Reja: Moliyaviy natijalar auditining maqsadi va ma'lumot manbalari


Subyektning moliyaviy hisobotini o`rganish va u belgilangan muddatlarda topshirilishi ta'minlanishini tekshirish


Download 55.92 Kb.
bet3/5
Sana01.03.2023
Hajmi55.92 Kb.
#1240164
1   2   3   4   5
Bog'liq
Moliyaviy natijalar auditi uslubiyotining muammolari 2

4. Subyektning moliyaviy hisobotini o`rganish va u belgilangan muddatlarda topshirilishi ta'minlanishini tekshirish
Korxonaning asosiy vazifasi – mahsulot (ishlarni bajarish yoki xizmatlarni ko`rsatish) ishlab chiqarish va mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotilishidan istiqbolda ko`zlangan natijalarni olish - ishlab chiqarish va iste'molchilarga sotuv bozorida tovarlarni, nomoddiy xizmatlarni sotish (loyiha-tadqiqot ishlarni bajarish, transport va bank xizmatlarini ko`rsatish va boshqalar) va iste'molchilarga boshqa xizmatlarni bajarish jarayonida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish-xojalik faoliyati jarAyonida korxona ishlab-chiqarish-xojalik jarayonining turli bosqichlarida vujudga keladigan schyotlar bo`yicha to`lovlarni amalga oshirish qobiliyatiga ega bo`lishi lozim. Bu korxonani faollik bilan moliyaviy faoliyatini amalga oshirishga, investitsiya bozorlarida faoliyat ko`rsatishga undaydi. Xodimlarni boshqarish va ma'muriy faoliyat ham ishlab chiqarishning bir qismi hisoblanadi, chunki u ishlab chiqarish jarayonini qo`llab-quvvatlaydi va uning rivojlanishiga imkon yaratadi.
Korxona o`zining ishlab chiqarish faoliyati bilan yagona tizim hisoblangan jamiyatning bir qismi hisoblanadi. BU umumiy tizimning boshqa bo`g`inlaridan turli darajada qaram bo`lgan ochiq bo`g`indir, o`z navbatida, ular ushbu bo`g`inga bog`liqdirlar. Korxona bilan o`z manfaatlari va maqsadlari bilan bog`liq bo`lgan va, shu bois, unga qaram bo`lgan shaxslar, guruhlar yoki uyushmalar korxonaning o`zaro bog`liq guruhlari deb ataladi. Bular: xususiy mulkdorlar, xodimlar, moliyachilar, ta'minotchilar, Xaridorlar va umuman jamiyatdir. O`zaro bog`liq guruhlar korxonaga qo`yilmalarni amalga oshiradilar va buning uchun turli ko`rinishdagi ulush to`lovlarini oladilar. O`zaro bog`liq guruhlar ichida korxona faoliyati va uning natijalariga muayyan ta'sir ko`rsatuvchi ayrim raqobatchilar ham bo`lishi mumkin.
Ishlab chiqarish jarayonlari va pul aylanishi u yoki bu darajada vaqt bilan bog`liq. Ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan tarkibiy qismlarni sotib olish va ishlab chiqarishni o`zini tashkil etish ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan olingan daromadlardan oldin hosil bo`lishi munosabati bilan korxona rahbariyati ishlab chiqarish jarayonini korxonaning moliyaviy imkoniyatlari bilan muvofiqligini ta'minlashi lozim. Bu korxonaning moliyaviy-xojalik faoliyati to`g`risida haqqoniy xulosalar shakllantirish va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish uchun korxonada audit o`tkazishning eng muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi.
Korxonaning moliyaviy-xojalik faoliyatini o`rganishda mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotilishining hajmi ko`rib chiqiladi; ular hisobot davrida mo`ljallangan ko`rsatkichlar bilan solishtiriladi; mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotilishi dinamikasi, shartnomaviy majburiyatlar bajarilishi va hisobga olinishi, sifatsiz mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishdan nobudgarchiliklar va sifatsiz hamda butlanmagan mahsulot yetkazib berilganligi uchun to`lovlar, mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish bo`yicha xarajatlar, mahsulot ishlab chiqarish va sotish bo`yicha hisobot ma'lumotlari dastlabki hujjatlar va buxgalteriya hisobi ma'lumotlariga muvofiqligi, korxonaning sanoat-ishlab chiqarish va barcha xodimlarining soni va korxonaning o`ziga xos bo`lgan xususiyatlari bilan bog`liq bo`lgan boshqa masalalar tahlil qilinadi.
Yuqorida qayd etilganidek, korxonaning moliyaviy-xojalik faoliyati to`g`risidagi ma'lumotlarning asosiy hajmi korxona faoliyatining barcha jabhalarini pul ifodasida aks etuvchi va bir vaqtning o`zida hisobot davri bo`yicha hisob ishlarining yakuniy bosqichini ifodalovchi moliyaviy hisobotda mujassamlangan.
Moliyaviy hisobotlarning namunaviy shakllari, tayyorlash qoidalari, taqdim etish muddatlari, ularni ko`rib chiqish va tasdiqlash tartibi O`zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to`g`risida»gi qonuni (keyingi kiritilgan qo`shimchalar va o`zgartirishlar bilan) va korxonalarning chorak va yillik moliyaviy hisoboti shakllarini to`ldirish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yo`riqnomalari bilan tartibga solinadi.
Korxonalar tomonidan chorak va yillik moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda quyidagi shartlarga rioya qilinishi lozim: hisobot davri bo`yicha barcha xojalik operatsiyalar va ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulot va hisob-kitoblarni inventarizatsiya natijalari to`liq aks etilishi; sintetik va tahliliy hisob ma'lumotlari bir biriga mos kelishi; hisobot va balans ko`rsatkichlari sintetik va tahliliy hisob ko`rsatkichlari bilan tegishli ravishda rasmiylashtirilgan asos bo`luvchi hujjatlar yoki ularga tenglashtirilgan ma'lumot texnikaviy saqlovchi manbalar asosida to`ldirilishi va bir biriga to`liq muvofiqligi; balans moddalari to`g`ri baholanishi.
Balans ma'lumotlari yil boshi va oxiriga solishtirishligini ta'minlash uchun tasdiqlangan balansining yil boshiga moddalar nomenklaturasi balansning yil oxiriga belgilangan bo`limlar va moddalar nomenklaturasi va guruhlanishi bilan muvofiq bo`lishini ta'minlanishi lozim.
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2002 -yil 27 -dekabrda
«Moliyaviy hisobot shakllarini tasdiqlash va ularni to`ldirish qoidalari to`g`risida»gi 140-sonli buyrug`i bilan yuridik shaxslar uchun (budjet muassasalari, sug`urta tashkilotlari va banklar bundan istisno) yillik va chorak hisobotlari quyidagi shakl va hajmlarda tasdiqlagan:
yillik hisobot:
1-sonli shakl «Buxgalteriya balansi»;
2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to`g`risida hisobot»;
2a-sonli shakl «Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo`yicha ma'lumotnoma»;
3-sonli shakl «Asosiy vositalar harakati to`g`risida hisobot»; 4-sonli shakl «Pul oqimlari to`g`risida hisobot»; 5-sonli shakl «Xususiy kapital to`g`risida hisobot». yarim yillik va chorak hisobot:
1-sonli shakl «Buxgalteriya balansi»;
2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to`g`risida hisobot»;
2a-sonli shakl «Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo`yicha ma'lumotnoma»;
Korxonaning yillik moliyaviy hisobotiga hisobot yili davrida korxona faoliyati natijalariga ta'sir etgan omillarni yoritgan holda, korxonada yillik moliyaviy hisobot natijalari va sof foydani taqsimlash yuzasidan ko`rib chiqib qabul qilingan qarorlarni aks ettiruvchi tushuntirish xati va buxgalteriya hisoboti tekshiruvi to`g`risida auditorlik xulosasi ilova qilinadi.
Agar yil boshiga kirish balansi o`zgartirilgan bo`lsa, hisobotga ilova qilingan tushuntirish xatida buning sabablari ko`rsatiladi. Bunda, shuningdek, korxonada qabul qilingan hisob siyosati, kelgusi yil uchun hisob siyosati, agar u hisobot yilida qabul qilingandan farq qilsa, keltiriladi.
Chorak va yillik hisobotlarni tayyorlashda korxona egalari va davlat manfaatlariga rioya qilish, investorlar, kreditorlar, aksiyadorlar, soliq idoralari, ta'sischilar, banklar, xalqaro andozalar talablarini hisobga olish va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, O`zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to`g`risida»gi qonun, O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi hamda buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tayyorlashga oid amaldagi barcha yo`riqnomalarga asoslanish lozim.
Moliyaviy hisobot tuzish uchun sana bo`lib hisobot yilining oxirgi taqvimiy kuni hisoblanadi. Tugatilgan yoki hisobot yilida davlat tasarrufidagi mulkchilikni jamoa mulkchiligiga aylantirib qayta tashkil etilgan korxona tomonidan yil boshidan tugatilgan (qayta tashkil etilgan) vaqtgacha bo`lgan muddatga amaldagi yillik hisobot shakllari bo`yicha hisobot taqdim etiladi.
Yangi tashkil etilgan korxonalar hisobotda o`z mablag`lari va ularning manbalarini (sotib olingan, qabul qilingan qiymati bo`yicha) belgilangan tartibda ro`yxatga olingan oyning 1 sanasidan hisobot yilining 31 -dekabrigacha hisobotda ko`rsatadilar, hisobot yiling 1 -oktyabridan keyin tashkil etilgan korxonalar esa - davlat ro`yxatidan o`tgan sanadan boshlab keyingi yilning 31 -dekabrigacha hisobot beradilar. Qayd etilgan tartib tugatilgan (qayta tashkil etilgan) korxonalar, ularning filiallari va tarkibiy bo`linmalariga taalluqli emas.
Korxona balansining bandlari aktivlar va passivlarning sinchkovlik bilan o`tkazilgan inventarizatsiya bilan asoslanishi lozim. Bunda yillik hisobot taqdim etilgunga qadar, doimiy faoliyat ko`rsatuvchi inventarizatsiya komissiyasi tomonidan inventarizatsiya vaqtida qiymatliklarning amaldagi mavjudligi bilan buxgalteriya hisobidagi ma'lumotlar o`rtasidagi farqlar tartibga keltirilishi lozim. Shuningdek, solishtirma dalolatnomalari yoki o`zaro hisob-kitoblar bo`yicha qoldiqni tasdiqlovchi xatlar bilan rasmiylashtirilgan debitorlik va kreditorlik qarzlari bo`yicha inventarizatsiya amalga oshiriladi. O`tkazilgan inventarizatsiyaning soni va natijalari, shuningdek, ular o`tkazilmaganligi sabablari yillik hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida aks etilishi kerak.
Moliyaviy, soliq idoralari va bank muassasalari bilan hisob-kitoblar bo`yicha balans moddalaridagi summalar ular bilan kelishgan va muvofiq bo`lishi lozim. Balansda ushbu hisob-kitoblar bo`yicha tartibga solinmagan summalarni qoldirish mumkin emas.

Download 55.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling