Reja: "Morfologiya" o’qitishning maqsadi, vazifalari va tamoyillari
Download 0.62 Mb.
|
“Morfologiya” bo’limini o’qitish yuzasidan dars ishlanmalar tayyorlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qol, qo’y, ket, yubor
- Tush, o’t, chiq
- Ko’r, qara, boq
Boshla ko’makchi fe’li harakatning boshlanishi (harakatni bajarishga kirishish)ni ifodalaydi: yoza boshladi, o’qiy boshladi, keta boshladi, kuzata boshladi.
Yur, o’tir, tur, yot, yet ko’makchi fe’llari harakat-holatning izchillik bilan uzoq davom etishini, takrorlanishini, ba’zan harakatning favquloddaligini ifodalaydi: mo’ljallab yurmoq, uyalib yurmoq, aytib o’tirmoq, ishonib o’tirmoq, kelib turmoq, sayrab turmoq, olishib yotmoq, gapirib yotmoq, tushunib yetmoq, pishib yetmoq. Qol, qo’y, ket, yubor ko’makchi fe’llari harakat-holatning kutilmaganda, to’satdan tez boshlanishini va yana tugallik, davom, iltimos, ta’kid ma’nolarini bildiradi: bilib qolmoq, ko’rib qolmoq, aytib qo’ymoq, ilib qo’ymoq, chopib ketmoq, surishtira ketmoq, kulib yubormoq, qichqirib yubormoq. Tush, o’t, chiq ko’makchi fe’llari tugallanganlik, ta’kidlash, davomlilik ma’nolarini yuzaga chiqaradi: cho’chib tushmoq, ag’darilib tushmoq, aytib o’tmoq, ko’rib o’tmoq, qarab chiqmoq, o’qib chiqmoq, aylanib chiqmoq. Ber, bor ko’makchi fe’llari harakatning takroriyligi, davomiyligi, ba’zan birgalikda bajarilgan qo’shimcha harakatni bildiradi: yoza bermoq, yeya bermoq, unuta bormoq, begonalashib bormoq. Ko’r, qara, boq ko’makchi fe’llari harakatni bajarishga urinish, sinab ko’rish, qistash, buyruq ma’nolarini bildiradi: tatib ko’rmoq, o’ylab ko’rmoq, surishtirib qaramoq, aytib qaramoq, o’qib boqmoq, pishirib boqmoq. Tashla ko’makchi fe’li harakatning tez (shartta) bajarilganligi, tugallanganligi, ba’zan takroriylik ma’nolarini ham ifodalaydi: aytib tashlamoq, sidirib tashlamoq, ochib tashlamoq, urib tashlamoq, tirnab tashlamoq. Ol, bil ko’makchi fe’llari harakatni bajarish mumkinligi (imkoniyat borligi), tugallanganlik, ma’noni kuchaytirish kabilarni bildiradi: uddalay olmoq, bajara olmoq, so’rab olmoq, ko’ra olmoq, foydalana bilmoq, tuzata bilmoq. Yoz ko’makchi fe’li harakatning to’la bajarilishiga oz qolganlik, yaqinlashganlik ma’nolarini ifodalaydi: tugata yozdi, yeta yozdi, yiqila yozdi, ajrala yozdi. Kel ko’makchi fe’li harakat va holatning uzoq davom etishini, takrorlanishini bildiradi: kirib kelmoq, urib kelmoq, saqlanib kelmoq. O’zbek tilida quyidagi ko’makchi fe’llar faqat -b(-ib) affiksi bilan yasalgan ravishdoshlarga qo’shiladi: qo’y, chiq, yur, kel, tashla, yot, bit, boq, tush, yet, o’tir, yubor, bo’l, o’l, o’t, qara. Quyidagi ko’makchi fe’llar faqat -a(-y) affikslari bilan yasalgan ravishdoshlarga qo’shiladi: boshla, yoz, bil. Ravishdoshning har ikkala turi bilan birika oladigan ko’makchi fe’llar sakkizta: ol, ber, qol, bor, ko’r, tur, ket, sol. Ba’zan yetakchi fe’lga birdan ortiq ko’makchi fe’l qo’shilishi ham mumkin. Chunonchi, aytib berib tura qol, ishlab tura ber, yozib ko’ra boshlamoq, tebratib tura bermoq kabi. Agar harakat tarzi tarkibidan biror fe’l tushirilsa, unga xos ma’no ham yo’qoladi. Qiyoslang, aytib berib tura qol - aytib berib tur - aytib ber. Nutq vaziyatiga ko’ra harakat tarzi shakllari juft holda ishlatilishi ham mumkin: yedi-qo’ydi, yozdi-oldi. Harakat tarzi shakllari ustida ishlash orqali o’quvchilar so’zning lug’aviy ma’no nozikliklarini aks ettirish xususiyatlarini anglab boradi. Fe’llar gapda boshqa so’zlar bilan bog’lanib, sintaktik jihatdan kesim, ega, to’ldiruvchi, hol, aniqlovchi vazifasida kelishi mumkin. Buning uchun fe’l maxsus shakllarga ega bo’ladi. Turli gap bo’laklari vazifasida kelish uchun xoslangan fe’l shakllari fe’lning vazifa shakllari1 sanaladi. Fe’lning vazifa yoki fe’lni boshqa so’z turkumlariga o’xshatuvchi, xoslovchi shakllari uchta: harakat nomi, ravishdosh, sifatdosh. Fe’lning otga xoslangan, harakat va holatning nomini bildiradigan shakli – harakat nomi. “Harakat nomi” mavzusini o’rganishda bеrilgan matn yoki gaplardan harakatni atab kеlgan so’zlarni ajratish, ularni qo’shimchadoshlarga bo’lib guruhlash, bu guruhlarni mustaqil davom ettirish, qo’shimchadosh so’z guruhlari uchun xos bo’lgan qo’shimchalar: -sh (-ish), -v (-uv), -moq (-mak) kabilar(masalan, ko’rish, ko’ruv, ko’rmoq, ko’rmak)ni ajratish, bu qo’shimchalar bilan hosil bo’lgan so’zlarning imlosi (terga–tergov, alda–aldov, teja–tejov, so’zla–so’zlov, tinti–tintuv va b.), gaplarni harakat nomi birikmalariga, birikmalarni gaplarga aylantirish (masalan, Bahorda turfa gullar ochiladi. – Bahorda turfa gullarning ochilishi kabi), harakat nomlarini zarur, kеrak, lozim, shart, muhim kabi so’zlar bilan birikib, kеsim vazifasida kеlishi (masalan, Inson o’qiganini uqmog’i lozim., Yaxshilikka yaxshilik bilan javob qaytarmoq kerak kabi) ustida ish olib boriladi. Fе’lning ravishga xoslangan, ish-harakatning belgisini, uning maqsadini, paytini, davomiyligini, takroriyligini bildirgan fe’l shakli – ravishdosh. Ravishdosh shakllarini o’rganishda ham amaliy ishlar davom ettiriladi. O’quvchilar bеrilgan fe’llar asosida bog’lovchilar yoki ohang vositasida bog’lab gap tuzadilar, gap tarkibidagi fe’llar(masalan, Men bobomnikiga kеldim, bog’da ishladim)dan nutq vaziyatiga mosini ravishdoshning -b (-ib),-a (-y), -gach (-kach, -qach), -guncha (-kuncha, -quncha), -gani (-kani, -qani, -gali) qo’shimchalari bilan biriktirib, gaplarning shaklini o’zgartirish (masalan, Men bobomnikiga kеldim, bog’da ishladim – Men bobomnikiga kеlib bog’da ishladim – Men bobomnikiga kеlgach bog’da ishladim kabi. Agarda shu gap Men bobomnikiga kеlay bog’da ishlayman – Men bobomnikiga kеlguncha bog’da ishladim tarzida qo’llanilsa, gap ma’nosi keskin o’zgaradi), ravishdosh yasovchi qo’shimchalar ro’yxatini tuzish, ular yordamida so’zlar hosil qilish, bu qo’shimchalarning imlosi ustida ishlash (ek–ekkach, ekkuncha, ekkali; boq–boqqach, boqquncha, boqqali va h.) kabi amaliy ishlardan foydalaniladi. Fе’lning sifatga xoslangan, odatda, narsa-buyumning harakat va holat belgisini bildirgan shakli – sifatdosh. Sifatdoshlarni o’rganishda o’quvchilar bеrilgan “sifat + ot” shaklli so’z birikmalarida (masalan, tiniq suv, quruq shox, siniq piyola, buzuq soat, cho’ziq nutq, to’ziq xona, o’yiq yer, sassiq hovuz, issiq suv kabi) sifatni sifatdosh bilan almashtirish (jumladan, tinigan suv, qurigan shox, singan piyola, buzilgan soat, cho’zilgan nutq, to’zigan xona, o’yilgan yer, sasigan hovuz, isigan suv), sifatdoshlarni hosil qiluvchi qo’shimchalar(-gan (- kan, -qan), -(a)yotgan, -(y)digan, -(a)digan, -(a)r, -ajak (-yajak), - gusi, -g’usi, -(u)vchi)ni aniqlash, ularning imlosi (ek–ekkan, chiq– chiqqan) ustida ishlash, sifatdoshlardan foydalanib, gaplarning mazmunini saqlagan holda shaklini o’zgartirish (masalan, Kim ko’p bilsa, kam gapiradi. – Ko’p bilgan kishi kam gapiradi) singari topshiriqlarni bеrish mumkin. “Sifatdosh” mavzusi ta’limda o’qituvchi nazariy jihatdan e’tibor berishi zarur bo’lgan o’rin bor: bu sifatdosh qo’shimchalarini zamon affikslari bilan aralashtirmaslik. Jumladan, o’qigan bola, gullagan daraxt, kelgusi avlod, aytilajak so’z kabi so’z birikmalari tarkibidagi tobe so’zlar sifatdosh bilan ifodalangan. Biroq Bola o’qigan., Daraxt gullagan., Ortimizdan munosib avlod kelgusi., Kun kelib haq so’z, albatta, aytilajak kabi gaplar tarkibida sifatdosh shakllari ishlatilmagan. Berilgan gaplar kesimi tarkibidagi -gan, -gusi, -ajak affikslari zamon qo’shimchalari bo’lib ular -di (Bola o’qidi., Daraxt gulladi.); -adi (Ortimizdan munosib avlod keladi., Kun kelib haq so’z, albatta, aytiladi.) kabilar paradigmasida turadi. “Fe’llarning lug’aviy shakllari” ustida ishlash o’quvchilar so’z zahirasini yangi so’zlar bilan to’ldirish imkonini beradi. Ma’lumki, fe’llar qanday harakat-holatni ifodalashiga ko’ra – 1) nutqiy faoliyat fe’llari; aqliy faoliyat (tafakkur) fe’llari; jismoniy faoliyat (natijali faoliyat) fe’llari; holat fe’llari– kabi ma’no guruhlariga bo’linadi. Bu borada o’quvchilarga rang-barang topshiriqlar berish imkoniyati mavjud. Masalan, Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling