Reja: Moliyaviy siyosatning mazmuni va ahamiyati. Moliya mexanizmi va uni moliyaviy siyosatni amalga oshirishdagi o‘rni. Hozirgi sharoitdagi moliyaviy siyosatning asosiy yunalishlari. Moliyaviy siyosatning mazmuni va ahamiyati
Moliya mexanizmi va uni moliyaviy siyosatni amalga oshirishdagi o‘rni
Download 27.71 Kb.
|
Davlatning mintaqaviy siyosati va hududlar rivojlanishining istiqbollari.
2. Moliya mexanizmi va uni moliyaviy siyosatni amalga oshirishdagi o‘rni.
Moliya siyosatini amalga oshirish va uni kayotga unumli tadbik etish uchun moliya mexanizmi ishlatiladi. U o‘z navbatida jamiyat tomonidan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash uchun ishlatilayotgan moliyaviy munosabatlarni yikindisidan tashkil topadi. Moliyaviy siyosatning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, davlatning moliya sohasidagi barcha faoliyatini amalga oshishiga sabab bo‘ladigan moliyaviy mexanizmni belgilash kisoblanadi. Moliyaviy mexanizm moliyaviy munosabatlarni tashkil etishning davlat tomonidan belgilangan shakllari, turli va usullarini o‘z ichiga oladi. Moliya mexanizmining strukturasi bir muncha murakkabdir. Amaldagi turli xil moliyaviy munosabatlar uning elementlariga kiradi. Davlat moliyaviy zaxiralarinidan foydalanish prinsip va yo‘nalishlarini aniqlashda, to‘lovlarni turlarini ko‘rishda, mablag‘larni to‘planish shakllarida, milliy daromadda, umumiy foyda taqsimotining iqtisodiy va moliyaviy siyosat masalalarida, moliyaning qonuniy-me’yoriy rivojida, iqtisodiy qonunlarni xarakatini o‘rganishda davlat bosh islohatchi. Moliyaning samaradorligini oshirishda rejalashtirish va prognozlashtirish, hamda moliyaviy munosabatlarda tashkilotlarni rasmiylashtirish me’yorlari (soliq, xarajat va boshqalar), turli xil ko‘rinishdagi ko‘llanishlarni to‘gri noto‘griligi ustidan nazorat, moliyaivy munosabatlarni shakl va usullari muhim rol o‘ynaydi. Moliya mexanizmini yangi bosqichda muhim xususiyatlaridan biri-xo‘jalik jarayonlarining yuzaga kelishi, tegishli ma’lumotlarni olishi va ular asosida xo‘jalik xayotini rivojlanishini diagnostikasi va zaruriy tartibga soluvchi choralarni ko‘rish paytlarni o‘zaro yaqinlashtirish. Ushbu mexanizmning yana bir tuzuvchisi ishlab chiqarishni va pul bozorini dinamikasini, ularning funksiyalarini amalga oshirilishi hamda zararli iqtisodiy oqibatlarini uzluksiz istikbollashtirish. Moliya mexanizmini tuzilmasi birmuncha murakkabdir. Davlat uzining ijro qonun chiqaruvchi organlar orkali: -iqtisodiy qonunlar ta’sirini chukur urganish; -moliyaning rivojlanish qonunlarini urganish; -iqtisodiy va moliyaviy siyosat vazifalarini urganish asosida ijtimoiy mahsulot va milliy daromadni taqsimlash usullarini kullaydi, pul jamg‘armalarig‘ni shakllarini belgilaydi, tulov va ajratmalar turlarini ishlab chikadi, davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish yunalishlari va prinsiplarini ishlab chikadi. Moliyaviy kursatkichlar-bu korxonani faoliyatini xar tomonlama ta’riflashga, pul fondlarini va jamg‘armalarni yaratish va sarflashni ta’riflaydigan rejali, hisobotli va hisob- kitobda ishlatiladigan kursatkichlar. Moliyaviy rejalashtirish va moliyaviy prognozlashtirish - xujalik rejasini bir qismi va moliya mexanizmining asosiy qismi bulib, pul mablag‘larini yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlash hamda foydalanishni rejalish ravishda boshqarishdir. Moliyani boshqarish- quyilgan maqsadlarga erishish uchun obyektga moliyaviy ta’sir qilish usullari va shakllari yigindisidir. Moliyaviy zaxiralar deb, kutilmagan xodisalar va maxsus ehtiyojlarni ta’minlash uchun davlat boshqarish organlarida, korxonalarda yigiladigan pul mablag‘lariga aytiladi. Aynan moliyaviy o‘zaro munosabatlarini ko‘pligi ularni tashkillashtirishda ko‘p miqdordagi turlarini, shakllarini va usullarini (moliya mexanizmini elementlarini) oldindan belgilaydi. Davlat, uning ijro etuvchi va karor kabul kiluvchi xokimiyatlari orkali iqtisodiy qonunlar, moliyaviy rivojlanishning qonunlarini iqtisodiy va moliyaviy siyosatning vazifalarini yaxshilab o‘rganish asosida jamiyat milliy mahsuloti, daromad, pul jamg‘armalarini taqsimlash metodlarini o‘rnatadi, to‘lov ko‘rinishlarini aniqlaydi, resurslarni ishlatish prinsiplari va yo‘nalishlarini aniqlaydi. Moliyani samarali ishlatish uchun rejalashtirish va kutilayotgan ko‘satkichlarni ishlab chiqish, moliyaviy munosabatlarni turli ko‘rinishlari va metodlarini to‘gri ishlatilishi ustidan nazorat qilish zarur. Xujalik mexanizmining ba’zi bo‘linmalarining xususiyatlariga ko‘ra va moliyaviy munosabatlar korxona va tashkilotlarning moliyaviy mexanizmga, sug‘urta mexanizmiga, hamda davlat moliyasi ishlash mexanizmiga bo‘linadi. O‘z navbatida ushbu xar bir soha alokida tuzilmalarga ega. Download 27.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling