar modeli ko’p darajali model bo’lib, u ma’lumotlar bazalarini boshqarishning turli qirralarini modellashtirishga mo’ljallangan. Brachchi binar modeli ANSI/X3/SPARC arxitekturasining konseptual modeli sifatida vujudga kelgan. Abrial binar ma’lumotlar modeli esa semantik imkoniyatlarga boy, unda sun’iy tafakkur va dasturlash tillari sohalariga xos bo’lgan g’oyalar qo’llaniladi. Semantik binar ma’lumotlar bazasi tuzilmasini ifodalovchi grafga tiplar grafi deyiladi. Graf cho’qqilari toifalar, yoylari esa toifalarning binar munosabati deb yuritiladi. 2.6-rasmda ikki toifadan va ularning orasidagi binar munosabatdan iborat grafga misol keltirilgan. Binar munosabatning har bir yo’nalishiga betakror nomlar beriladi hamda ular yetishish funksiyalari deb nomlanadi. «Palata» va «Personal» toifalari orasidagi binar munosabatda «Palata» toifasidan «Personal» toifasiga yo’nalgan yetishish funksiyasi «xizmat ko’rsatiladi» deb nomlangan. Bu yo’nalishning semantikasi «Palataga personal tomonidan xizmat ko’rsatiladi» ko’rinishida talqin qilinadi. Тeskari yo’nalishdagi yetishish funksiyasi esa «xizmat qiladi», ya’ni «Personal palataga xizmat qiladi» bo’ladi. Ma’lumotlarning semantik binar modellarida binar munosabatning har ikkala yo’nalishi uchun yetishish funksiyasi aniqlangan bo’ladi. Ba’zi binar modellarda faqat bir yo’nalishdagi yetishish funksiyasi ko’rsatilishi mumkin. Bu holda, teskari yo’nalishdagi yetishish funksiyasi ko’rsatilgan yetishish funksiyasining teskarisi (inversiyasi) hisoblanadi. Agarda teskari yo’nalish tarxda keltirilmagan bo’lsa, u aniqlanmagan hisoblanadi. Binar munosabatning har ikkala yo’nalishiga umumiy nom berilgan bo’lishi ham mumkin. Yuqoridagi misol uchun bu funksiya «Personal-Palata» sifatida ko’rsatilishi va yo’nalish ko’rsatkichi tushirib qoldirilishi mumkin. Semantik binar tiplar grafining kengaytmasi ob’ektlar va ular orasidagi aloqalardan tashkil topadi. Ob’ekt toifaning mavjud qiymatiga mos keladi. Masalan, muayyan palata yoki xizmat ko’satuvchi biror personal ob’ekt hisoblanadi. Ob’ektlar ikki xil, abstrakt va konkret ob’ektlarga bo’linadi. Bu ob’ektlar orasidagi farq domen kengaytmasi (abstrakt ob’ektlar) hamda atribut kengaytmasi (konkret ob’ektlar) orasidagi farqqa o’xshaydi. Boshqacha qilib aytganda, abstrakt ob’ektlar doimo mavjud bo’ladi, konkret ob’ektlar esa ma’lumotlar bazasida ma’lum bir vaqtda mavjud bo’lishi yoki bo’lmasligi mumkin. Masalan, «26» raqami, «Тartib raqami» domeniga tegishli abstrakt ob’ekt sifatida doimo mavjud bo’ladi. Ob’ektlar, binar munosabatlarning kengaytmasi hisoblangan aloqalar bilan bog’langan bo’ladi. Har bir aloqa uchun har ikki yo’nalishdagi yetishish funksiyasining nomi ko’rsatilgan bo’ladi. Masalan, «Personal» va «Palata» toifalarining konkret ob’ektlari orasidagi yetishish funksiyalari «xizmat ko’rsatiladi» va «xizmat qiladi» nomlari bilan belgilanadi. Ikkitadan ortiq toifalar orasidagi aloqa yangi toifa kiritish yo’li bilan tasvirlanadi. Masalan, «Dars» toifasiga «O’qituvchi», «O’quvchi», «Sinf», «Vaqt» toifalarining binar bo’lmagan aloqasi mos keladi. Binar modellarda bu xil toifalarni alohida turga (ichki ob’ektlar toifasiga) ajratish taklif etiladi. Ma’lumotlarning semantik binar modellarida toifalar ob’ektlari uchun mumkin bo’lgan qiymatlarni belgilash imkoniyati mavjud. Masalan, konkret ob’ektlar sifatida fuqarolik pasportlarini qaraydigan bo’lsak, ularni seriyasining aniqlanish sohasi «Pasport seriyasi» toifasini tashkil etuvchi (lotin alfavitidagi ikki simvol ko’rinishidagi) abstrakt ob’ektlardan iborat bo’ladi. Ya’ni, fuqarolik pasporti seriyasiga, uni lotin alfavitidagi ikki simvoldan iborat bo’lishidan iborat cheklov belgilanadi. Yetishish funksiyalariga qo’yiladigan cheklovlardan biri – bu funksiyaga taalluqli chegaraviy sonlarni ko’rsatishdir. Masalan, konkret shaxs faqat bitta fuqarolik pasportiga ega yoki «Palata»ga xohlagancha (albatta, chekli sondagi) «Personal» tomonidan xizmat ko’rsatiladi. Bu xil cheklov, yetishish funksiyasi qiymatlari uchun minimal va maksimal bo’lgan sonlarni belgilovchi AFN operatori yordamida ko’rsatiladi. Masalan, AFN(1,1) – yetishish funksiyasi bitta va faqat bitta qiymatni qabul qilishini (masalan, shaxs faqat bitta fuqarolik pasportiga ega bo’lishi lozimligini), AFN(0,) – yetishish funksiyasi olib boradigan yo’nalishidagi konkret ob’ektlar xohlagancha yoki umuman bo’lmasligini belgilaydi. Yana bir cheklov turi, ikki yetishish funksiyasi orasidagi bog’liqlikni belgilash imkonini beradi. Bu cheklov bir binar munosabatga taalluqli va bir-biriga teskari bo’lgan yetishish funksiyalariga xos bo’ladi. Masalan, хizmaт ko’rsaтiladi = =inverse (хizmaт qiladi). Ushbu cheklov oshkormas ko’rinishda, ya’ni binar munosabat ifodalanayotganida uning har ikkala yetishish funksiyasi uchun bir cheklovni ko’rsatish orqali berilishi ham mumkin. Bir yo’nalish uchun f yetishish funksiyasini belgilash, unga teskari yo’nalish uchun esa INVERSE(f) ko’rinishdagi funksiyadan foydalanish ham mumkin. Ma’lumotlarning semantik binar modeli, qarab chiqilgan cheklovlardan boshqa ko’plab cheklovlarni ifodalash imkonini beradi. Bu turdagi cheklovlar bajariladigan amallarga bog’liq holda ko’rsatiladi. Ma’lumotlarning binar modellari ob’ektlar va ularning aloqalari yuzasidan bajarilgan bir qancha amallarni bajarish imkonini ko’zda tutadi. Masalan, yangi ob’ektlar hosil qilish, ikki toifa ob’ektlari orasidagi aloqani belgilash amallari shular jumlasidandir. Bundan tashqari, ko’plab toifalar ob’ektlari uchun kuchga ega bo’ladigan amallarni ham kiritish imkoni mavjud. Bunday amallardan ma’lumotlar bazalarining dasturlarini yaratishda foydalaniladi. Ma’lumotlarning binar modellarida ko’rsatilishi mumkin bo’lgan amallar sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin: ma’lumotlar bazasida muayyan toifa ob’ektini hosil qilish (GENERATE), biror toifa ob’ektini yo’qotish (KILL), ikki toifa ob’ektini muayyan binar munosabat bilan bog’lash (CONNECT), binar munosabat bo’yicha bog’liqlikni uzish (DISCONNECT), ob’ektning ma’lum toifaga taalluqligini tekshirish (IS), ikki ob’ekt orasida bog’liqlik mavjudligini tekshirish (TEST), sikl tashkil qilish (FOR, UP1, RESUME) va boshqa mantiqiy amallar. Download 40.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling