Reja: Mohiyat tushnchasi


Download 40.16 Kb.
bet7/7
Sana22.12.2022
Hajmi40.16 Kb.
#1043212
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boboqulov A. BBBT mustaqil ish

Хususiyatlar konsept xususiyatlariga mos keluvchi cho’qqilar bo’ladi. Masalan, Qodir Salomovning bilim darajasi, holati, davomati va o’zlashtirishi «Qodir Salomov» konseptining xususiyatlari hisoblanadi. Qiymatlar esa xususiyatlar qabul qiladigan qiymatlar sohasiga mos keluvchi cho’qqilardan iborat bo’ladi. «Qodir Salomov» konseptining «Bilim darajasi» xususiyatiga «yaxshi» qiymat mos kelsa, Qodir Salomov yaxshi bahoga loyiq hisoblanadi.
Semantik tarmoqlar modellarida cho’qqilar tiplari bo’yicha ham farqlanadi. Ya’ni, predmetlar, belgilarni tasvirlovchi konsept-cho’qqilar va tiplarni tasvirlovchi sinf-cho’qqilar qo’llanilishi mumkin. Masalan, Qodir Salomov konsept, ShAХS esa sinf hisoblanadi. Konsept bir necha sinflarga taalluqli bo’lishi mumkin. Aytaylik, Qodir Salomov ShAХS hamda ТALABA. Shunday qilib, sub’ektning turli rollari uni turli sinflarga kiritish orqali tasvirlanadi. Masalan, Qodir Salomov ota-onasi, rafiqasi va bolalariga nisbatan ShAХS, kursdoshlari, o’qituvchilari va o’quv fanlariga nisbatan ТALABA hisoblanadi.
Sinf va konsept tushunchalari boshqa ma’lumotlar modellaridagi tip va nusxa tushunchalariga juda o’xshash. Biroq, semantik tarmoqlardagi mazkur unsurlar uchun ikkita muhim farqlanish mavjud. Birinchidan, semantik tarmoq grafida sinflar ham, konseptlar ham tasvirlanadi, boshqa ma’lumotlar modellarida tiplar tarxda keltiriladi, nusxalar esa ma’lumotlar bazasidan o’rin oladi. Ikkinchidan, ba’zi semantik tarmoqlarda bir nusxaning bir necha tipga mos kelishiga ijozat beriladi.
Sinf-cho’qqilar va konsept-cho’qqilar orasidagi farqlanish tufayli ularni birlashtiruvchi yoylar uch xil bo’lishi mumkin. Ikki konseptni birlashtiruvchi yoy tasdiqqa mos keladi, sinf va konsept orasidagi yoy nusxa (namuna)ni ifodalaydi, ikki sinfni birlashtiruvchi yoy esa binar munosabat sifatida qaraladi va o’z navbatida bu munosabat ham sinf sifatida qaralishi mumkin. 2.8-rasmda aytib o’tilganlarni tasvirlovchi semantik tarmoqqa misol keltirilgan. Bunda, «Qodir» va «Komil» – konseptlar, ТALABA va INSТIТUТ – sinflar, «aka» yoyi esa tasdiq hisoblanadi. ТA’LIM OLADI yoyi ТALABA va INSТIТUТ sinflari orasidagi binar munosabatni ifodalaydi.

2.8- rasm. Semantik tarmoqlardagi cho’qqi va yoylarning turlari.

Sinflar shajara hosil qilishi, bir-biri bilan BIROR va QISMI ko’rinishidagi aloqalar vositasida bog’lanishlari ham mumkin. Masalan, ТALABA va ShAХS sinflari orasidagi munosabat ТALABA BIROR ShAХS tarzida belgilanadi, ya’ni ТALABA sinfi ShAХS sinfi uchun qism-sinf hisoblanadi. O’QUV FANLARI BLOKI sinfi esa O’QUV FANLARI sinfining QISMI kabi tasvirlanadi.
Sinflar shajarasi bir sinf xususiyatlarini boshqa sinf meros qilib olishi uchun qo’llaniladi. Bunda, sinf o’zidan yuqorigi qatlamdagi sinf bilan BIROR tarzidagi aloqa orqali bog’langan bo’lsa, u o’sha sinfga taalluqli barcha atributlar va ularning qiymatlarini meros qilib oladi. Sinf-konsept nusxasi ko’rinishidagi aloqada esa konsept mazkur sinfning barcha atributlarini meros qilib oladi.
Semantik tarmoq modellarida butunlik cheklovlari tarmoq tuzilmasini ifodalash bilan uyg’unlashgan bo’ladi. Bular konsept yoki sinflarga taalluqli ma’lumotlardan iborat bo’ladi. Semantik ma’lumotlar modellarining ko’pchiligida konseptlar hamda sinflarni birlashtiruvchi yoylarni yoki ixtiyoriy cheklovlarni ifodalashda predikatlarni hisoblash tilidan ham foydalaniladi. Masalan, ushbu til yordamida har bir o’quv fani hech bo’lmaganda bitta talaba bilan bog’langan bo’lishi zarurligini ko’rsatish mumkin.
Semantik tarmoqlarda butunlik cheklovlari boshqa faktlarga taalluqli faktlar sifatida ham ifodalanishi mumkin. Butunlik cheklovlari yuqori qatlamdagi sinflarning boshqa xususiyatlari kabi meros qilib olinishi mumkin.
Semantik tarmoqlar modellaridagi bajariladigan amallar binar modellardagiga juda o’xshash. Ularni ikkiga, sinflar va binar munosabatlar ustida bajariladigan amallarga bo’lish mumkin.
Sinflar va ularning nusxalari ustida bajariladigan amallarning to’rt asosiy xili mavjud:

  • biror sinfga mansub nusxani yaratilishi yoki biror mavjud nusxani boshqa biror sinfga ham taalluqli qilib belgilanishini ta’minlash. Masalan, ТALABA sinfi uchun yangi nusxa ushbu nusxani yangidan yaratish orqali yoki ShAХS sinfiga mansub biror nusxaning ТALABA sinfiga ham taaluqli bo’lishini belgilash orqali kiritilishi mumkin;


  • muayyan nusxani ma’lum bir sinfga taalluqli bo’lishiga chek qo’yish yoki ushbu nusxani butunlay yo’qotish;


  • muayyan sinfga mansub barcha nusxalarni saralash;


  • muayyan nusxani ko’rsatilgan sinfga mansubligini aniqlash.


Binar munosabatlar ustida bajariladigan amallar ham to’rt xil:




  • ikki sinf orasida binar munosabatni o’rnatish;


  • ikki sinf orasidagi binar munosabatni olib tashlash;


  • binar munosabatdagi ko’rsatilgan nusxa bilan bog’langan barcha nusxalarni saralab berish;


  • ikki nusxa orasida aloqa mavjudligini tekshirish.



Download 40.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling