Reja: Moliyaviy siyosatning mazmuni va ahamiyati. Moliya mexanizmi va uni moliyaviy siyosatni amalga oshirishdagi o‘rni. Hozirgi sharoitdagi moliyaviy siyosatning asosiy yunalishlari. Moliyaviy siyosatning mazmuni va ahamiyati


Download 27.71 Kb.
bet1/8
Sana16.09.2023
Hajmi27.71 Kb.
#1679638
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlatning mintaqaviy siyosati va hududlar rivojlanishining istiqbollari.


Davlatning mintaqaviy siyosati va hududlar rivojlanishining istiqbollari.


Reja:


1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va ahamiyati.
2. Moliya mexanizmi va uni moliyaviy siyosatni amalga oshirishdagi o‘rni.
3. Hozirgi sharoitdagi moliyaviy siyosatning asosiy yunalishlari.


1.Moliyaviy siyosatning mazmuni va ahamiyati.
Davlat xar qanday uzining vazifalari bo‘yicha aniq maqsadlarga erishish uchun moliyadan foydalanadi. Urnatilgan maqsadlarni amalga oshirishda moliyaviy siyosat muhim rol uynaydi. Moliyaviy siyosatni ishlab chiqish va uni amalda kullash jarayonida urnatilgan vazifalarni amalga oshirish shart sharoitlari ta’minlanadi. Ular iqtisodiy manfaatga ta’sir qilishning faol kuroli sifatida ishtirok etadi. Moliyaviy siyosat kup kirralidir. U quyidagi muhim bug‘inlarni uz ichiga oladi:
Moliyaning rivojlanishini ilmiy asoslangan konsepsiyalarini ishlab chiqish. U asosan iqtisodiy qonunlar talablarini urganish, xujalikning rivojlanish holatini xar tomonlanma kompleks taxlil qilish, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini, aholi ehtiyojlarini rivojlanish istikbollarini taxlil qilish jarayonlarini uz ichiga oladi.
Istikboldagi va joriy davrda moliyadan foydalanishning asosiy yunalishlarini aniqlash. Bunda xalqaro omillar, moliyaviy resurslarni usish imkoniyatlarini hisobga olingan holdagi iqtisodiy siyosatda kuda tutiluvchi urnatilgan masadlarga erishish yullaridan kelib chikadi.
Amaliy faoliyatlarni muvofiklashtirish. Bunda urnatilgan maqsadlarga erishishga yunaltirilgan amaliy faoliyatlarni tashkiliy asoslari kuzda tutiladi.
Yuqoridagi 3 bug‘inlarning yaxlitligi moliyaviy siyosatni mazmunini aniqlab beradi. Istikbolsiz moliyaviy siyosat moliyaning rivojlanishini asosiy konsepsiyalarini tulakonli ravishda muhammalashtirmaslik oqibatlari hisoblanadi.
Davlatning moliya siyosati bilan jamiyatni iqtisodiy faoliyatini o‘rtasida muhim o‘zaro bokliklik mavjud.
Bir tomondan, moliyaviy siyosat iqtisodiy munosabatlar mahsuli bo‘lib, jamiyat siyosatini ishlab chiqishda va amalga oshirishda erkin emas, яъни moliyaviy siyosat mamlakat iqtisodiyotiga bevosita boklikdir.
Ikkinchi tomondan, moliyaviy siyosat mamlakatning iqtisodiy bazisidan kelib chikkan va rivojlangan holda ma’lum bir mustakillikka ega, hamda u o‘ziga xos qonuniyatlar va rivojlanish mantikiga ega.
Ushbularga asoslangan holda moliyaviy siyosat davlat iqtisodiyotiga va moliyaviy holatiga teskari ta’sir etadi. Bu ta’sir turlicha bo‘lishi mumkin;
Ba’zi hollarda siyosiy chora tadbirlar o‘tkazish vositasida iqtisodiyotni rivojlanishi uchun kulay shart sharoitlar va imkoniyatlar yaratiladi.
Ba’zi hollarda siyosiy chora tadbirlar o‘tkazish vositasida iqtisodiyotni orkaga ketishi uchun kulay shart sharoitlar vujudga keladi.
Xo‘jalik yuritishni jaxon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, jamiyatning rivojlanishi uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi moliyaviy siyosatni ta’sir etish darajasini o‘sishiga olib keladi.
Iqtisodiyotda xo‘jalik tarmoqlarini turli darajada rivojlanishi, xo‘jaliklararo va xududlararo iqtisodiy alokalarni kiyinlashuvi xalq xo‘jaligi tarmoqlari va xududlarni bir-biriga bog‘liq holda va yaqin darajada iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini davlat tomonidan ta’minlanishini talab etadi. Shuning uchun ham davlat tomonidan moliyaviy tartibga solib turish muhim ahamiyatga egadir.
Davlatning iqtisodiy jihatdan kanchalik kuch kudrati oshsa, shunchalik moliyaviy resurslarni o‘z ko‘lida mujjassamlashga imkon beradi, bu esa o‘z navbatida iqtisodiy konyukturaga faol ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi.
Iqtisodiy karorlar, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish qonunlari mantigi asosida, kuzda tutilgan moliyaviy tadbirlar oqibatlarini ilmiy asoslangan holda va ularni iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlariga mos holda shakllantirish jamiyatning tarakkiyoti asosini tashkil kiladi. Bu o‘z navbatida moliya siyosatida tez tez uchraydigan va ilgaritdan ko‘zda tutilishi kiyin bo‘lgan o‘zgartirishlarni oldini olishga imkoniyat yaratadi.
Moliyaviy siyosatning iqtisodiy ijtimoiy yuksalishiga faol ta’sirining imkoniyatlari chukur ilmiy asoslanishi kerak. Fakat ilmiy yondoshish, bilim va siyosatni aniqlovchi barcha omillarni o‘rganish, uning nisbiy mustakilligi obyektiv iqtisodiy munosabatlardan erkinlikka o‘smasligiga kafolat beradi. Xo‘jalik yuritish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy siyosatni iqtisoddan ajratilishi, jiddiy iqtisodiy kiyinchiliklarga olib keladi, iqtisodiy usish imkoniyatlarini amalga oshirishni mukarrar ravishda ushlab turadi.
Moliyaviy siyosatni shakllantirishda ilmiy yondashish, siyosatni aniqlovchi barcha omillarni o‘rganish, uning jamiyat rivojlanishi qonunlariga munosibligi, moliyaviy nazariya xulosalarini doimiy ravishda hisobga olishni ko‘zda tutadi. Ushbu muhim talabning bajarilmasligi xalq xo‘jaligida juda katta yo‘qolishlarga olib keladi.
Moliyaviy siyosat uzining davriyligi va xal kiluvchi vazifalar tavsifiga bog‘liq holda moliyaviy strategiya va moliyaviy taktikaga bulinadi.
Moliyaviy faoliyat taxlili shuni tasdiklamokdaki hozirgi sharoitda moliyaviy siyosat va strategiya tushunchalari urtasida yagona tushuntirishlar mavjud emas. Bu tushunchalar aralash holda talkin qilinmokda. Meyoriy xujjatlarda ham mazkur kategoriyalarni aniq talkini mavjud emas. Bu Uz.R. Moliya Vazirligi tomonidan tasdiklangan moliyaviy siyosatni ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavo‘siyalarga tegishlidir.
Faraz qilaylik siyosat strategiyaga nisbatan birlamchi hisoblansin. Bunday xulosa siyosat, strategiya va taktika suzining tarixiy ildiziga nisbatan asoslanadi.
Lug‘atda siyosat nimagadir erishish uchun qandaydir xarakat tavsifi sifatida aniqlanadi. Strategiya siyosatni amalga oshirish san’atidir. Taktika siyosatni yuritish san’atining tarkibiy qismi sifatida kuriladi. Biroq mazkur tushuncha mazmunini tushunishdan kchikkan holda shuni ta’kidlash joizki kursatib utilgan «siyosat» aniq yunalishlar bo‘yicha moliyaviy strategiyani amalga oshirish usulubidan tashqari boshqa narsa emas.
Moliyaviy strategiyani xar bir yunalishini tavsifi amaliyotda ularni amalga oshirishning taktik uslublari yigindisining mavjudligini tasdiklaydi.
Davlatning moliyaviy siyosati makroiktiodiy siyosatning bosh elementlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi sharoitda O‘zbeiston Respublikasida amalga oshirilayotgan moliyaviy siyosat islohotlarning utish davridagi moliyaviy iqtisodiy inkirozlar oqibatlarini tugatish va mamlakatdagi barkaror iqtisodiy usishni ta’minlashga yunaltirilgaddir. Chunonchi, iqtisodiyotning barcha soxalarida liberal rejimni shakllantirish va uni rivojlanishini kuzda tutuvchi iqtisodiyotni erkinlashtirish masalalari moliyaviy siyosatning markazida turmokda.
Moliyaviy siyosat quyidagi yunalishlarni uz ichiga oladi:

  • Soliq siyosati;

  • Budjet siyosati;

  • Pul kredit siyosati;

  • Institutsional uzgarishlar;

  • Investitsiya siyosati;

  • Ijtimoiy siyosat.

Moliyaviy siyosatni realizatsiya qilish uchun quyidagilar zarur hisoblanadi;

  • Ijtimoiy tanglik kamaytirilishi lozim.

  • Davlat moliyasini soglomlashtirish lozim;

  • Bank tizimini meyordagi ishlashi imkoniyatlarini shakllantirish lozim;

  • Tovar va pul okimlarini tenglashtirish lozim;

  • Xududlarning moliyaviy iqtisodiy mustakilligini yagona boshqaruv tizimi ichida okilona ta’minlash lozim.

Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan biri soliq siyosati hisoblanib . U asosandavlat uchun ham bozor katnashchilari uchun ham iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy holatini yuksalishini ta’minlovchi soliqka tortish bo‘yicha imkoniyatlar shakllantirishi lozim. Soliq siyosatining asosiy vazifalari:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling