Reja: Mustaqillik arafasida ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vaziyat
Mustaqillik arafasida ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vaziyat
Download 229.15 Kb. Pdf ko'rish
|
7-мавзу.Maruza matni. 648d8f5ed6a2a36c6cedc9220d5368a7
Mustaqillik arafasida ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vaziyat. XX asrda 70
yildan ko‘proq vaqt hukmron bo‘lgan, dunyo xaritasida «Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi» degan nom bilan katta hududni egallagan, ma’muriy- buyruqbozlik tizimiga asoslangan yirik mamlakatdagi to‘g‘ri bo‘lmagan, samarasiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosat 1980-yillarning oxiriga kelib barcha ittifoqdosh respublikalar qatorida O‘zbekiston aholisining ham yashash sharoitlarini og‘irlashtirib, uni ko‘plab muammolar iskanjasiga solib qo‘ydi. Bu muammolarning barchasi 1980-yillarning oxiri, 1990-yillarning boshlarida O‘zbekistonda ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Xususan, respublikada demografik vaziyat murakkablashdi. Biroq, aholining bunday o‘sishi uzoq yillar davomida sanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ish joylarini ko‘paytirish hamda aholining hayot ta’minoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan mustahkamlab borilmadi. Bu esa odamlar turmush sharoitining og‘irlashuvi, ishsizlar sonining ko‘payishi, ijtimoiy mehnat unumdorligi va aholi daromadlarining kamayishi, pirovard natijada xalq farovonligining pasayishiga olib keldi. Respublikadagi ijtimoiy ahvol, odamlarning ijtimoiy ta’minoti va ularni ijtimoiy himoya qilish qoniqarsiz darajada edi. Ayniqsa, qishloq aholisining kanalizatsiya va vodoprovod bilan ta’minlanishi atigi 5 foizni, ichimlik suv bilan ta’minlanishi salkam 50 foizni, tabiiy gaz bilan ta’minlanishi 17 foizni tashkil etar edi. Aholini uy-joy, sog‘liqni saqlash, madaniyat, maishiy xizmat ob’yektlari, maktablar, bolalar bog‘chalari va hokazolar bilan ta’minlash ishlarida siljishlar sezilmadi. Vaholanki, aholining ko‘pchilik qismi qishloq joylarida istiqomat qilar edi. Bu davrda aholining o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 2,8 foizni tashkil qilgan. 1991-yilga kelib mamlakatda aholi soni 20,7 million kishidan ortib, 1990-yilga nisbatan 386,0 ming
2
kishiga o‘sgan. Bu esa O‘zbekistonda aholining o‘sish sur’atlari Ittifoq sur’atlariga qaraganda uch barobardan ziyod yuqori bo‘lganini ko‘rsatadi. 2018-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston aholisi 32,65 million kishini tashkil qiladi. Bu 2017-yilga nisbatan 1,7 % ga o‘sgan. Jumladan, shahar aholisi soni jami aholining 50,6 % ni, qishloq aholisi 49,4 % ni tashkil qiladi. Aholisi soni 3 million kishidan oshgan hududlar soni 4 ta bo‘lib, ular Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo va Andijon viloyatlari hisoblanadi. Oʻzbekistonda Oʻrta Osiyodagi jami aholining 1/3 qismidan koʻprogʻi yashaydi. Yuqorida qayd etilgan holatlar O‘zbekiston aholisi daromadlari va turmush darajasining keskin pasayishiga olib keldi. Ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari: sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha bolalar muassasalari juda og‘ir ahvolda bo‘lib, maktab va kasalxonalarning 60 foizi nobop binolarda joylashtirilgan. Bu esa o‘sha davrda insonning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, uning shaxs sifatida 54 ma’naviy rivojlanishi u yoqda tursin, ko‘pincha yashash uchun kerak bo‘lgan eng oddiy narsalar ham yetishmaganini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Mustaqillikka erishgandan so‘ng, jamiyatda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholini ijtimoiy himoyasini ta’minlash davlat siyosatining bosh yo‘nalishi bo‘lib qoldi. Binobarin, mamlakatda o‘tkazilayotgan barcha islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush sharoitlarini vujudga keltirishdir. Aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash davlat siyosatining bosh yo‘nalishi hisoblanadi. Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyilning muhim qismi aholini ijtimoiy himoyalash ekanligi ham shu bilan bog‘liqdir. O‘zbekiston hukumati ana shu besh tamoyil asosida o‘tish davrida aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur choralar ko‘rdi. Bu choralar odamlarning turmush darajasini keskin pasayib ketishining oldini olishda muhim rol o‘ynadi. Mamlakatda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo qilishda davlat tomonidan kuchli ijtimoiy himoya siyosati olib borildi. Ijtimoiy siyosat O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lining yetakchi tamoyillaridan biri hisoblanadi. Respublikada ijtimoiy himoyaning huquqiy muhiti yaratildi, unga qonuniy asos solindi. Ijtimoiy himoya tamoyillari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlanib, qabul qilingan qonunlarda o‘z aksini topdi. Mamlakatda daromad olishning kafolatlanishi amalga oshirildi. Eng kam ish haqi va boshqa to‘lovlar odatda, oldindan ko‘paytirib kelindi, narx-navo o‘zgarishi bilan bog‘lab olib borildi, bu esa aholining to‘lov qobiliyati saqlanib qolishini ta’minladi va turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymadi. Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo‘nalishi – ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda oziq- ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish bo‘ldi. Bunga erishishda muhimi mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori boj to‘lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me’yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
3
Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo‘nalishi – aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab- quvvatlash borasida chora-tadbirlar o‘tkazilganligi bo‘ldi. Bu yo‘nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari – pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo‘llar bilan himoya qilib borildi. 1992–2019-yillar mobaynida ish haqi va pensiyalarning, oliy o‘quv yurtlari talabalarining, aspirantlarining, doktorantlarining stipendiyalari miqdori bir necha bor oshirildi. Pensionerlarning ijtimoiy ahvolini e’tiborga olib, eng kam pensiyaning mutlaq miqdori ish haqining eng kam miqdoridan oshiqroq bo‘lishi muttasil ta’minlanib kelindi. Bu yo‘l ijtimoiy adolat tamoyillariga mos kelar edi. 1994-yilga kelib, O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash tizimi tubdan o‘zgartirildi. Ijtimoiy ko‘mak berishning mutlaqo yangi ilg‘or tizimi shakllantirildi. Bu tizimning mohiyati shundan iboratki, bolalar va kam daromadli oilalar bu yordamdan bahramand bo‘luvchi asosiy kishilar bo‘lib qoldi. 1994-yilning sentabridan boshlab, barcha bolali oilalar uchun yagona nafaqa joriy etildi. Bunday yordam odamlarga yaqin turadigan mahalla yig‘inlarida amalga oshiriladigan bo‘ldi. 1996-yil dekabrda bolali oilalarga ijtimoiy yordam berilishini kuchaytirish, aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining roli va mas’uliyatini oshirish maqsadida «Bolali oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida» yana bir muhim farmon qabul qilindi. Unda 1997-yildan boshlab yordamga muhtoj, bolali oilalarga bolalarning soniga qarab, eng kam ish haqining 50 foizidan boshlab 175 foizigacha nafaqalar beriladigan bo‘ldi. 1996-yildan boshlab 16 yoshgacha bolalari bo‘lgan barcha oilalarga beriladigan har oylik nafaqalar ko‘paytirilib, bu nafaqalar bolalarning soniga qarab quyidagi miqdorda belgilandi: bir bolali oilalarga – eng kam ish haqining 30%; ikki bolali oilalarga – eng kam ish haqining 60%; uch bolali oilalarga – eng kam ish haqining 80%; to‘rt bolali oilalarga – eng kam ish haqining 100%; besh va undan ko‘proq bolali oilalarga – eng kam ish haqining 120%. 1997-yildan boshlab, har yili 1- sinf o‘quvchilariga bepul o‘quv anjomlari, darsliklarni berish joriy etildi, kam ta’minlangan oilalarning boshlang‘ich sinflarda o‘qiydigan bolalariga bepul qishki issiq kiyimlar berish yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekistonda daromadlar nisbatini o‘zgartirish ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamgarma banklaridagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorlarini bir vaqtning o‘zida markazlashtirilgan tarzda qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshirildi. 1995 yilda Respublika davlat budjetining 29,3 foizi ijtimoiy- madaniy tadbirlarga, 21,8 foizi esa ijtimoiy himoyaga ajratildi.
1992-1998 yillar mobaynida ish haqi va pensiyalarning eng kam miqsori bir necha bor oshirildi. Masalan: eng kam ish haqi 1995 yilda 1994 yilga nisbatan 2,5 marta 4
ortdi, 1996 yilning 1-yarmida esa 1995 yil 1-yarmiga nisbatan 2,7 marta ko‘paydi. Nafaqaxo‘rlarning ijtimoiy ahvolini e’tiborga olib, eng kam pensiyaning mutlaq miqsori ish haqining eng kam miqdoridan oshiqroq bo‘lishi muttasil ta’minlanib kelindi. Natijada ish haqini oshirish yo‘li bilan aholining o‘rtacha ish haqi, pul daromadlari o‘z-o‘zidan osha bordi. Shu bilan birga respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari is- te’molini muayyan darajada sakdab turish chora-tadbirlari ko‘rilganligi ham aholini ijtimoiy jihatdan qimoyalashning ikkinchi eng muhim yo‘nalishi bo‘ldi. Respublikada narx-navoni erkinlashtirish sohasida qo‘shni mamlakatlarga nisbatan bir muncha mo‘tadil siyosat o‘tkazilganligi iste’mol bozorini himoyalash zaruratini keltirib chiqardi. Bu O‘zbekiston rubl mintaqasida turgan bir paytda niqoyatda muhim edi. Aksariyat rsspublika ehtiyojlari uchun valyutaga xarid qilingan un, o‘simlik moyi, qand-shakar va boshqa taqchil mahsulotlar respublika tashqarisiga olib chi-qib ketilishi hollari yuz berdi.
Download 229.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling