Reja: Mustamlaka zulmining yanada kuchayishi. Abu Muslim boshchiligidagi harakat. G`urak va Dеvashtich


Download 124.03 Kb.
bet3/4
Sana08.01.2022
Hajmi124.03 Kb.
#244313
1   2   3   4
Bog'liq
9-maruza

Tohiriylar sulolasi:


Siyosiy ma`muriy tizim.

Tohiriylar abbosiylarga rasman tobe bo`lganlar. Amalda esa Xuroson va Movarounnahrni o`z tasarrufiga olgan mazkur davlat mustaqil edi. Tohir ibn Husaynning al-ma`mun oldida mavqei ustunligi boisidan tohiriylarning alohida davlat sifatida mavjud bo`lishiga keng imkoniyatlar ochilgan edi.

Xuroson noibi bo`lgan Tohir ibn Husayn Nishopurni o`z qarorgohiga aylantirdi. Uning asosiy maqsadi davlatni mustaqil qilish edi. Xalifalikda siyosiy tizimning qonun-qoidalariga ko`ra Xuroson noibi jome` masjidida juma kunlari o`qiladigan xutbada Bag’dod xalifasi nomini tilga olishi shart bo`lgan. Qudratli noib esa o`z lavozimiga o`tishiga hali bir yil to`lmasdan xalifa nomini xutbadan olib tashlaydi. Shundan so`ng, Tohir ibn Husayn o`limining tez fursatda ro`y berishi xalifa ayg’oqchilari tomonidan amalga oshirilgan, deya shubha qilinadi. Bu voqea Bag’dod xalifasining o`z noiblari ustidan siyosiy hukmronligini mustahkam tutishga intilishdan dalolat berardi.

O`sha paytda Xuroson noibligiga quyidagi viloyatlar kirgan edi: Movarounnahr, Xorazm, Seyiston, Qo`histon, Kirmon, Kumis, Tabariston va Jurjon. Har bir viloyat o`z navbatida bir necha ma`muriy birliklarga bo`lingan. Ular hajmiga ko`ra kichik va katta tumanlardan iborat edi.

Movarounnahrda Buxoro, Xorazm singari viloyatlar va mayda ma`muriy birliklar bo`lgan. Movarounnahrda jami 300 000 qishloq qayd qilinib, ular 30 dan oshiq ma`muriy birliklarni tashkil etgan.

Manbalarda yer-mulk munosabatlarida suv va sug’orish inshootlaridan foydalanish xususidagi qonunlar ishlab chiqilganligi va mazkur huquqiy qoidalarning shariatga asoslanishi haqida yozilgan. Qozi mayda mulk egasi yerida uy qurgan yirik zamindor o`rtasidagi nizo-janjalni yoki suv inshootlaridan foydalanishdagi munozarali masalalarni shariat qoidalari asosida hal qilgan. Abdullohning buyrug’iga asosan qonunshunoslar suvdan foydalanish, sun`iy sug’orishdagi turli munozaralarni echish, sug’orish tizimi xususida «Kitob al kuniy» nomli qonunlar to`plamini tuzdilar.

Sug’diyonada 720-722 yillarda G’urak va Divashtich boshchiligida, Samarqand, Buxoro, Xuttolonda 725-729 yillarda, Tohariston va Sug’dda 736-737 yillarda Xuroson va Movarounnahrda Abu Muslim boshchiligida 746-749 yillarda, Muqanna qo’zg’oloni 769-784 yillarda Rafi ibn Lais qo’zg’oloni 806-809 yillarda 720-722 yillarda So’g’diyonada yuz bergan G’urak (Samarqand hukmdori) va Divashtich (Panjikent hokimi) boshchiligidagi qo’zg’olon arablar hukmronlikligiga qarshi yo’nalgan dastlabki shiddatli xalq harakatlaridan biri bo’lgan. Unda arablar siyosati va zulmidan g’azabga kelgan o’n minglab mahalliy xalq vakillari ishtirok etgan.

Xurosonning yangi tayinlangan va zolimligi bilan nom chiqargan noibi Said Xarashiy katta muntazam harbiy kuch bilan mazkur qo’zg’olonni shafqatsizlik bilan bostirishga muvaffaq bo’ladi. Qo’zg’olon rahbarlaridan biri Divashtich ham ushlanib qatl etiladi. 725-729 yillar davomida xalifalikning og’ir soliq siyosatiga qarshi Samarqand, Buxoro, Xuttalon viloyatlarida ko’tarilgan qo’zg’olonlar ham xalq ozodlik kurashida sezilarli iz qoldirdi. Qo’zg’olonchilarning ancha qismi arab ma’murlari siyosatiga norzilik bildirib, islom dinidan chiqadilar. Kesh atrofida yuz bergan mahalliy aholining arablar bilan to’qnashuvi rasman jangu jadal tusini olgan.

VIII asr 40-yillarida xalifalikda toju-taxt uchun kurash boshlanadi. 748 yilda Abu Muslimning Xurosonda ko’targan qo’zg’oloni, uning xalifalik poytaxtini egallashi natijasida Ummaviy Marvon II taxtdan ag’dariladi. 749 yilda abbosiylar xonadonidan Abul Abbos Saffon taxtga ko’tariladi. Biroq abbosiylar davrida ham mehnatkash aholining ahvoli yaxshilanmadi. Shu boisdan xalq qo’zg’olonlari tez-tez ko’tarilib turdi.

Muqanna qo’zg’oloni Vatanimiz xalqlarining arablar asoratiga qarshi olib borgan kurashi tarixida alohida o’rin tutadi. Tarixda «oq kiyimlilar» nomi bilan mashhur bo’lgan bu qo’zg’olonga o’z zamonasining har tomonlama yetuk kishisi, xalq dardi, qayg’usi va maqsadlarini chuqur tushungan, asl ismi Hoshim ibn Hakim, ammo Muqanna (ya’ni yuziga niqob kiygan ma’noda) nomi bilan tanilgan buyuk shaxs rahnamo bo’ldi. Muqanna ummaviylar sulolasi inqiroziga kuchli ta’sir ko’rsatgan Abu Muslim qo’zg’olonida ham faol ishtirok etgan. Muqanna hayotning katta mashaqqatli yo’lini bosib o’tgan, oddiy kir yuvuvchidan kichik lashkarboshi, keyin vazirlik darajasiga ko’tarilgan (757-759). 759 yilda Xuroson amiri Abdujabborning xalifaga qarshi isyonida qatnashgani uchun zindonga tashlangan.



Download 124.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling