Pul bozori – bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli darajalarida pul mablag’lariga bo’lgan talab va pul taklifining o’zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.
Pul taklifi ko’p jihatdan inflyatsiya jarayonlariga ham ta‘sir ko’rsatadi. “Inflyatsiya” atamasi (lotincha “inflation” – shishmoq, kengaymoq) ilk bora Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida qo’llanilib, muomalada qog’oz pullarning haddan ortiq ko’payib ketishini ifodalagan edi. Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin keng tarqaldi.
Inflyatsiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog’liq holda qog’oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi. Inflyatsiya – bu qog’oz pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o’sishidir.
Qog’oz pul tovarlarga, oltinga va xorijiy valyutalarga nisbatan qadrsizlanadi. Inflyatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan aniqlanadi. Masalan, iste‘molchilik tovarlariga narx indeksi 2008 yilda 113,6; 2009 yilda 118,3ga teng bo’lsa, inflyatsiya sur‘ati qo’yidagicha bo’ladi:
Inflyatsiya sur‘ati = 118,3 – 113,6 x 100% = 4,1%
113,6
Kelib chiqish sabablari va o’sish sur‘atlariga qarab, inflyatsiyaning bir qancha turlari mavjud.
Talab inflyatsiyasi – iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi mahsulotning real hajmining ko’paytirib ortiqcha talabni qondira olmaydi, chunki barcha mavjud resurslar to’liq foydalanilgan bo’ladi. Shu sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi.
Taklif inflyatsiyasi – bu inflyatsiya ishlab chiqarish xarajatlari va bozordagi taklifning o’zgarishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishi keltirib chiqadigan inflyatsiya mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko’payishi hisobiga narxlarning oshishini bildiradi.
Inflyatsiyaning o’rmalab boruvchi, jadal va giperinflyatsiya kabi turlari ham mavjud: urmalab boruvchi inflyatsiya holatida narxlar yiliga 10 foizgacha, jadal inflyatsiyada 20dan 200 foizgacha, giperinflyatsiyada 200 foizdan yuqori darajada o’sishi ko’zatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |