Reja: Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi Soliq tizimi va uning vazifalari Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari Bank tizimi


Download 43.89 Kb.
bet4/11
Sana09.02.2023
Hajmi43.89 Kb.
#1179329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
iqtisodiy taraqqiyotda puning ro\'li

Soliq stavkasi


Progressiv soliqlar
Proportsional soliqlar

Regressiv soliqlar
Daromad hajmi

Soliqlar amal qilish doirasi (markaziy va mahalliy soliqlar), mahsulot tannarxiga qo’shilish usuli (to’g’ri va egri soliqlar) va iqtisodiy mazmuniga qarab ham turkumlanadi.


Soliqlarni pasaytirish, iqtisodiy yuksalish va davlat daromadlarining o’sishiga olib kelishini birinchi bo’lib amerikalik iqtisodchi A. Laffer asosladi. A. Lafferning mulohazalariga ko’ra, korporatsiyalar daromadiga soliqlar stavkasini haddan tashqari oshirish ularning kapital qo’yilmalariga bo’lgan rag’batini susaytiradi, fan-texnika taraqqiyotini to’xtatadi, iqtisodiy o’sishni sekinlashtiradi va bular ohiri oqibatda, davlat byudjeti tushumlariga salbiy ta‘sir ko’rsatadi.
Davlat byudjetining daromadlari va soliq stavkasi o’sishi o’rtasidagi bog’liqlikning grafikda tasvirlanishi “Laffer egri chizig’i” nomini oldi.
Bu chizma Laffer egri chizig’idir:


R




R1




V1 V
CHizmada: R - soliq stavkasi, V- davlat byudjetiga tushumlarni bildiradi, R1 - soliq stavkasining optimal miqdorini, V1 – davlat byudjetiga eng yuqori tushumni ifodalaydi.
Soliqlar oshirilganda ishlashga va tadbirkorlikka qiziqish susayadi, 100%lik soliq olishda davlat daromadi nolga teng bo’ladi, chunki hech kim tekincha ishlashni xohlamaydi. Boshqacha aytganda, uzoq muddatli istiqbolda haddan tashqari yuqori o’rnatilgan soliqlarni pasaytirish, jamg’armalar, investitsiyalar, bandlikning ortishi orqali soliq tushumlari summasi ko’payadi, davlat daromadlari hajmi o’sadi, taqchillik kamayadi va inflyatsiyaning susayishi ruy beradi. Lekin, o’z-o’zidan tushunarlikki, Laffer samarasi faqat erkin bozor mexanizmi me‘yorida amal qilgan holdagina namoyon bo’ladi.
Soliq yuki darajasini miqdoran aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi soliqlar miqdorini to’lovga layoqatlilik ko’rsatkichiga nisbati yoki soliq to’langandan keyingi daromad miqdorini to’lovga layokatlilik ko’rsatkichiga nisbati sifatida ifodalash mumkin:
Q soliq yuki = Σ Nx /P yoki
Q soliq yuki = DN / PN;
Bu yerda: Nx – aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi soliqlarning o’rtacha miqdori; DN – aholining soliqlar to’langanlan keyingi daromadi; PN – aholining to’lovga layoqatliligi.
Soliq yuki darajasini soliqlarning yalpi ichki mahsulotdagi (YaIM) salmog’i bo’yicha ham aniqlash mumkin:
Q soliq yuki = Σ N / Σ YaIM;
Bu yerda: N – soliqlar miqdori, YaIM – yalpi ichki mahsulot hajmi.



Download 43.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling