Reja Moyli asosning kimyoviy tarkibi
Download 73.48 Kb.
|
Презентация1.pptx IYOD
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moyli asosning kimyoviy tarkibi Sintetik motor moyi
Mavzu:Motor moyi haqida ma’lumot Reja:1. Moyli asosning kimyoviy tarkibi. 2. SAE qayishqoqlik sinfi. 3. Mavsumiy motor moylari. 4. API va ACEA presatkalar toplami. Motor moyining to‘g‘ri tanlanishi ichki yonish dvigatellarini uzoq muddat ishlashiga bog‘liqdir. Moy dvigatel detallarining harakatlanishini va bir-biriga ishqalanishini moylab turadi, shunga muvofiq uni termik, mexanik va kimyoviy ta’sirlardan himoyalaydi. Motor moyini aynan sizning avtomobilingizning ekspluatatsiyasi bo‘yicha kitobida ko‘rsatilgan avto ishlab chiqarilishi tavsiyalari bo‘yicha qat’iy tanlash kerak. Agar sizda avtomobil ekspluatatsiyasi bo‘yicha kitob yo‘q bo‘lsa, u holda moyning zarur kattaliklarini markaning rasmiy vakillari yoki sizning avtomobilingiz uchun zahira qismlarni rasmiy ta’minlovchilardan bilib olishingiz mumkin. Ammo esda tuting, moylar avtomobil markasi bo‘yicha emas, balki dvigatel bo‘yicha tanlanadi. Bitta ishlab chiqaruvchi o‘zining avtomobil markalarida har xil dvigatellardan foydalanishi mumkin. Motor moylari turi (kimyoviy tarkibi), SAE qayishqoqlik sinfi, API va ACEA prisadkalari tanlovi, avto ishlab chiqaruvchilar ruxsati bo‘yicha farqlanadi. Moyli asosning kimyoviy tarkibi Sintetik motor moyi – kimyoviy reaksilar yo‘li bilan olingan substansiya. Boshqa turdagi moylardan farqli sintetik moy tashqi faktorlar ta’siriga tushmaydi va uzoq vaqt ishlatilganda o‘zgarmay qoladi. Boshida, sintetik motor moyi faqat aviatsiyada qo‘llanilgan, chunki turg‘un sintez muzlamaydi va chegaraviy haroratlarda qizib ketmaydi va hattoki har qanday o‘zgaruvchan sharoitlarda turg‘un ishni ta’minlashga qodirdir. Hozir uni avtopromda ishlatiladi, ammo sintetik moylar narxi boshqa moylar narxidan balandroq. Sintez ko‘p yuradigan dvigatellar uchun to‘g‘ri kelmaydi. Agar siz yashayotgan regionga harorat -15°C dan past bo‘lsa, siz zaruriy parametrli yarim sintetik yoki mineral moyni tanlashingiz mumkin. Faqat ularni sintetik moydan tez-tez almashtirishga to‘g‘ri keladi. Download 73.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling