Reja: Moniylik falsafasi vujudga kelishi
Download 18.96 Kb.
|
moniylik falsafasi-WPS Office
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moniylik tavbanomasi
Mavzu: Moniy falsafasi va Moniylik g’oyalarining tarqalishi Reja: 1.Moniylik falsafasi vujudga kelishi. 2. Moniylik tavbanomasi 3.Moniylik din sifatida shakllanishi Markiziy Osiyoda miloddan avvalgi V asrdan yangi milodiyning II-III asrigacha quldorlik tuzumi hukmron yedi. V asrda yesa feodalizm shakllandi. Moniy Yeronda 216-277 yillarda yashagan faylasuf, monizm talimotining asoschisi va targ‘ibotchisidir. U 242 yili Yeron podshosi Shopur 1 ning podsholik tojini kiyish marosimida o‘z talimotini bayon qilgan. Uning talimoti falsafiy mazmunida dualizm mavjud bo‘lib, Moniy Samo Nuri yelchisi hisoblangan. Uning talimotida xristianlik bilan zardo‘shtiylik qorishmasi asos hisoblana-di. U borliqning 2 mustaqil substansiya: yorug‘lik, yaxshilik, ruh olami bilan zulmat, yovuzlik olamining o‘zaro kurashini targ‘ib yetuvchi zardo‘shtiylik g‘oyasini olgan, xristianlikda yesa messionerlik (aigunohlardan xolos yetuvchi payg‘ambar, yelchining kelishi, adolatli jamiyat o‘rnatilishi to‘g‘risidagi) talimotini olib har ikkisini umumlashtirgan. Moniy olam ikkita deb hisobladi. Uningcha, birinchi olamda xudo, ikkinchi olam kurashi halokat bilan tugaydi. Natijada materiya yengilib ruh ozodlikka chiqadi. Moniy talimotiga ko‘ra, bu dunyo yovuzlik dunyosidir. Inson 2 ta unsurdan (ruh - Nur farzandi va jism - zulmat farzandi) iborat mavjudot bo‘lgani uchun zulmat kuchlariga qarshi kurashda nur kuchlariga yordam bera oladi. Moniyning ijtimoiy talimotida pes-simizm, passivlik ruhi mavjud. Moniy talimotida urushmaslik va mol-dunyo yig‘maslik g‘oyalarini targ‘ib qilgani uchun zardo‘shtiy kohinlari va Shoh Bahrom I Moniyni 275 yilda zindonga tashladilar va 277 yilda qatl qildilar. Moniy izdoshlari mamlakatlarda keng tarqalgan yedi. 296 yilda Rim imperatori Diokletian moniylikka qarshi farmon (edikt) yelon qildi. Moniy talimoti mayda sektalarga ajralib ketdi. Ulardan biri mozdakiylik deb ataldi. Moniylik talimoti xitoylik Moniy ibn Fatak (216-276) nomi bilan bog‘lanadi. Uning talimoti koinotda nur bilan zulmat o‘rtasida kurash bo‘lishiga asoslanadi. Shu sababli ham nur – Quyosh, Oy, nur taratuvchi osmon jismlari muqaddas sanaladi va ularga tangri nomi bilan sig‘iniladi. Nur va zulmat o‘z mantig‘ini yaxshilik va yomonlik kurashida topadi. Moniylik VIII asrda uyg‘urlar o‘rtasida asosiy din sifatida tarqalgan. Tarixiy malumotlarga ko‘ra, Buguxon 762 yilda Chin (Xitoy)ga safar qiladi. U yerda Moniy rohiblari bilan tanishadi, mamlakatiga qaytishida rohiblarni o‘zi bilan birga Qorabolg‘asun shahriga olib keladi. Moniylik turkiy adabiyot rivojiga tasir ko‘rsatgan dinlardan biridir. Bu oqimning tasirida turkiy adabiyotda «Xuastuanift» («Moniylar tovbanomasi») asari yuzaga kelgan. Uning qadimgi turkiy tildagi uchta nusxasi malum. Ulardan London va Berlin nusxasi moniy, Sankt-Peterburg nusxasi yesa yeski uyg‘ur yozuvida bitilgan. Asarning yaratilish davri V.V.Radlov fikricha, taxminan V asr, S.Ye.Malov xulosasiga ko‘ra VII asrga to‘g‘ri keladi. O‘zbek olimlaridan professor N.Rahmonov tadqiqotlarida «Xuastuanift»ning g‘oyasi, tuzilishi, ahamiyati keng o‘rganilgan. Asar moniy jamoasi azolarining madhiyasi, ayni paytda nizomi ham hisoblanadi. «Xuastuanift» 15 bo‘limdan iborat. Kitobning ikkinchi bo‘limida Kun va Oy tangrilarning moniylikdagi vazifalari ko‘rsatiladi hamda ularning haqiqiyligini tan olishga chaqiriladi. S.Ye.Malovning «Qadimgi turkiy yozma yodgorliklar» kitobida ham moniylarning tangriga tovba-tazarrulari bitilgan ibodatlaridan parchalar keltirilgan. Moniy talimotiga ko‘ra, borliqning ikki asosi bor. Birinchisi - yorug‘lik, yaxshilik bo‘lsa, ikkinchisi - ruh va zul-matdir. Shuning uchun ham inson ikki unsurdan - ruh va jismning yig‘indisidan iborat. Ruh nur farzandi bo‘lsa, jism zulmat farzandidir. Shuning uchun inson hamisha zul-matga, yovuzlikka qarshi uzluksiz kurash olib boradi. Bunday kurash davomida inson, shubhasiz, yorug‘lik tarafida bo‘lmog‘i, zulmat ustidan g‘alaba qilmog‘i kerak. Bunday ulkan g‘alabani qo‘lga kiritishning yeng muhim sharti - yuksak ma’naviy-axloqiy yetuklik, molu-dunyoga xirs qo‘ymaslik, faqirona, kam-tarona yashash, ko‘ngli poklik va rahmdillik, jonzotlarga ozor bermaslik, har bir tirik mavjudotni asrab-avaylash-dir. Shuning uchun ham Moniy odamlarni hayvonlar go‘shtini tanavvul qilishdan o‘zini tiyishga davat yetdi. Moniyning falsafiy-axloqiy qarashlari, moniychilar-ning tavbanomasi - “Xuastuanift” asarida yanada yaqQolroq namoyon bo‘ladi. Qadimshunoslarning fikricha,“Xuastuanift” qadimiy Yeroniy tillarning birida yaratilgan, keyinchalik Moniy talimotini kengroq yoyish maqsadida boshqa xalqlar tillariga tarjima qilingan. Uyg‘ur hoqonligi davrida mo-niychilik, ayniqsa turklar orasiga keng tarqalgan. Asarda olg‘a surilgan yeng asosiy g‘oya bu dunyoda qilingan gunohlar uchun Xudodan kechirim so‘rashdir. Shuning uchun ham “Xaustu-anift” Moniy ibodatxonalarida ommaviy ravishda qiroat bilan o‘qilgan. Moniy talimoti Yeron va Turonda Sosoniylar hukm-ronlik qilgan zamonlarga to‘g‘ri keldi. Sosoniylar zardush-tiylik diniga sig‘inar yedilar. Moniyning bazi fikr-mulo-hazalari (masalan, hayvonlar go‘shtini tanavvul qilmaslik g‘oyasi) yesa zardushtiylik qoidalariga zid yedi. Shuning uchun ham Sosoniy hukmdorlar Moniy talimotini targ‘ibot va tashviqot qilishni man yetdilar. Shunday bo‘lishiga qaramas-dan Moniy o‘z ye iqodini Kashmir va Tibet o‘lkalarida (Sharqiy Turkiston) targ‘ibot va tashviqot qilaverdi. Oqi-batda zardushtiylik, buddiylik, brahmanlik va xristianlik-ning bazi tomonlarini o‘zida mujassamlashtirgan Moniy talimoti nafaqat Sharqiy Turkiston, Xitoy, balki Italiya, Ispaniya kabi mamlakatlarga ham keng tarqaldi. Moniy talimotida xalq ommasi manfaatini ko‘zlovchi demokratik tamoyillar ham kuchli yedi. Shuning uchun ham Mo-niy talimoti o‘sha zamon hukmdorlarining keskin qarshili-giga sabab bo‘ldi. Oqibatda, Kashmir va Tibet o‘lkalaridan o‘z vataniga qaytgach, Yeron shohi Bahrom I ning farmoni bilan zindonga tashlandi va 777 yilda og‘ir qiynoqlardan so‘ng qatl yetildi. Uning boshi Gundishopur shahri maydoniga ilib qo‘-yildi. Moniyning izdoshlari ham turli qiynoqlarga mahkum qilindi. Hatto Rim imperatori Diokletian 296 yilda mo-niylikni taqiqlovchi maxsus farmon yelon qildi. Moniylik tavbanomasi Moniylik qadimgi turkiy xalqlar ye`tiqodida alohida oqim bo`lib, «Xuastuanift» («Moniylik tavbanomasi») uning nazariy manbasi va diniy yodgorligidir. Bu yodgorlik 5-6 asrlarda qadimgi uyg`ur qavmlarida shakllangan. Moniylik oqimining asoschisi Moniy ibn Fatak (216—277) dir. «Xuastuanift» Moniy jamoasi a`zolarining madhiyasi va nizomi hamdir. Asar «Avesto»dagi obrazlarni hamda zardushtiylikning keyingi davridagi mifologik qahramonlarni o`z ichiga olgani, bu obrazlarning mohiyatini o`zgartirmagan holda davom yettirgani bilan diqqatga sazovor. Tana sevgisi moddiy olamdagi boyliklarga ruju qo`yishga olib keladi va ruhiy olamdagi boylik — nurdan uzoqlashishga sabab bo`ladi. Moddiy olam yesa Moniy jamoasi uchun yovuzlik makonidir. Shu boisdan ham moddiy olam yovuzlik va zulmat bilan uyg`unlashtirilgan holda tasvirlanadi. Moniylik she`rlarida Moniy shaxsiyati va u yaratgan oqim madh qilinadi. Moniylik oqimidagi qadimgi turk she`riyati Aprinchur tigin kabi shoirlarni yuzaga chiqardi. MONIYLIK — II-III asrda Eronda vujudga kelgan din. Asoschisi Moniy. Moniylik koinotda nur bilan zulmat, ruhiy asos bilan moddiy asos, yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi o‘zaro kurashni ye irof yetishga asoslanadi. Nur, ruhiy asos, yaxshilik olamida xudo, ikkinchisida — shayton (iblis) hukm suradi. Moniylikka ko‘ra, ikki olam kurashi falokat bilan tugaydi, natijada moddiy asos olami halokatga uchrab, ruh ozodlikka chiqadi. Moniylik talimotiga ko‘ra, bu dunyo yovuzlik dunyosidir. Inson 2 unsur (ruh — nur farzandi, jism — zulmat farzandi) dan iborat mavjudot bo‘lgani uchun zulmat kuchlariga qarshi kurashda nur kuchlariga yordam bera oladi. Moniy samo nuri yelchisi hisoblangan. Moniyda zardushtiylik va xristianlik g‘oyalari mavjud. Moniylik qadimgi turkiy xalqlar ye`tiqodida alohida oqim bo`lib, «Xuastuanift» («Moniylik tavbanomasi») uning nazariy manbasi va diniy yodgorligidir. Bu yodgorlik 5-6 asrlarda qadimgi uyg`ur qavmlarida shakllangan. Moniylik oqimining asoschisi Moniy ibn Fatak (216—277) dir. «Xuastuanift» Moniy jamoasi a`zolarining madhiyasi va nizomi hamdir. Asar «Avesto»dagi obrazlarni hamda zardushtiylikning keyingi davridagi mifologik qahramonlarni o`z ichiga olgani, bu obrazlarning mohiyatini o`zgartirmagan holda davom yettirgani bilan diqqatga sazovor. Tana sevgisi moddiy olamdagi boyliklarga ruju qo`yishga olib keladi va ruhiy olamdagi boylik — nurdan uzoqlashishga sabab bo`ladi. Moddiy olam yesa Moniy jamoasi uchun yovuzlik makonidir. Shu boisdan ham moddiy olam yovuzlik va zulmat bilan uyg`unlashtirilgan holda tasvirlanadi. Moniylik she`rlarida Moniy shaxsiyati va u yaratgan oqim madh qilinadi. Moniylik oqimidagi qadimgi turk she`riyati Aprinchur tigin kabi shoirlarni yuzaga chiqa Dualistik dinlarning eng yirigi bo‘lgan moniylikka Surayk ibn Fatak (216-276) tomonidan asos solingan. Uning arabiylashtirilgan to‘liq nomi X-asr arab manbalarida Moniy -Surayk ibn Fatak shaklida zikr qilingan. Ushbu din qadimgi Bobil dinlari, yahudiylik, xristianlik, buddaviylik va zardushtiylikning diniy ta’limotlari asosida vujudga kelgan. O‘z davrida Moniylik G‘arbda Rimgacha, SHarqda Xitoy va Hindistongacha bo‘lgan hududda keng yoyilgan va yuqori nufuzga ega bo‘lgan. II-III asrlarda Fors davlati Zardushtiylik dinining kuchli bosimi ostida edi. SHunday bo‘lsada, Moniy xristian - yahudiy ta’limotlari asosida ulg‘aygan. Uning ota-onasi (Fatak va Maryam) asli Parfiya sarkardalari avlodlaridan bo‘lgan. Moniyning yoshligi gnostiklar (ilk xristianlikda xudo va dunyoning yaratilishi haqidagi ta’limotni yaratishga uringan diniy - falsafiy oqim) ibodatxonasida o‘tgan va 12 yoshga to‘lganid a o‘ziga il ohiy xabar (vahiy) kelganini ma’lum qilgan. O‘ziga xabar bergan ilohning nomini Moniy ya’ni "ikki mohiyat (Nur va zulmat, yaxshilik va yomonlik) ruhi" deb atagan. SHunga ko‘ra, uning ta’limotini ikkixudolik g‘oyasi (gnostik dualizm)ga asoslangan deb aytiladi. SHundan so‘ng unga Moniy - "Ruh" laqabi berilgan. 241 yil Moniy 24 yoshga etganda unga o‘z ilohidan yana vahiy kelgan va nihoyat o‘z ta’limotini ochiq va baralla targ‘ib qilish vaqti etganini bildirgan. SHundan so‘ng Moniy yangi dinga asos solishga qaror qilgan va o‘zining diniy targ‘ibot ishlarini boshlagan. 242 yilda Fors davlati shohi SHopur I ning taxtga o‘tirish va toj kiyish marosimi paytida Moniy birinchi marta o‘z ta’limotini ommaviy bayon etib, va’z aytgan. SHundan so‘ng Moniy SHopur I ning vafotiga qadar (273 yil) mamlakatda o‘zining diniy targ‘ibotini olib bordi. U o‘zini shu dinning asoschisi va payg‘ambari deb bilgan va butun Fors davlati, Hindiston, Old va O‘rta Osiyo bo‘ylab safarlar uyushtirgan. U o‘z safarlari davomida zardushtiylik, hinduiylik, yahudiylik, buddaviylik va xristianlik dinlari faollari bilan muloqotlar uyushtirgan hamda ularning ta’limoti, ibodatxonalarining faoliyati va targ‘ibot uslublarini o‘rganib, o‘z ta’limotining targ‘ibot - tashviqot ishlarida foydalangan. SHunday bo‘lsada Moniy, o‘z faoliyatini qatl qilingunga qadar Fors mamlakati hududidagina amalga oshirgan. Moniy o‘zini Zardusht, Siddhartha Gautama (Budda) va Iso Masihlarning izdoshi deb biladi. SHunga asoslanib Moniylikni, sinkretik (qorishiq) xarakterga ega deyiladi. Ammo ayrim ma’lumotlarda Moniy o‘zining ilk targ‘ibotini aynan Mesopatamiyada emas, balki Hindistonning shimoliy-sharqiy qismlarida boshlagani aytiladi. CHunki Moniy, u erda jahon dinlaridan biri bo‘lgan buddaviylik ta’limotini o‘rganish bilan bir paytda, o‘zning targ‘ibotchilik ishlarini ham boshlab yuborgan edi, deyiladi. 275 yilda mamlakatda yuqori nufuzga ega bo‘lgan Maglar (zardushtiylik ruhoniylari)ning qistovi bilan Fors davlatining yangi shohi Bahrom I Moniyni zindonga tashlashga farmon bergan va 276 yilda katl ettirgan. SHundan so‘ng Moniy izdoshlarining ba’zilari qiynoqlarga mahkum etilgan, ayrimlari mamlakatdan badarg‘a qilingan. Aksariyat qismi esa g‘arbda Rim imperiyasi, sharqda esa Hitoy, Uyg‘uriston hamda ularning atrofidagi davlatlarda panoh topib, moniylik ta’limotini rivojlantirganlar. Moniyning ta’limotida Nur va Zulmat o‘rtasidagi azaliy kurash asosiy o‘rinni egallaydi. Uning mazmun-mohiyati esa, Nurning Zulmat ustidan g‘alaba qozonishiga ishonishdir. Moniylik mahalliy dinlar — zardushtiylik, buddaviylik va xristianlik xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Moniy o‘zini avvalgi dinlarning "to‘g‘rilovchi payg‘ambari" deb e’lon qilgan. U xristianlikdan messionizm va "Masih" e’tiqodini o‘zlashtirgan. Borliqning 2 substansiya asosi — yorug‘lik, yaxshilik va ruh olami bilan zulmat, yovuzlik va moddiyat olamining o‘zaro kurashini e’tirof etuvchi zardushtiylik dualizmi moniylikning asosini tashkil etadi. Ularning e’tiqodicha, birinchi olamda Nur (Xudo), ikkinchisida — Zulmat (SHayton) xukmronlik qiladi. Inson ikki unsurdan - Nur farzandi bo‘lgan ruh va Zulmat farzandi hisoblanmish jismdan iborat mavjudotdir. SHuning uchun inson Zulmat kuchlariga qarshi kurashda Nur kuchlariga yordam berishi lozim deb qaraladi. Ushbu ikki olam o‘rtasidagi kurash falokat bilan tugaydi, natijada moddiyat halokatga uchrab, ruh g‘alaba qozonadi. Moniylik ta’limotiga ko‘ra, bu dunyo yovuzlik dunyosi deb qaralgan va patsifizm (urushmaslik) hamda mol-dunyo yig‘maslik muhim o‘rin tutgan. Moniylik o‘z e’tiqod qiluvchilaridan mol-mulklaridan 1/10 hissa xayri-sadaqa berishni, bir kecha kunduzda to‘rt mahal ibodat qilishni, yolg‘onchilik, qotillik, o‘g‘irlik, zino, baxillik, sehrgarlik va unga ishonishni, butparastlik kabi amallardan uzoq yurish talab qilgan. Moniylik o‘z davrida aholining quyi tabaqa vakillari orasida keng tarqalgan. Bunga sabab ular Zulmat olamini zodagonlarning zulmlari qiyofasida tasavvur qilganlar va bundan xalos bo‘lish uchun Nurga ibodat qilganlar. Bu bilan Nurning g‘alabasiga har kim o‘z hissasini qo‘shmoqda deb ishonganlar. Moniy Iso Masihni payg‘ambar ekanini tan olsada, Musoning payg‘ambar ekanini inkor qilgan. O‘zini esa YUhanno injilida bashorat qilingan Iso Masihdan keyin keluvchi "Paraklit"(Fraklit) ismli payg‘ambar deb da’vo qilgan. Moniylik 763-840 yillar davomida Turk-uyg‘ur davlatining rasmiy dini bo‘lgan. O‘z yurtlaridan quvilgan moniylar, Kichik Osiyoning chekka hududlariga yashirinishga majbur bo‘lishgan. Moniylik umumiylashtiruvchi din bo‘lgani sababli to‘g‘ridan to‘g‘ri "payg‘ambar"ning yozma buyruqlariga asoslanadi. Uning asarlari ko‘plab tillarga tarjima qilingan. Moniylik ta’limoti u tomonidan tuzilgan "SHopurkan", "Tirik Hushxabarchi" (Moniy va uning ta’limoti haqida), "Pragmataya" (sirlar kitobi), "Kefalaya" (Boblar) kabi kitoblarda asoslab berilgan va ayrimlari rus tiliga tarjima qilingan. Moniylikdan bugungi kunga qadar birgina Xitoyning Futszyan vil oyati Syuanchjou tumanida joyl ashgan moniylik ibodatxonasigina saqlanib qolgan. Bu din qanchalik engillikka va oddiylikka asoslangan bo‘lsada, tarixning murakkab sinovlariga bardosh bera olmadi. Natijada u din sifatida unutildi. Undan esa, yirik tadqiqotlar uchun ma’lumotlargina qolgan xolos. Mazdakiylik ta’limotining asoschisi mazdakiylar harakatining rahbari Mazdak xalq ommasining zardo‘sht kohinlari va zodagonlariga qarshi kurashni boshqargan. Bu harakat ta’sirini pasaytirish maqsadida Eron shohi Qubod I (488-531) Mazdakni qo‘llab quvvatlagan edi. Mazdak Qubod hukmronligi davrida avval otashgohlarning birida kohin, keyinchalik butun Eron bo‘yicha bosh kohin bo‘lgan. Kohinlar va amaldorlarning iqtisodiy, siyosiy hukmronligi barbod bo‘lgandan so‘ng Qubod I Mazdak bilan aloqani uzgan. 529 yili mazdakiylar harakati bostirilgan. Mazdak qatl etilgan. Mazdakizm diniy-falsafiy ta’limoti (5-6 asrlarda) Eronda keng tarqalgan. Mazdak ta’limotiga ko‘ra olamda bo‘ladigan voqea, hodisalar ongli va biror maqsadni ko‘zlab harakat qiluvchi ezgulik, yorug‘lik manbai bilan ko‘r-ko‘rona va tasodifiy harakatlanuvchi qorong‘ulik (johillik) manbai o‘rtasidagi kurashdan iborat. Bu kurash «yaxshilik»ning «yomonlik» ustidan muqarrar g‘alabasi bilan tugallanadi. Mazdakizm ijtimoiy tengsizlikni yo‘qotish uchun kurashga da’vat etgan mazdakiylar harakatining mafkurasi sifatida xizmat qilgan. Mazdakiylar harakati bostirilgan bo‘lsa ham (6 asr) Mazdak ta’limoti keyingi asrlar davomida Eron, Markaziy Osiyo va Ozarbayjondagi dehqonlar, shahar kamba-g‘allarining feodal zulmiga qarshi, keyinchalik Markaziy Osiyoga Islom tarqalgach, unga va arablar istilosiga hamda xokimiyatiga qarshi (Muqanna, Bobak qo‘zg‘olonlari) kurashning g‘oyaviy bayrog‘i bo‘lib xizmat qildi. Moniy ta’limoti yurtimizda buddaviylikdan keyin keng tarqalgan edi. u zardo’shtiylik va xristianlikning sintezlashuvi natijasida vujudga kelgan. Moniy fors va arab tillarida bir necha risolalar yozgan. Lekin ular bizgacha etib kelmagan. Moniy hatto «Moniylik yozuvi» nomli alifbo ham tuzgan. uning ta’limoticha, hayotda dastavval nur dunyosi – yaxshilik va zulmat dunyosi- yovuzlik bo’lgan. Ular o’rtasida abadiy kurash boradi, inson ikki unsurdan (ruh — nur farzandi, jism — zulmat mahsuli) iborat. Moniylik xalq ommasi manfaatlarini himoya qiluvchi ta’limot bo’lgani sababli hukmron mafkura qarshiligiga duch kelgan. Moniylik ta’limoti asosida Mazdak ta’limoti yuzaga kelgan. U eramizning V-VI asrlarida keng tarqalgan edi. Uning asoschisi Mazdak (470-529 yillar) bo’lgan. Mazdak va uning maslakdoshlari o’z qarashlarida halq ommasiga suyangan. Xalqning ozodlik, erkinlik, hurlik yo’lida olib borgan harakatlariga rahnamolik qilgani uchun tez fursatda ularning maslakdoshlari, izdoshlari ko’payib ketgan. Mazdakiylik ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish yo’lida kurashga da’vat etuvchi mafkura sifatida xizmat qilgan. Unda asosiy yovuzlik-boylikka hirs qo’yish va o’ta kambag’allik qoralanadi. Bu insonparvar harakatdan cho’chigan shoh Mazdakni turli hiylalar bilan o’limga mahkum etadi. Mazdakiylar harakati, eramizning VI asrida bostirilganiga qaramay, turli mamlakatlarda muayyan darajada davom etgan. O’rta Osiyoda Muqanna, Ozarbayjonda Bobak boshliq dehqonlar va shahar kambag’allarining zulmga qarshi kurashlari bunga misol bo’ladi. Markaziy Osiyoda vujudga kelgan qadimgi falsafiy ta’limotlar, ular ilgari surgan g’oyalar bugungi kunda ham muhim ahamiyatiga ega. Sanab o’tilgan qadimgi diniy-falsafiy ta’limotlar, ya’ni zardo’shtiylik, uning bosh kitobi — «Avesto», Moniy ta’limoti, «Moniy yozuvi», mazdakiylik harakati jamiyatda adolat, erkinlik, teng huquqlilik tamoyillarini qaror toptirishiga da’vat etgan. Vatan ozodligi yo’lida jon fido etgan Muqanna boshchiligidagi harakat nafaqat O’rta Osiyoda, balki jahonning boshqa o’lkalarida ham aks-sado bergan. Vatanimizning o’sha davrda shakllangan va rivojlangan boy madaniyati, milliy ma’naviyatimiz, falsafamiz jahon tsivilizatsiyasiga katta ta’sir ko’rsatgan. Sirasini aytganda, mamlakatimiz tarixi islom dini yurtimizga kirib kelgan davrdan boshlanmaydi. U islomga qadar ham ming yillar mobaynida rivojlanib kelgan shonli tarixiga ega. Lekin, afsuski, Vatanimizning ana shu davr tarixi nihoyatda kam o’rganilgan. Bu davrga oid manbalarning aksariyati esa yo’q qilib yuborilgan. Bu vayronkorlikning boshida miloddan avval makedoniyalik Aleksandr turgan bo’lsa, mamlakatimizni zabt etgan keyingi bosqinchilar ham ana shu yo’ldan borgan. Ular xalq ongidan mustaqillik va erkin hayot to’g’risidagi maqsad-muddaolarni butunlay yo’qotib yuborishga urinishgan. Buning natijasida ma’naviy qashshoq va tarixiy xotirasiz kishilar tarbiyalanishi lozim edi. Bosqinchilar Movarounnahrda nihoyatda boy madaniyat shakllanganini e’tirof etgan. Ammo uning bosqinchilik g’oyalariga mos kelmaydigan juda ko’p namunalarini ayovsiz yo’q qilishgan. Ayniqsa, ma’naviy qadriyat va madaniy boyliklarni shafqatsizlarcha g’orat qilish asosiy o’rinda turgan. Yurtimizda arablar istilosiga qadar ustuvor bo’lgan ma’naviy va madaniy durdonalar qadrini yaxshi anglaydigan va ularning ahamiyatini to’g’ri tushunadigan kishilar birinchi navbatda yo’q qilib yuborilgan. Bu to’g’rida Abu Rayhon Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida quyidagilarni yozgan: «Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini o’rgangan va bilimini boshqalarga o’rgatadigan kishilarni halok etib va butkul yo’q qilib yuborgan edi. Shuning uchun u (xabar va rivoyatlar) islom davridan keyin haqiqatni bilib bo’lmaydigan darajada yashirin qoldi». Ushbu asarning boshqa sahifasida ulug’ vatanparvar olim yuqoridagiga o’xshash yana bir fikrni quyidagicha ifoda etgan: «Qutayba xorazmliklarning kotiblarini halok etib, bilimdonlarini o’ldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz bo’lib, o’z ehtiyojlarida yodlash quvvatiga suyanadigan bo’ldilar». Beruniy zamonida islom yagona hukmron diniy mafkura bo’lib turganini e’tiborga olsak, zikr etilgan asar va undagi teran fikrlarni bunday o’ktamlik bilan aytish g’oyat ulkan jasoratni talab etgani ayon bo’ladi. Istilochilarning bunday vayronkor siyosati keyin ham davom etgan. Xususan, mustabid sho’rolar mafkurasi hukmronlik qilgan davrda ham ana shunday hol ro’y bergan. Nihoyatda boy qadriyatlarimiz, falsafiy ta’limotlarimiz, umuman o’z merosimizdan bebahra bo’lib qoldik. Istiqlol tufayli ajdodlarimiz yaratgan boy va o’lmas madaniy merosni o’rganish imkoni tug’ildi. Tarixiy xotirani tiklash, xalqimiz qalbida milliy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish hozirgi kunda ma’naviy hayotning ustuvor yo’nalishiga aylandi. Foydanilgan manbalar 1.Internet ma’lumotlari WWW.Ziyonet. Uz WWW.AIM.uz WWW.Arxiv.uz Download 18.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling