Reja: "Morfologiya" o’qitishning maqsadi, vazifalari va tamoyillari


Download 0.62 Mb.
bet7/19
Sana12.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1265178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
“Morfologiya” bo’limini o’qitish yuzasidan dars ishlanmalar tayyorlash

1- topshiriq. Guruhingiz bilan 6-sinf ―Adabiyot‖ darsligidan o’zingizga yoqqan nasriy matnni tanlang. Matn tarkibidagi fe’llarni aniqlab ularni jadvalga to’g’ri joylashtiring.

nutqiy faoliyat fe’llari

aqliy faoliyat fe’llari

jismoniy faoliyat fe’llari

holat fe’llari






    1. topshiriq.Berilgan fe’llarni o’qing. Ular qaysi jihatiga ko’ra guruhlanganligini ayting.

Gapirmoq, to’ng’illamoq, vag’illamoq, so’zlamoq, g’o’ldiramoq, javob bermoq, aytmoq, vaysamoq, pichirlamoq, demoq, vaqillamoq, shivirlamoq, bidirlamoq, javramoq, baqirmoq, do’ng’illamoq, bobillamoq, hayqirmoq; o’ylamoq, o’yga cho’mmoq, ko’z oldiga keltirmoq, o’ylanmoq, xayolga botmoq, tafakkur qilmoq, o’y surmoq, xulosa qilmoq, gavdalantirmoq, fikrlamoq, xulosaga kelmoq, tasavvur etmoq, xayol surmoq, hukm chiqarmoq; tepkilamoq, yozmoq, yugurmoq, sindirmoq, arralamoq, tekislamoq, chizmoq, parmalamoq, burilmoq, qurmoq, yamamoq, qaramoq, bunyod etmoq, teshmoq, cho’kkallamoq, sayqal bermoq, silliqlamoq, artmoq, randalamoq, sirlamoq, surtmoq, mushtlamoq, pardozlamoq, moylamoq; unutmoq, g’azablanmoq, hadiksiramoq, yodlamoq, zaiflashmoq, qo’rqmoq, tubanlashmoq, kuymoq, shoshmoq, eslamoq, sezmoq, kambag’allashmoq, shodlanmoq, quvonmoq, ranjimoq, dovdiramoq, uyalmoq, qizimoq.

    1. topshiriq. Belgilangan fe’llar ishtirokida gaplar tuzing.

”Fе’l” mavzulari ta’limida fe’llarning yasalishi (affiksatsiya: gumburla(moq), shovulla(moq), tirilla(moq), qiyna(moq), kuhay(moq), kuchan(moq) va h.; kompozitsiya: borib kelmoq, sotib olmoq, e’lon qilmoq, xayr-xush qilmoq...); fe’llarning tuzilishiga ko’ra turlari (sodda tub: qurmоq, yurmоq, ketmоq, chizmоq, ko’rmоq; sodda yasama: shodlanmoq, yangilanmoq, gapirmoq, tezlamoq; qo’shma: sayr etmoq, olib bormoq, bunyod qilmoq; juft: aytdi-qo’ydi, chiqdi- ketdi, uchadi-ketadi; takroriy: kelib-kelib, ayta-ayta, kula-kula); o’timli (o’zidan oldin kimni?, nimani? so’roqlariga javob bo’luvchi so’zni talab qiluvchi fe’llar: muzqaymoqni yalamoq, kinoni ko’rmoq, ovqatni yemoq, tortni pishirmoq, hayotni sevmoq, maktubni o’qimoq, to’nni kiymoq) va o’timsiz (o’zidan oldin kimni?, nimani? so’roqlariga javob bo’luvchi so’zni talab qilmaydigan fe’llar: erta uxlamoq, bog’da ishlamoq, eshikda turmoq) fe’llar; bajaruvchining harakat va holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l nisbatlari (aniq, o’zlik, majhul, birgalik, orttirma) shakllari; bo’lishli va bo’lishsiz (siyla–siylama, ishlash–ishlamaslik, o’qib–o’qimay, eshitilar–eshitilmas kabi) fe’llar ustida amaliy ishlar olib borish orqali o’quvchilar nutqini boyitish imkoniyatlari ham ko’p.
Ma’lumki, boshqa so’z turkumlari bilan fe’l orasida tuslanishda, kesimlik kategoriyasining tarkibiy qismlari (tasdiq/inkor, mayl/modallik, shaxs/son, zamon) bilan shakllanishda jiddiy farqlar bor. Fe’lning kesimlik vazifasini bajarish imkoniyati boshqa so’z turkumlariga qaraganda nihoyatda keng. Fe’llar kesim vazifasiga ko’proq xoslanganligi tufayli unda kesimlik kategoriyasini tashkil etuvchi ma’nolar yaqqolroq seziladi, yuzaga chiqadi. Shunga ko’ra fe’l asoslariga qo’shilib, gapda fe’llarning kesim vazifasida qo’llanilishiga xoslovchi shakllar fe’lning munosabat shakllari deyiladi.
Zamon, mayl, shaxs-son, tasdiq/inkor ma’nolari va ularni yuzaga chiqaruvchi vositalar fe’llarning munosabat shakllari sanaladi. Bu shakllarga ega bo’lgan har qanday fe’l gapda kesim vazifasida keladi. Yuqoridagi ma’no va shakllardan xoli bo’lgan fe’l asosi fe’lning noaniq shakli hisoblanadi va bu shakl -moq qo’shimchasi yordamida ifodalanadi.
Kesimlik kategoriyasi murakkab kategoriya bo’lib, uning har bir tarkibiy qismi nisbiy alohidalikka ega bo’lgan kategoriyalardan iborat.
Otso’z turkumini o’qitish metodikasi
O’quvchilar ona tili ta’limining izchil kursida оt, uning lug’аviy mа’nоsi, mоrfоlоgik bеlgilаri vа sintаktik vаzifаsi; оtning mа’nо turlаri; аtоqli оtlаrning uslubiy qo’llаnishi; оtlаrdа sоn shаkllаri; ko’plik qo’shimchаsi; kеlishik hamda egаlik qo’shimchаlаrini olib turlаnishi; оtlаrning tuzilish jihаtdаn turlаri (sоddа, juft, qo’shmа vа qisqаrtmа оtlаr) kabilar bilan bog’liq amaliy ishlarni bajaradilar.
6- sinfda, asosan, ―Otlarning tuzilishiga ko’ra turlari: sodda ot; qo’shma ot; juft ot; takroriy ot va ularning imlosi‖, ―Аtоqli оtlаr hаqidа umumiy mа’lumоt‖, ―O’rin-jоy nоmlаri (tоpоnimlаr) vа ulаrning imlоsi‖, ―Tashkilot, korxona va muassasa nomlari‖, ―Tarixiy sana va bayram nomlari‖, ―Suv havzalari va inshootlari nomlari‖; ―Turdоsh оtlаr vа ulаrning mа’nо turlаri―, ―Shахs оtlаri vа ulаrning yozilishi‖, ―Shахsni bоshqа jihаtlаrgа ko’rа аtоvchi оtlаr‖, ―Nаrsа оtlаri, ulаrning yasаlishi vа yozilishi‖, ―O’rin-jоy (mаkоn)ni аtоvchi оtlаr, ulаrning imlоsi‖, ―Faoliyat-jarayon nomini bildiruvchi otlar‖, ―Аniq vа mаvhum оtlаr‖, ―Mavhum ot yasovchi qo’shimchalar va ularning imlosi‖; ―Otlarning lug’aviy shakllari‖, ―Son shakllari‖, ―Otlarning kichraytirish va erkalash shakllari‖ mavzulari ta’limi nazarda tutilgan.
Otlarning prеdmеt, jarayon, tushuncha, voqea-hodisa nomlarini bildirib kim?, nima?, qayer? so’roqlariga javob bo’lishi, atoqli otlarning bosh harf bilan yozilishi, otlarga qo’shiladigan kеlishik, egalik qo’shimchalari boshlang’ich sinflardanoq o’quvchilarga ma’lum. Mazkur so’z turkumini o’rganishda dastlab ana shu o’rganilganlarni o’quvchi xotirasida tiklash maqsadida unga qayta xotiralash va qisman ijodiylikka asoslangan ta’limiy topshiriqlar beriladi, takrorlash o’tkaziladi. Takrorlash jarayonida ot turkumiga kirgan so’zlar semantik jihatdan turli-tumanligiga e’tibor qaratish muhim. Jumladan,

  1. otlar borliqdagi narsa-buyum nomlarini anglatadi: olma, gul,

daraxt, piyola, qoshiq, kitob, uzum;

  1. shaxsga xos umumiy nomlarni ifodalaydi: inson, odam, bola,

yigit, o’smir, qiz, ayol, ota, ona, opa;

  1. jism va modda nomlarini bildiradi: suv, un, bug’doy, qand, sut,

asal, qor;

  1. jonli narsalar va organizmlar nomini ifodalaydi: qush, baliq,

kaklik, tovuq, echki, mikrob, amyoba;

  1. belgi-xususiyat, harakat, holat nomlarini, shuningdek, mavhum tushunchalarning nomini bildiradi: shodlik, qo’rqinch, tezlik, qizillik, shovqin, saylov, kurash, yig’ilish kabi.

Otlarning tuzilishiga ko’ra turlari (sodda tub: bayroq, odam, daraxt, qizaloq, bahor; sodda yasama: quvonch, gulchi, tilshunos, bolalik; qo’shma: asalari, so’zboshi, qiymataxta, Markaziy Osiyo; juft: ota-ona, baxt-saodat, uy-joy, qozon-tavoq, huzur-halovat; takroriy: non-pon, tuz-puz; qisqartma: O’zteleradiokompaniya, teleboshlovchi; murakkab: do’st-birodarlik, qarqara, asalarichilik); qo’shma otlar imlosida ikkinchi qismi faqat atoqli ot bo’lgan qo’shma otlargina ajratib yozilishi (Kichik Osiyo, Shimoliy Kavkaz, Janubiy Amerika, Quyi Chirchiq, Gala Osiyo), qolgan barcha hollarda bunday birliklar qo’shib yozilishi (Beshariq, Qashqadaryo, xomashyo, so’zboshi, gulhamishabahor, qorbo’ron, yeryong’oq, qozonyuvg’ich kabi); atoqli otlarning turlari (kishi nоmlаri: Marvaridxon, Iforajon, Javohirbek; Umarov, Farrux Faxriddinovich; o’rin-jоy nоmlаri: O’zbekiston, Toshkent, Buxoro, Navoiy, Qarshi, Balandmachit, Buloqboshi, Uchtepa; tashkilot, korxona va muassasa nomlari: Birlashgan Millatlar Tashkiloti, O’zbekiston Respublikasi, Xalq ta’limi vazirligi, ―Turkiston― saroyi; tarixiy sana va bayram nomlari: Mustaqillik kuni, Loy jangi, Ramazon hayiti, Xotira va qadrlash kuni, Konstitutsiya kuni; mahsulot nomlari: ―O’tkan kunlar‖ romani, ―Shirintoy‖ aralashmasi, ―Lazzat‖ shirinligi, ―Mars‖ shokoladi; suv havzalari va inshootlari nomlari: Jayhun, Orol, Oqdaryo, Enasoy, Qoradengiz) kabilar ustida ishlash o’quvchining og’zaki/yozma savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.
Turdоsh оtlаr vа ulаrning mа’nо turlаri‖ haqidagi mavzular ta’limida o’quvchilar bir turdagi predmet, voqea-hodisa, tushuncha, makon, zamon ma’nolarini ifodalovchi otlar va ularning turlari (shaxs otlari: inson, kishi, shaxs, odam; direktor, rais, prorektor; xo’ja, bek, amir; amma, xola, tog’a, amaki, jiyan, kelin, kuyov, yanga, nevara; suvchi, zargar, dorboz, bog’bon; ninni, chaqaloq, go’dak; narsa- buyum otlari: choynak, shkaf, gilam; palov, manti, sho’rva; un, shakar, yog’, kartoshka, piyoz; daftar, chizg’ich, panjshaxa va b.; makon otlari: uy, hovli, saroy, o’tov, g’arb, sharq, shimol, janub, shaftolizor; zamon otlari: yil, kun, oy, soniya, daqiqa, soat, sutka, tun, asr, hafta, era, ko’klam, yoz, qish, ko’z, saraton, xazonrezgi; faoliyat-jarayon otlari: chopiq, terim, g’allachlik, mevachilik kabilar)dan xabardor bo’lishlari muhim.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling