Tijorat krediti – bu korxonalar, birlashmalar va boshqa xo’jalik yurituvchi sub‘ektlarning bir-biriga beradigan kreditlaridir.
Iste‘mol krediti – xususiy shaxslarga, hammadan avvalo, uzoq muddat foydalanadigan iste‘mol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va boshqalar) sotib olish uchun ma‘lum muddatga beriladi.
Ipoteka krediti – ko’chmas mulklar (er, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriladi. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi.
Davlat krediti – kredit munosabatlarining o’ziga xos shakli bo’lib, bunda davlat pul mablag’lari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari bo’lib chiqadi.
Xalqaro kredit – ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakatini namoyon qiladi. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi.
Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi.
So’nggi vaqtlarda kreditlashning lizing, faktoring, farfeyting, trast kabi shakllarining rivojlanib bormoqda.
Lizing – bu kreditning pulsiz shakli bo’lib, odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalashuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq yo’nab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berishdan iborat.
Faktoring – bu boshqa iqtisodiy sub‘ektlarning qarzdorlik bo’yicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlarini anglatadi.
Farfeyting – bu uzoq muddatli faktoring munosabatlari bo’lib, qarzdorlik bo’yicha huquqlarini sotib olgan bank ularni odatda 1-5 yil vaqt o’tgandan so’ng undirishi mumkin bo’ladi.
Trast – bu mijozlarning kapitallarini boshqarish bo’yicha operatsiyalarni bildiradi.
Kredit berish bir qator tamoyillariga asoslanadi. Bular quyidagilar: ssuda berishning maqsadli tavsifi, kreditning rasmiylashtirilgan muddatda qaytarilishi, ssudaning moddiy ta‘minlanganligi va to’lovliligi.
Qarzga (ssudaga) berilgan pul hisobiga olinadigan daromad foiz yoki foizli daromad deyiladi. Shu daromad (foiz)ning qarzga berilgan pul summasiga nisbatining foizda ifodalanishi foiz stavkasi yoki foiz normasini tashkil qiladi:
R’ = R x 100%;
K ssuda
Bu yerda: R’ – foiz normasi; R – foiz summasi; K ssuda – qarzga berilagn pul (kapital) summasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |