Reja: Mohiyat tushnchasi
Download 40.16 Kb.
|
Boboqulov A. BBBT mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konseptlar
tasdiqlar (predmetlar orasidagi aloqalar)ning tasviri sifatida qaralishi mumkin. Masalan, muayyan bir cho’qqi «Komil» nomli mohiyatni, boshqasi esa «Qodir» nomli mohiyatni, ular orasidagi yoy esa «Qodir Komilning ukasi» ko’rinishidagi tasdiqni aks ettirishi mumkin. Semantik tarmoq grafi ma’lumotlarning semantik binar modeli grafining nusxasiga o’xshash bo’ladi. Semantik binar model ob’ektlari semantik tarmoqlarning predmetlariga, yetishish funksiyalari yordamida belgilanadigan binar aloqalar esa tasdiqlarga mos keladi.
Semantik tarmoqlardagi axborot birligi predmet yoki tasdiq sifatida qaralishi mumkin. Masalan, «akasi bo’ladi» kabi aloqa tasdiq sifatida yoki ma’lum xususiyatlarga ega, «bu noto’g’ri» yoki «falonchi bunga ishonadi» ko’rinishdagi, predmet sifatida qaralishi mumkin. Semantik tarmoqlarda axborot ob’ektini predmet yoki tasdiq sifatida talqin etish katta muammo tug’diradi. Predmet va tasdiq atamalaridan foydalanib ma’lumotlar semantikasini ifodalash imkoniyati bir qadar cheklanganlikka olib keladi. Ma’lumotlar va model kengroq ifodalash xususiyatlariga ega bo’lishi uchun graf cho’qqilari va yoylarini toifalarga differensiatsiyalash (bo’laklash) amalga oshiriladi. Cho’qqilar toifalari ular tasvirlaydigan predmetlarga mos tarzda belgilanadi. Masalan, semantik tarmoqlardagi tizim tushunchasi to’rt toifadagi cho’qqilarni nazarda tutadi: konseptlar, hodisalar, xususiyatlar va qiymatlar. Konseptlar modellash sohasining «doimiy» elementlari sanaladi. Ular qiymatlarni belgilash uchun qo’llaniladi. Masalan, «Qodir Salomov», «Musiqa bilim yurti» va hokazo. Hodisalar tasvirlanayotgan sohada kuzatiladigan harakatlarga mos keladi. Masalan, «Qodir Salomov Erkin Karimovga imtihon topshirayapti» ko’rinishidagi harakat «imtihon topshirayapti» harakatiga mos keluvchi bitta hodisaviy cho’qqi hamda «Qodir Salomov» va «Erkin Karimov» konseptlariga mos ikki cho’qqi yordamida tasvirlanadi. Hodisa-cho’qqi va konsept-cho’qqilarni birlashtiruvchi yoylar konseptlarning hodisadagi rollariga mos keladi. Masalan, «imtihon topshirayapti» hodisasida «Qodir Salomov» agent rolini, «Erkin Karimov» esa ta’sir ob’ekti rolini o’ynaydi. Download 40.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling