Reja: Moyli o’simliklar haqida umumiy malumot


Soya Soyaning vatani Janubi-Sharqiy Osiyo hisoblanadi va miloddan avvalgi 1 100-yillarda


Download 0.99 Mb.
bet2/4
Sana16.03.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1273247
1   2   3   4
Bog'liq
lipid tutuvchi osimliklar

Soya
Soyaning vatani Janubi-Sharqiy Osiyo hisoblanadi va miloddan avvalgi 1 100-yillarda xitoylik fermerlar tomonidan madaniylashtirilgan.
Soya o‘simligi 1870-yilda Qozog‘iston hududiga u yerga ko‘chib kelgan Sharqiy xitoyliklar bilan kirib kelgan bo‘lsa, O‘zbekiston hududida birinchi marta 1967-yildan ekilgan. Soya inson va hayvonlar isteʼmol oqsilining muhim manbaiga aylanib ulgurgan muhim qishloq xo‘jaligi ekinlaridan biri hisoblanib, statistik tahlillarga ko‘ra bugungi kunda dunyo bo‘yicha yetishtirilgan soyaning 85 foizi chorva ozuqasiga va qolgan 15 foizi bevosita inson isteʼmoli uchun yo‘naltiriladi.
Soya doni tarkibida katta miqdorda oqsil va moy mavjud, bundan tashqari mineral va vitaminlarga juda boy hisoblanadi. Urug‘ining tarkibida 18-24% yog‘, 35-45% oqsil, 30% uglevod va 5% mineral, ko‘p miqdorda vitamin va aminokislotalar mavjud.
Bundan tashqari, chorvachilikda sifatli va to‘yimli ozuqa hisoblanib100 kg soya doni 134,8 ozuqa birligi saqlaydi. Bu ko‘rsatkich boshqa bironta donli, dukkakli yoki moyli ekinlarda uchramaydi.
Eng muhimi soya yetishtirish yerning meliorativ holatini yaxshilash va tuproq unumdorligini oshirish xususiyatiga ega bo‘lib, almashlab ekishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dunyo bo‘yicha har yili o‘rtacha 334 mln tonna soya yetishtiriladi, shundan Braziliya (114 mln tn), AQSH (97 mln tn) va Argentinaning (55 mln tn) ulushi qariyib 80 foizni tashkil etadi.
Oxirgi yillarda soya doniga bo‘lgan talabning oshishi uning ishlab chiqarish hajmlari dunyo bo‘yicha so‘nggi 30 yilda 3 barobar yoki 108 mln tonnadan 334 mln tonnaga ko‘paygan.
Shu o‘rinda o‘simlik asosidagi go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish haqida aytib o‘tmaslikning iloji yo‘q. 2020-yilda mazkur bozorning qiymati 8,6 mlrd dollarga yetdi.
Bugun bir qator yirik oziq-ovqat kompaniyalari o‘z mahsulot portfelini kengaytirish uchun vegeterian go‘sht ishlab chiqaruvchi startaplar bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqdalar.
Ulardan eng ilg‘orlari Amy‘s Kitchen, Inc. (AQSH), Beyond Meat (AQSH), Boca Foods Company (AQSH), Gardein Protein International, Inc. (Kanada), Quorn Foods (Buyuk Britaniya) kabilar allaqachon o‘zining minglab mijozlariga ega.


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling