Reja: Molekulyar-kinetik nazariya va uning ideal gazlarda qoʻllanilishi


Download 1.05 Mb.
bet1/6
Sana03.12.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1800652
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Molekulya1


Molekulyar-kinetik nazariya asoslari. Modda miqdori
Reja:

  1. Molekulyar-kinetik nazariya va uning ideal gazlarda qoʻllanilishi

  2. Molekulyar nazariyaning dastlabki holatlari

  3. Kinetik nazariya boʻyicha ideal gazning holat tenglamasi

  4. Broun harakati. Perren tomonidan Avagadro sonining topilishi. Teng taqsimot haqidagi teorema va ideal gazning ichki energiyasi

Fizik hodisalar oʻrganilayotganda ular orasidagi oʻzaro ta‘sirnigina emas, balki bu bogʻliqlikni yuzaga keltiruvchi sabablarni oʻrganish muhimdir. Shu maqsadda fanga ilmiy tasavvur yoki gipoteza kiritiladi. Gipotezalar koʻp sonli yangi tajribalar bilan tekshiriladi. Agar tajribalar gipotezalarni tasdiqlasa, ular ilmiy nazariya boʻlib qoladi.
Moddalarning atom tuzilishi haqidagi tasavvurlar qadimdan yuzaga kelgan. Ikki ming yillar oldin qadimgi grek (yunon) faylasuflari dunyodagi hamma narsalar atomlardan tuzilgan deganlar. Bu fikr asrlar davomida koʻpgina tadqiqotchilar tomonidan har xil shakllarda tasdiqlangan va rivojlangan.
Atom tuzilishi haqidagi tasavvurlar ulugʻ rus olimi M.V.Lomonosov (1711- 1765) tomonidan ta‘riflangan.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida D.Dalton (1766- 1844), A.Avogadro (1776-1856), P.Klauzius (1822-1888), J.Maksvell (1831-1879), L.Bolsman (1844-1906) kabi olimlarning ishlari natijasida molekulyar kinetik nazariya yaratildi.
Molekulyar kinetik nazariya – issiqlik hodisalarni, jismlarning va turli agregat holatdagi moddalarning fizik xossalarini, ularning molekulyar tuzilishiga, oʻzaro ta‘siriga va zarralarning harakatiga asosan, tushuntirib beruvshi ilmiy nazariyadir.
Fizik jismlar diskret tuzilishga ega. Ular zarralardan (molekula, atom, ionlardan) tuzilgan.
1. Fizik jismlar diskret tuzilishga ega. Ular zarralardan (molekula, atom, ionlardan) tuzilgan.
Zarralarning real mavjudligi koʻp sonli tajribalarda aniqlangan omillar: moddalarning erishi, suyuqlik va qattiq jismlarning bugʻlanishi, modda hidining tarqalishi bilan tasdiqlanadi. Bularning hammasi fizik jism va moddalarning diskret tuzilishga ega ekanligidan dalolat beradi. Zamonaviy usullar yordamida olimlar koʻpgina moddalarning molekulalarini suratga olishga muvaffaq boʻldilar.
Makroskopik jismda molekulalar (atomlar) soni qanchalik koʻp boʻlsa, bu jismda shunchalik koʻp modda jamlangan boʻladi. Modda miqdorini oʻlchash uchun mol birligi kiritilgan.
Mol grammlar hisobida olingan, massasi nisbiy molekulyar massaga teng boʻlgan modda miqdoridir.
Har qanday moddaning bir molidagi molekulalar soni bir xildir.
Bir mol moddalar soniga Avogadro soni deyiladi va bilan belgilanadi: ga teng. Normal sharoitda har qanday gazning bir moli yoki ga teng hajmni egallagan. Demak, Avogadro qonuni boʻyicha birday bosim, birday haroratda teng hajmda olingan turli gaz molekulalarining soni bir xildir.
Normal sharoitda birlik hajmdagi gaz molekulalarining soniga Loshmidt soni deyiladi va bilan belgilanadi: .
Bir mol moddaning massasi molyar massa deyiladi va M bilan belgilanadi. U molekula massasining Avogadro soniga koʻpaytmasiga teng:

U holda molekula massasi boʻladi. Bu formuladan, masalan vodorod molekulasi massasi , suv molekulasi massasi ekanligi kelib chiqadi.
Jismning ixtiyoriy miqdordagi modda massasi:

bu erda: - berilgan moddadagi molekulalar soni, - mollar soni. Atom va molekulalar murakkab tuzilishga egadir. Har qaysi molekula intensivligi masofa oshishi bilan kamayadigan elektromagnit maydon bilan oʻralgan. Qandaydir masofada maydon juda kichik boʻlib qoladi. Bu masofa molekula radiusi deb atalib, molekula shar shaklida deb tavsiflanadi. Modda zichligini bilgan holda bitta molekula yoki bitta atomning hajmini topish mumkin. Masalan: bir mol suv hajmga ega ekanligidan suvning bitta molekulasi ga tengdir. Bir mol moddaning hajmi molyar hajm ( ) deyiladi.
Jism hajmi:

bu yerda ga tengdir. Har qanday fizik jism koʻp sonli zarralardan iboratdir. Masalan, bir tomchi suvda ta molekula, normal sharoitda gazda ta molekula bor.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling